Chirchiq-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra



Download 128,39 Kb.
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi128,39 Kb.
#583876
  1   2
Bog'liq
2 5408883101625488961


Ma’ruzachi: dots.v.b. Namozov Jo’rabek Abduazizovich
Fan: Jahon iqtisodiy va ijtimoiy gеografiyаsi
Mavzu: Janubi G’arbiy Osiyo davlatlari
Chirchiq-2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Kafedra: Geografiya
  • Janubi G‘arbiy Osiyo davlatlarining geografik o’rni.
  • Tabiiy sharoiti va resurslari.
  • Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
  • Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
  • Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.

Reja
Tarkibi – 16 ta davlat
Maydoni – 5,5 mln kv.km (3,7 %)
Aholisi – 356,7 mln. k. (4,4 %)
YaIM – 2,2 trln $
Aholi jon boshiga YaMD – 15179 $



Davlatlar

Maydoni (kv.km)

Aholisi (kishi)

YaIM (mlrd $)

Aholi jon boshiga ($)

1

Saudiya Arabistoni

2 149 690

36 399 491

700

18691

2

Eron

1 648 000

85 582 863

203

4802

3

Turkiya

783 562

86 735 919

720

12035

4

Yaman

527 970

31 031 323

23,49

632

5

Iroq

437 072

42 438 321

167

4287

6

Ummon

309 500

5 915 132

64,65

15082

7

Suriya

185 180

16 513 372

15,6

890

8

Iordaniya

92 300

10 781 873

43,7

4029

9

BAA

83 600

10 206 508

421

41248

10

Isroil

22 145

8 922 892

402

36564 

11

Quvayt

17818

4 207 000

136

27156

12

Qatar

11 571

3 131 360

146

56011

13

Livan

10 452

6 684 847

33,38

5464

14

Kipr

9 251

1 215 587

23,8

30438 

15

Falastin

6 020

5 222 756

15,56

2923

16

Baxrayn

765,3

1 748 295

34,72

19257

Bu regionda Yaqin va O’rta Sharq mintaqasining 16 mamlakati joylashgan. Uning maydoni 4,145 mln km2, aholisi 320 mln kishidan ortiq. Bu regionda dunyodagi eng yirik yarimorol Arabiston va Kichik Osiyo yarimoroli joylashgan. Bu regionning iqtisodiy geografik o’irninng qulayligi: barcha davlatlarning dengiz bo’yida joylashganligi, Yevropa, Shimoliy Afrika va Hindistonga yaqinligi, muhim dengiz va havo yo’llarida joylashganligi, neft va tabiiy gazga boyligi. Bu regionni iqtisodiy jihatdan eng kuchli davlatlari: Turkiya, Isroil, Kipr. Eng qoloqlari:, Yaman va Suriya.
Janubi-G’arbiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o’rni quyidagicha: bu region yer shari maydoninig 2,8 % ini egallagan ; dunyo aholisining 2,5 % ini o’z ichiga oladi; dunyo bo’yicha YAIM ning 2,6 % ini shu region beradi ; dunyo bo’yicha yalpi eksport mahsulotining 3,7 % i shu regionga to’g’ri keladi.
Tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Turkiya, Eron kabi davlatlarda tog’lar katta maydonni egallagan. Arabiston yarimoroli davlatlarida cho’llar (Rub-el- Xali, Katta va kichik Nefut, Suriya), Eronda esa sho’rxok cho’llar (Dashti-Kevir, Dashti-Lut) katta maydonlarni egallagan. Iqlimiy jihatdan regionni shimolini subtropik, katta janubiy qismini esa tropik iqlim mintaqasi egallagan.
Regionning asosiy foydali qazilmasi neft va tabiiy gaz. Jahon neft zaxirasining 2/3 qismi, qazib olishning ¼ qismi Fors korfazi bo’yi davlatlariga to’g’ri keladi. Neft zahirasi bo’yicha dunyoda Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Quvayt, BAA etakchi o’rinda turadi.
Dunyoda topilgan 30 ta ulkan neft konining 15 tasi Fors ko’rfaziga to’g’ri keladi. Gavar (Saudiya Arabistoni), Al-Burxon (Quvayt), Manifa (Saudiya Arabistoni) kabi konlardan sutkasiga 2 ming tonnagacha neft fontan bo’lib otilib chiqadi. Neft quduqlarining umumiy soni 5 ming ta. Tabiiy gazni qazib chiqarish bo’yicha Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron va BAA davlatlari etakchi.
Fosforitning yirik konlari Iordaniyada (dunyoda 5-o’rinda). Kaliy tuzining yirik konlari Isroilda (5-o’rinda). Oltingugurtning yirik konlari Iroqda (dunyoda 4-o’rinda). Mis va xromning yirik konlari Eron va Turkiyada. Turkiya va Kiprning O’rta yer dengizi sohillari tabiiy-rekreatsion resurslarga boy. Shuning uchun u yerlarda turizm rivojlangan.
Aholisi. Mintaqa aholisi soni 320,3 mln. kishi. Isroil va Kiprdan tashqari barcha davlatlarda demografik portlash, ayniqsa Falastin hududida (yillik o’sish 3,7 %). Aholi soniga ko’ra: Turkiya (86,7 mln); Eron (85,5 mln); Iroq (42,4 mln); Saudiya Arabistoni (36,4 mln); Yaman (31 mln); Suriya (16,5) kabilar yetakchi.
Bahrayn, Kipr kabi davlatlarda aholi soni eng kam. Regionning qolgan barcha davlatlarida (BAA, Isroil, Iordaniya, livan, Amman, Quvayt, Falastin) aholi soni 3 mlndan ortiq. Tug’ilish koeffisienti eng yuqori bo’lgan davlatlar: Yaman (43 ‰), Falastin (39‰), Iroq , Saudiya Arabistoni (35‰). Dunyo bo’yicha 22‰. Tug’ilish koeffisienti eng past bo’lgan davlat Kipr (12‰).
O’lim koeffisienti eng yuqori bo’lgan davlatlar: dunyo bo’yicha 9 ‰. Iroq va Yaman (10‰). O’lim koeffisienti eng past davlatlar: BAA, Quvayt (2‰), Baxraynda (3‰). Chaqaloqlar o’limi eng yuqori Yaman (74 ‰); eng kam Kipr va Isroilda (5‰). Dunyo bo’yicha 55‰.
15 yoshgacha bo’lganlar soni eng ko’p davlatlar: Yaman (48%), Iroq (47%), Falastinda (46 %), Saudiya Arabistoni (43 %). Dunyo bo’yicha 30 %. 15 yoshgacha bo’lganlar soni eng kam davlatlar: Kipr (22 %).
64 yoshdan yuqori bo’lganlar soni eng ko’p va eng kam bo’lgan davlatlar: Kipr, Katar (11%), BAA (1%), Quvayt (2 %). Dunyo bo’yicha 64 yoshdan o’tganlar 7%.
Aholi jon boshiga YAID salmog’i dunyo bo’yicha regionda eng yuqori: Qatar (56011), Isroil (36564), Kiprda (30438), Quvaytda (27156), eng past: Suriya (890) va Yaman (632).
Aholisining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 77,3 kishi bo’lgani holda O’rta Yer sohillarida 50-100 kishi, baland tog’ va cho’llarda 1-10 kishiga to’g’ri keladi. Urbanizasiya darajasi Quvaytda 96%, Isroilda 92%, Katarda 80%, Ummonda 13%. Regionda 21 dan ortiq millioner shahar va shahar aglomerasiyalari mavjud. Ular ichida Istambul va Tehron eng yirigidir (10-20 mln kishi).
Region davlatlari davlat tuzumiga ko’ra mutloq teokratik, konstitusion, federal monarxiya davlatlariga va respublika davlatlariga bo’linadi. Aholisining etnik tarkibiga ko’ra Arabiston yarimoroli davlatlari bir millatli, Turkiya, Iroq, Eron kabi davlatlar esa ko’p millatlidir. Makka va Madina shaharlari musulmonlar uchun, Iyerusalim shahri esa xristian, musulmon va iudaistlar uchun muqaddas joy sanaladi.
Xo’jaligi. Regiondagi Turkiya, Isroil va Kipr davlatlari Osiyoning yangi industrial davlatlari qatoriga kiradi. Ular Yevropa modeli asosida rivojlanmoqda. Yaqin kelajakda Turkiyani Yevropa ittifoqiga kirishi mo’ljallangan. Fors korfazi bo’yi davlatlarida neft-kimyo sanoati, Eronda ko’p tarmoqli iqtisodiyot, Suriya va Yamanda qoloqlik hukmron. Regionda asosiy rivojlangan sanoat tarmog’i neftni qazib olish va uni qayta ishlashdir. Agar dunyo bo’yicha yiliga jon boshiga 500 kg neft qazib chiqarilayotgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Fors qo’ltig’i bo’yida 3,3 ming t. ni tashkil etadi. Fors korfazi bo’yi davlatlari yiliga 800 mln t.dan ortiq neft qazib oladi va eksport qiladi. Uning 1/3 qismi (250 mln t) shu joyda qayta ishlanadi. Eng yirik neftni qayta ishlash korxonalari Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt va BAA da joylashgan. Aynan shu mamlakatlar eksportini 90-95 % ini neft va neft mahsulotlari tashkil etadi. Jun-gazlama va ip-gazlama to’qimachiligi Turkiyada, gilam to’qish Eronda.
Qora metallurgiya sanoati Turkiya va Eronda, mashinasozlik Turkiya va Isroilda rivojlangan. Janubi- G’arbiy Osiyoning eng yirik sanoat markazlari: Istambul, Tel- Aviv va Tehron shaharlarida; kichikroq sanoat markazlari: Anqara, Izmir, Bog’dod shaharlarida joylashgan. Mazkur sanoat markazlarini va aholini asosan IES lar, qisman GES lar energiya bilan ta’minlaydi. Eronda AQSH va Yevropa iqtisodi qarshiligiga qaramay AES qurilmoqda.

Download 128,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish