5. Nomoddiy ne'matlar tushunchasi va tarkibi
Moddiy ko`rinishdagi ne'matlar (ashyolar) bilan bir qatorda nomoddiy ne'matlar
ham fuqarolik huquqining obyekti hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksida nomoddiy ne'matlar tushunchasi berilgan bo`lib, unga asosan fuqaroga
tug`ilishdan yoki qonun bo`yicha tegishli bo`lgan shaxsning hayoti, sog`lig`i, sha'ni,
shaxsiy daxlsizligi, qadr-qimmati va pok nomi, kasbkor nufuzi, xususiy hayot
daxlsizligi, shaxsiy va ommaviy sirlari, erkin ko`chib yurish, turish va yashash joyini
tanlash, mualliflik va boshqa shaxsiy mulkiy huquqlari nomoddiy ne'matlar
hisoblanadi. Ular shaxsdan begonalashtirilmaydi yoki boshqacha tarzda boshqa
birovga o`tkazilishi (berilishi) mumkin emas. Ayni vaqtda qonunlarda nazarda
83
tutilgan hollarda va tartibda marhumga tegishli bo`lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar
va boshqa nomoddiy ne'matlar boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining
merosxo`rlari tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkinligini ham
qonun nazarda tutadi.
FKning 8-bobi nomoddiy ne'matlarga bag`ishlangan. Nomoddiy ne'mat
fuqarolik huquqi obyektlarini alohida guruhini tashkil etadi. Nomoddiy ne'matlar
deganda qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza qilinadigan moddiy ko`rinishga
ega bo`lmagan hamda egasini (sohibini) shaxsidan ajratish mumkin bo`lmagan
ne'matlar va erkinliklar tushuniladi.
FKda nomoddiy ne'matlarning quyidagi turlari belgilab qo`yilgan:
1)
intellektual faoliyat natijalari (FKning 97-moddasi);
2)
xizmat va tijorat siri (FKning 98-moddasi);
3)
shaxsiy nomulkiy huquqlar (FKning 99-moddasi).
Nomoddiy ne'matlarning bir qismi, ya'ni intellektual faoliyat natijalari, xizmat,
tijorat sirlari iqtisodiy mazmunga ega bo`lib, tovar shakliga kiradi va mulkiy
muomalada mutlaq huquqlar obyektlari sifatida namoyon bo`ladi. Shaxsiy nomulkiy
huquqlar esa fuqarolik muomalasida o`ziga xos tarzda, tovar shakliga kirmagan va
iqtisodiy mazmunga ega bo`lmagan holda namoyon bo`ladi.
Ba'zi adabiyotlarda ishlar va xizmatlarni ham moddiy ko`rinishda bo`lmagani
sababli nomoddiy ne'matlar guruhiga kiritadilar. Ushbu fikrni ham shartli ravishda
qabul qilish mumkin, garchi FKning 8-bobida nazarda tutilmagan bo`lsa ham.
Nomoddiy ne'matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi xususiyati shundan
iboratki, bunda, birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq mazmunidan, ikkinchidan,
bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqlarining
himoya qilish usullaridan foydalanadi.
Nomoddiy ne'matlarga nisbatan huquqlar buzilgan taqdirda ko`p hollarda huquq
sohibiga moddiy emas, balki ma'naviy zarar yetadi. Ma'naviy zarar huquqi buzilgan
shaxsning jismoniy yoki ruhiy iztiroblari, qayg`u-alami, g`am-tashvishi singari
ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Qonunga asosan, agar fuqaroga tegishli boshqa
nomoddiy ne'matlarga tajovuz qiluvchi harakatlar orqali ma'naviy zarar yetkazilsa,
shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, sud huquqbuzar zimmasiga
ko`rsatilgan zararni pul orqali (moddiy ko`rinishda) tovon to`lash bilan qoplashni
yuklashi mumkin.
Ma'naviy zararni qoplash xarajatlarini belgilashda sud huquqbuzarning aybi
darajasini va boshqa e'tiborga molik holatini hisobga oladi. Sud, shuningdek, zarar
yetkazilgan shaxsni individual xususiyatlari bilan bog`liq jismoniy va axloqiy
qiynoqlari (iztiroblari, ruhiy azoblari) darajasini ham hisobga olmog`i shart.
Nomoddiy ne'matga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko`p hollarda sud huquqni
qayta tiklash yoki huquqbuzarliklarni to`xtatishni ta'minlovchi choralar ko`radi.
84
Nomoddiy ne'matlar ichida shaxsning (yuridik shaxsning ham) sha'ni, qadr-qimmati
va kasbkor nufuzi alohida o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda nomoddiy ne'matlar shaxsiy
huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o`ziga xos huquqlar majmuini ham o`z ichiga oladi
(masalan, nomga, yashash joyini tanlashga, yozishmalar daxlsizligi, ya'ni sir
saqlanishiga bo`lgan huquqlar va boshqalar).
FKning 99-moddasida nomoddiy ne'matlar huquq sohibiga yo tug`ilgandan
boshlab tegishli bo`ladi (yashash huquqi, sog`-salomat bo`lishiga bo`lgan huquq,
shaxs sha'ni, shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy hayot daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirlarga
bo`lgan huquq va h.k.) yoxud qonunga muvofiq huquq subyektiga tegishli bo`ladi
(masalan, nomga bo`lgan huquq, erkin ko`chib yurish huquqi, yashash joyini tanlash
huquqi va h.k.) deb ko`rsatilgan. T.Fadeyeva FKda nazarda tutilgan «nomoddiy
ne'mat» tushunchasini yig`ma ma'noda qo`llanilgan va ne'matning o`ziga ham,
shaxsiy huquqqa ham taalluqli deb hisoblaydi. Ayni vaqtda u nomoddiy ne'matlarni
ikki guruxga bo`ladi. Birinchi gurux ne'matlar shaxsning mavjud bo`lishi bilan
bog`liq. Shaxsning hayoti va sog`lig`i ushbu qatlamga mansub. Ushbu ne'matlar
obyektiv ravishda mavjud va bu ne'matlarga tajovuz qilingandagina ular huquqiy
himoyaga muhtoj bo`ladi.
Ikkinchi gurux ne'matlar: nomga bo`lgan huquq, mualliflik huquqi va boshqa
shaxsiy nomulkiy huquqlar muayyan huquqiy munosabatning mazmunini tashkil
etuvchi subyektiv huquqlar bo`lib, shu sababli ham huquq normasi tomonidan
tartibga solingan.
Nomoddiy ne'matlar shaxsning o`zidan begonalashtirilmaydi, biroq ularni
shaxslarga topshirilishi mumkin (masalan, yangi tug`ilgan chaqaloqqa ism qo`yish
oshiriladi).
Nomoddiy ne'matning ashyoviy mazmunga ega emasligi, uning sohibi bog`liq
ekanligi zaruriy elementlar hisoblanadi, biroq ba'zan ularning birortasi nomoddiy
ne'mat sohibi shaxsidan ajratib bo`lmasligi sababli, ushbu ne'matning takrorlanmas
qiladi, individuallashtiradi. Nomoddiy ne'mat uning sohiblari ijtimoiy mavqening
ajralmas belgisi hisoblanadi, ayni vaqtda o`zining butun mavjudligi bo`lishi ham
mumkin. Nomoddiy ne'matlarning amal qilish muddati Ayni vaqtda bu belgilar
shartli xarakterga ega (masalan, intellektual mulk fuqarolik muomalasida o`ziga xos
tovar sifatida harakatda bo`lishi mumkin). Yuqorida ko`rsatilganidek, nomoddiy
ne'matlarga nisbatan shaxsiy yuridik fakt asosida emas, balki qonunda bevosita
nazarda tutilgan hollardagina T.Fadeyeva77. Uning bu fikrida muayyan ma'noda jon
bor, haqiqatan ham FKning nomulkiy huquqlar huquq sohibiga yo tug`ilgandan
boshlab, yoki qonunga tug`ilishning o`zi yuridik fakt hisoblanadi. Bundan tashqari
har qanday shaxsiy yuridik faktsiz mumkin emas, faqat bunday yuridik faktlar bilan
shaxsiy huquqlar qonun bajaradi.
85
Uzoq vaqtlar sivilist olimlar ichida fuqarolik huquqi nomoddiy ne'matlar bilan
bog`liq munosabatlarni soladimi yoki muhofaza qiladimi degan munozaralar bo`lib
o`tgan edi. Oxir oqibatda tartibga solish muhofaza qilishni anglatadi, muhofaza qilish
esa tegishli munosabatlarni tartibga solish orqali amalga oshiriladi degan murosaga
kelindi.
So`nggi vaqtlar esa fuqarolik huquqi nomoddiy ne'matlar bilan munosabatlarni
ham tartibga soladi, ham muhofaza qiladi degan fikrlar ilgari surilmoqda79.
Fuqarolik qonunlarining rivojlanish jarayonini kuzatsak buning to`g`riligiga iqror
bo`lamiz.
A.Niyozova nomoddiy ne'mat tushunchasiga nisbatan o`ziga xos qarashlarga
ega. U nomoddiy ne'mat tushunchasida fuqarolik huquqlari obyekti sifatida shaxsiy
huquqlar ham qamrab olinganiga e'tiroz bildirib, shaxsiy huquqlar ushbu nomoddiy
ne'matlardan foydalanishning yuridik imkoniyatini ta'kidlaydi deb ko`rsatadi. Shaxsni
individuallashtirish shaxsiy nomulkiy huquqlarning belgisi sifatida bir subyektning
boshqasidan farq qilish imkoniyatini beradi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar huquq
layoqatining elementi bo`lib hisoblanmaydi, chunki huquq layoqati subyektlarda bir
xil hajmda mavjud bo`ladi, ularni tenglashtiradi (chunki mavhum imkoniyat
tariqasida namoyon bo`ladi).
Nomoddiy ne'matlar bilan shaxsiy huquqlar o`rtasidagi nisbat – bu FKning 8-
bobi tizimida aniq ko`rinib turganidek, umumiylik va xususiylik o`rtasidagi nisbatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |