Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

Murakkab ashyolar. 
Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan 
belgilanadigan vazifasi bo`yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni 
tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo 
xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilgan 
bo`lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo`ladi (FKning 91-moddasi). 
Ba'zi ashyolar hosil va daromad beradigan ashyolar 
bo`lishi va shu tufayli bu 
hosil va daromadlardan foydalanish, ularni tasarruf etish to`g`risidagi ishni hal etish 
masalasi qo`yilishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to`g`risida Fuqarolik 
kodeksining ba'zi moddalarida ko`rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida 
mulkni birovlarning qonunsiz egallashidan talab qilib olishda daromad va 
xarajatlarning to`linishi aytiladi. 
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shartnomada 
boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lsa, ashyo egasiga tegishlidir (FKning 92- 
moddasi). 
3.Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning obyekti bo`lib ko`ringan mulk tushunchasi 
to`g`risida to`xtalib, shuni aytish kerakki, ba'zi hollarda ashyo narsalarni mulk deb 
atalsa ham mol-mulk atamasining ma'nosi birmuncha keng bo`lishini bilamiz. 
Mol-mulk deyilganda, ma'lum shaxsga (Fuqaro yoki tashkilotga) egalik huquqi 
bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig`indisi nazarda tutiladi. Mol-mulk 
tarkibiga majburiyat huquqi, mualliflik va ixtirochilikka oid mulkiy huquqlar, oila 
huquqi bilan bog`liq bo`lgan majburiyatlardan kelib chiqadigan mulkiy talablar, qarz 
berilishida olingan tilxatlar ham kiradi. Demak, mol-mulk bu munosabatdir. (bu 
haqda mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar mavzusida yanada batafsil 
to`xtaymiz). 
Mol-mulk atamasi cheklangan holda, tor ma'noda sharh qilingan taqdirda, faqat 
ma'lum shaxsga tegishli mulkiy huquqlarlarning aktivinigina (mulkni talab qilish 


80 
huquqlarinigina) o`z ichiga oladi. Agar “mol-mulk” atamasi keng ma'noda 
sharhlansa, shaxsning faqat huquqlarigina, ya'ni aktivigina nazarda tutilmay, balki 
uning uchinchi shaxs oldida bo`lgan majburiyatlari, ya'ni passivi ham nazarda 
tutiladi. 
O`zbekiston Respublikasi FKning 83-moddasida mol-mulk turlari ko`rsatilgan. 
Unga asosan mol-mulk ko`chmas va ko`char mulkka bo`linadi. Ko`chmas mulk yer 
uchastkalari va yer osti boyliklari, ko`p yillik dovdaraxtlardan iborat. Ko`chmas mol-
mulk bilan bog`liq huquqlarni olish yoki begonalashtirish FKning 84-moddasida 
belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazish orqali amalga oshiraladi. FKning 
83-moddasi 3-qismida qonunda boshqa mol-mulk ham ko`chmas mol-mulk qatoriga 
kiritilishi mumkinligi belgilangan. Shunga binoan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“Jismoniy shaxslarning mulki bo`lgan binolar va inshootlarni baholash, qayta 
baholash to`g`risida”gi Nizomda turar joylar, kvartiralar, bog`dorchilik va uzumchilik 
shirkatlari a'zolarining bog` uychalari, garajlar va boshqa imoratlar hamda inshootlar 
ham jismoniy shaxslarning mol-mulki hisoblanadi. 
Ko`chmas mulk bilan bog`liq asosiy xususiyat shundaki, u yer bilan bog`liq 
bo`lib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish natijasida o`z hususiyatini yo`qotadi. 
Vazifasiga va tayinlanish maqsadiga zarar yetkazmagan holda bir joydan ikkinchi 
joyga ko`chirilishi mumkin bo`lgan mol-mulk ko`char mulk jumlasiga kiradi. 
Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari ko`char mulkka bo`lgan huquqlarni 
davlat ro`yxatidan o`tkazish talab etilmaydi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish