Chiqindilarni boshqarish


ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari



Download 2,97 Mb.
bet16/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

1.5. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob'ektlarini joylashtirish va

ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari


Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob'ektlarini yaratish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan unga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
obodonlashtirish ob'ektlari — ko‘chalar, aylanma ko‘chalar, yo‘llar, markaziy maydonlar, yo‘lkalar, ko‘priklar, tunnellar, yo‘lovchilar o‘tadigan yer osti yo‘llari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, ko‘llar va boshqa suv havzalarining qirg‘oqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan ob'ektlar (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yo‘l ko‘rsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari; sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob'ektlari — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtinchalik saqlash uchun, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq foydalaniladigan ob'ektlar (chiqindi qutilari, konteynerlar, chiqindi to‘plash shaxobchalari, shu jumladan, maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar); qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish ob'ektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilari, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari, o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar); suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi to‘kiladigan o‘ralar va septiklarda yig‘ilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari); yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va o‘lchamlari bo‘yicha 0,75 m3 hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni bo‘lmagan qurilish chiqindilari.
qurilish chiqindilari — turar joy uylari, ma'muriy bino, ko‘p kvartirali uy kvartiralarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil bo‘ladigan chiqindilar; xavfli maishiy chiqindilar — foydalanish xususiyatini yo‘qotganidan so‘ng insonlar hayoti, sog‘lig‘i va atrof tabiiy muhitga xavf soluvchi, shuningdek, utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan va yig‘ish, tashish hamda zararsizlantirishning maxsus texnologiyalaridan foydalanishni talab qiluvchi tovarlardan hosil bo‘ladigan chiqindilar (simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslari, simobli termometrlar chiqindilari, barcha turdagi akkumulyasiya qiluvchi elementlar va shu kabilar); ikkilamchi moddiy resurslar — maishiy xo‘jalikda hosil bo‘ladigan, bevosita yoki qo‘shimcha ishlov berishdan so‘ng takror foydalanish imkoni mavjud bo‘lgan, iste'mol va ishlab chiqarish chiqindilari (metall, plastmassa, shisha, qog‘oz chiqindilari va shu kabilar);
«signal» usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yo‘li bilan iste'molchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turarjoy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish