Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Pullar va qimmatli qog`ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

4.Pullar va qimmatli qog`ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida 
Pul ham fuqarolik huquqining obyektidir. Pul mamlakatning xo`jalik hayotida, 
xususan savdoda katta ahamiyatga ega. Pul o`zining uzoq davom etgan tadrijiy 
rivojlanishida, mol-hol, zaytun yog`i, oltin va kumush yombisi ko`rinishidagi 
ayirboshlash vositalaridan hozirgi elektron pullarga, kredit kartochkalariga qadar 
bo`lgan yo`lni bosib o`tdi. Pul bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim 
qurollaridan biri hisoblanadi. 
Mustaqil davlatning asosiy atributlaridan biri – bu uning milliy valutasidir. Shu 
borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning gultoji O`zbekiston 
Respublikasining milliy valutasi – so`mni muomalaga kiritish bo`ldi. O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “O`zbekiston Respublikasining 
milliy valutasini muomalaga kiritish to`g`risida”gi Farmoni bilan O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga, “O`zbekiston Respublikasi Davlat 
Mustaqilligining Asoslari to`g`risida”gi Qonunning 11- moddasiga va O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi 952-XII son qaroriga 
muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasining hududida 
1000 so`m pul kuponga bir “So`m” nisbati bilan O`zbekiston Respublikasining milliy 


81 
valutasi – “So`m” muomalaga kiritildi. O`zbekiston Respublikasining milliy valutasi 
– “So`m” O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50, 
100,200,500,1000 so`m bo`lgan bank qog`oz pullar “banknotalar” va 1,3,5,10,20,50 
“Tiyin”, 1,5,10,25,50 so`m bo`lgan metall tanga-chaqalar holida naqd pul 
muomalasiga chiqarildi. Mazkur Farmonning 4-bandiga muvofiq 1994 yilning 1 
iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida “So`m” mulkchilik shaklidan 
qat'i nazar qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi. 
“So`m”lar va “Tiyin”lar O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik 
shakllaridan qat'i nazar, hamma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha 
turdagi to`lovlarga, shuningdek banklar tomonidan omonatlar va hisob varaqlariga 
qo`shib qo`yish uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiydir. 
O`zbekiston Respublikasi hududida milliy valuta – ”So`m” bilan bir qatorda erkin 
muomaladagi valutada to`lov vositasi sifatida belgilangan tartibda foydalanishga 
ruxsat berildi. 
O`zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritilgan pul muomalasini 
mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qator 
qarorlar qabul qildi. 1994 yil 12 iyuldagi “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga 
oid chora-tadbirlar to`g`risida”71 gi va 1994 yil 23 iyuldagi “O`zbekiston 
Respublikasi milliy valutasining ichki erkin almashinuvini ta'minlashga oid chora-
tadbirlar to`g`risida”ги72 qarorlar shular jumlasidandir. Pullar jismoniy alomatlari 
bilan belgilangan ashyolar qatorida bo`lib, pul belgilarining soni bo`yicha 
hisoblanmay, balki bu belgilarda ko`rsatilgan summalarga qarab hisoblanadi. 
Pul har xil bitimlarning, masalan, oldi-sotdi, qarz va boshqa bitimlarning 
predmeti bo`lib, xalq xo`jaligida, shuningdek, fuqarolik huquqiy munosabatlarda 
muhim ahamiyatga ega. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Milliy iftixor, davlat 
mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli 
umumiy boylik va mulkdir”. 
Pul (valuta), valuta qimmatliklari to`g`risidagi qoida FKning 94-95- 
moddalarida berilgan.Qimmatli qog`ozlar Fuqarolik kodeksining 96-moddasida 
ko`rsatilganidek, mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga 
amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlardir.Qimmatli qog`ozlar boshqa shaxsga 
berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o`sha shaxsga 
o`tadi.Q immatli qog`ozlar jumlasiga FKning 96-moddasi 2-bandida ko`rsatilganidek, 
obligatsiya, veksel74, chek, depozit va jamg`arma sertifikatlari, bankning taqdim 
qiluvchiga pul beriladigan jamg`arma daftarchasi, konosament, aksiya hamda qonun 
hujjatlari bilan qimmatli qog`ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. 
Aksiyalar, obligatsiyalar va xazina majburiyatlarida aks ettiriladigan 
rekvizitlarni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, depozit sertifikatlari va 


82 
veksellarda aks ettiriladigan rekvizitlarni esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki belgilaydi. Qimmatli qog`ozlar egasi yozilgan yoki taqdim etuvchiga deb 
nomlangan turlari mavjud bo`lib, bu qimmatli qog`ozning o`zida ko`rsatiladi. 
Qimmatli qog`ozlar muomalasi deganda, O`zbekiston Respublikasida ularni sotib 
olish va sotish, shuningdek respublika qonunlarida nazarda tutilgan, qimmatli 
qog`ozlar egasi almashinuviga olib keladigan boshqa harakatlar tushuniladi. 
O`zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog`ozlarni (depozit sertifikatlari va 
veksellardan tashqari) muomalaga chiqarish va ularni ro`yxatdan o`tkazish 
qoidalarini O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydi. Davlat ro`yxatidan 
o`tkazilgan hamda belgilangan tartibda ro`yxat raqamini olgan qimmatli 
qog`ozlarninggina O`zbekiston Respublikasi hududida chiqarilishi va muomalada 
bo`lishiga yo`l qo`yiladi. Davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan qimmatli qog`ozlarni 
chiqarish g`ayriqonuniy hisoblanadi. Bu ularni hamda mazkur qimmatli qog`ozlarni 
sotishdan tushgan pulning olib qo`yilishi va boy berilgan naf qoplanishini hisobga 
olgan holda investorlarga qaytarib berilishiga sabab bo`ladi. O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1996 yil 26 martda qimmatli qog`ozlar bozorining 
ishlash samaradorligini oshirish va uni davlat yo`li bilan tartibga solish, uning 
qatnashchilari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish, 
sarmoyadorlarning 
huquq 
va 
manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida chiqarilgan “O`zbekiston 
Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi qimmatli qog`ozlar bozori ishlashini 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish to`g`risida”ги75 farmonini 
qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga 
solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qimmatli qog`ozlar bilan 
bo`ladigan munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Qimmatli qog`ozlar 
bozorining faoliyat ko`rsatish mexanizmi to`g`risida” 1996 yil 25 aprelda 
O`zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa qonun hujjatlari O`zbekiston 
Respublikasining bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o`tishda qimmatli 
qog`ozlar bilan bo`ladigan munosabatlarning huquqiy mexanizmini ta'minlashda 
muhim ahamiyatga egadir. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish