Chiqindilarni boshqarish



Download 2,97 Mb.
bet19/77
Sana19.10.2022
Hajmi2,97 Mb.
#854119
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
Чиқиндиларни бошқариш дарслик НАШРГА

1.5.3 Chiqindilarni to‘plash shaxobchalarini tashkil etish va ulardan

foydalanish


Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tashkilotlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlari ko‘magida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati bo‘yicha chiqindilarni to‘plash shaxobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni hal qiladilar.
Yopiq turdagi chiqindi to‘plash shaxobchalarini qurish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishilgan namunaviy yoki individual loyiha (eskiz) asosida amalga oshiriladi.
Gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga bog‘liq ravishda chiqindi to‘plash shaxobchalarining qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlari tashkillashtirilishi mumkin.
Faoliyat yuritayotgan chiqindi to‘plash shaxobchalarini buzish ishlari ularning o‘rniga yangi chiqindi to‘plash shaxobchalari qurilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo‘lmagan va 100 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchasining hududi o‘tish yo‘liga tutash bo‘lishi, lekin maxsus avtotransport vositasining kirishiga xalaqit bermasligi lozim. Alohida joylashgan maydonchada (o‘tish yo‘lidan uzoqda) maxsus avtotransport vositasining konteynerlarni bo‘shatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m x 12 m) ko‘zda tutiladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchalarini joylashtirish (imkon darajasida) binolar fasadining ko‘cha tomonidagi transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasining ko‘rinish zonasi tashqarisiga loyihalashtiriladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchasining maydoni va unda joylashtiriladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq belgilanadi.
Chiqindi to‘plash shaxobchalari va konteynerlaridan turar joy xonalarining derazalari va kirish yo‘llarigacha bo‘lgan masofa qat'iy ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq belgilanadi.
Chiqindi to‘plash shaxobchalari obodonlashgan kirish yo‘li, tungi tashqi yoritkichlari, salqin ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, shuningdek, yomg‘ir suvlarini oqizish kanalizatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
Konteynerlarni o‘rnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali bo‘lishi lozim. Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi o‘tish yo‘li qismi tarafga 5 — 10 foizni tashkil etgan holda va maxsus avtotransport vositasining kirishiga qulay tarzda o‘rnatiladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchalari hududida quyidagi ma'lumotlar joylashtiriladi: chiqindi to‘plash shaxobchasining nomi yoki raqami; chiqindi to‘plash shaxobchasidan foydalanuvchi tashkilotning nomi va aloqa
bog‘lash ma'lumotlari, shu jumladan dispetcherlik xizmatining telefon raqami; hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlarining ishonch telefon raqami, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali.





Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish