Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Ma`ruza №12 Мавзу:Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari



Download 1,44 Mb.
bet67/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

Ma`ruza №12
Мавзу:Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari
Режа:

  1. Geografik o`rni, iqlimi va aholisi.

  2. Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi.

  3. Shimoliy Arabiston

  4. Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari.

  5. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti.

  6. Qadimgi Arabiston madaniyati.


1. Geografik o`rni, iqlimi va aholisi. ArabistonOsiyodagieng katta yarim orol bo`lib, 3 mln. kv. km. hududni egalladi. Uni g`arbda Qizil dengiz, sharqda Fors va Ommon qo`ltiqlari suvi, janubda Adan qo`ltig`i va Arabiston dengizi yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o`zining ziravorlari va xushbo`y moylari bilan mashhur edi. Ziravor va xushbo`y moylardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyot, diniy marosimlarni bajarishda foydalanilar edi. Arabistonni o`rab turgan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis va surma kabi xomashyolar va tuz konlari mavjud bo`lgan. Janubiy-g`arb va janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebastr; qimmatbaho toshlar: zumrad, berulliy, feruza bor edi.

Arabiston yarim orolining er. avv. IV-III ming yilliklardagi aholisi to`g`risida aniq ma’lumotlar yo`q. Shumer hujjatlarida Magan va Meluxxa (ba’zi tadqiqotchilar, Magan Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari to`g`risida eslatib o`tiladi. Arabiston yarim orolining janubiy qismidan ilk paleolit olduvay qurollariga o`xshash qurollar topildi. Bu topilmalar Janubiy Arabiston Sharqiy Afrikadan boshlangan odamlarning tarqalish yo`llaridan biri bo`lganidan guvohlik beradi.

Qadimda Arabiston yarim oroli sersuv daryo vodiylari, boy flora va faunaga ega bo`lgan. Er. avv. VIII-VII ming yilliklardan boshlab yarim orolning qariyb butun hududida qurg`oqchil iqlimning mutloqo hukmronligi boshlanadi. Odamlar Arabistonni tashlab ketdilar. Faqat uning chekka janubida va sharqida bir-biri bilan zaif aloqada bo`lgan alohida suvli voqiylar saqlanib qoldi. Er. avv. VIII ming yillikdan odamlar yashashi uchun qulay iqlim yarim orolning sharqiy qirg`oq qismi (Qatar), keyin er. avv. VII-VI ming yilliklarda Markaziy va Janubiy Arabiston (Rub-el-Xalilning janubiy-sharqiy qismi, Shimoliy Yaman, Xadramaut)da vujudga kelib, bu hududlarga odamlar kelib o`rnasha boshladilar. Arabistonning sharqiy qirg`og`i bo`ylab er. avv. V ming yillikdan El-Ubayd madaniyati, keyin Jamdat-Nasr madaniyati odamlari joylashdilar. Sharqiy Arabiston er. avv. III ming yillikda, ayniqsa, Magan (Omon) Janubiy Mesopotamiya, Baxrayn va Shimoliy-G`arbiy Hindiston bilan dengiz savdosiga kirishdi.

Arab dengizchilari Hind okeaniga yo‘l olib, Sharqiy Afrika, Sharqiy O‘rtayer dengizi, Hindiston va Arabiston yarimoroli, Janubiy Osiyo va Sharqiy Osiyo kabi davlatlar bilan aloqa o‘rnatdi26.

Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo`llari o`tgan. Bosh savdo yo`li «Xushbo`y moy yo`li» deb atalgan. Arabistonning janubiy-sharqi ikki yo`nalish bilan Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga borgan: biri G`azo va Ashdod, boshqasi Tir va Damashqqa yo`nalgan. Yana bir savdo yo`li Janubiy Arabistondan Janubiy Mesopotamiyaga boradi. Bundan tashqari, Arabiston qadimda Qizil dengiz va Fors qo`ltig`i dengiz yo`li orqali Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalarini o`rnatdi.

Er. avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy-g`arbida somiy tillarining janubiy arab shevasida so`zlashadigan Saba, Mina va Kataban qabila ittifoqlari vujudga keldi. Arabistonning shimoliy-g`arbiy qismida er. avv. II ming yillikda midianit qabilalari yashagan.



  1. Download 1,44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish