The Waste Management textbook is intended for students of the Ministry of Higher and Secondary Special Education of the Republic of Uzbekistan 5850100 - Environmental Protection, 5630100 - Ecology and Environmental Protection.
Naturally, in the implementation of these tasks environmental sciences, including the Waste Management, play an important role. The textbook is written by the authors in accordance with the state standard curriculum in the disciplines "5850100 - Environmental Protection", "5630100 - Ecology and Environmental Protection", in which "Waste Management" theoretical and practical issues.
Waste Management, Chapter 5, Waste Management. The Law of the Republic of Uzbekistan, Terms and Definitions in Waste Management. General terms, Resolution of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan dated October 27, 2014 "On approval of the Regulation on the procedure for state accounting and control in the field of waste management" Decision No. 14 of January 21, 2014 "On approval of the Regulation on the development and agreement of draft environmental regulations".
The textbook mainly focuses on the issues of disposal and recycling of industrial waste and human waste generated by various levels of industry in the modern age of technology.
Kirish
Ma'lumki, insonlar qadimda yovvoyi tarzda hayot kechirgan bo‘lsalar, keyinchalik qabila-qabila bo‘lib yashash davridan boshlab tabiatga o‘z tazyiqini o‘tkazib kelganlar. Hozirda inson tafakkuri shu qadar chuqur rivojlandiki, so‘nggi bir asr mobaynida energetik resurslar 100 marta, qurollanish darajasi esa million martaga o‘sdi. Bunday hol ona-sayyoramiz va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta.
Fan va texnika taraqqiyoti biosferani qutqarish uchun ulkan ishlarni qilishi mumkin bo‘lsa-da, olimlar va davlat arboblari barcha tirik mavjudotlar hayotiga xavf tug‘dirayotgan tahdid haqida tinmay “bong” urmoqdalar. Ona tabiat barcha go‘zalliklari-yu tarovati bilan barchamizni lol qoldirib ogoh bo‘lishga undasa-da, davlatlar va qit'alararo atrof-muhitning ifloslanishi, tirik mavjudotlarga qiron keltirish hollari, tuproq eroziyasi va cho‘llanish jarayonlari afsuski, davom etmoqda. Bu kabi ekologik ofatlarga masalan, o‘tgan asrning so‘nggi choragida ro‘y bergan Chernobil portlashi, Orol dengizining qurishi, Boyqo‘ng‘irdagi yadroviy sinovlar va boshqalar yaqqol misol bo‘la oladi.
Bundan tashqari inson tazyiqi tufayli suv havzalari, havo va tuproqning zaharli moddalar bilan zaharlanishi, o‘simlik, hayvonot olamidagi noyob turlarning kamayib borishi, inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirish bilan birga o‘ta og‘ir xastalliklarning keng tarqalishiga ham sabab bo‘lmoqda. Sanoat va ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bir qatorda hosil bo‘lgan ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari bilan atrof tabiiy muhitning ifloslanishi yildan yilga ortishi sezilmoqda. Natijada “…muayyan mintaqa, mamlakat va butun insoniyat juda katta ekologik xavf-xatarga ro‘baro‘ kelmoqda. Bu millat va mintaqaviy doiradan chiqib, umuminsoniy muammoga aylanmoqda. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e'tiborini mintaqaviy ekologik muammolarga qaratish lozim” (I.Karimov, 1997).
Tabiiyki, bu kabi muammolarni hal qilish, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini qo‘llashda “Chiqindilarni boshqarish” fanining ahamiyati beqiyosdir. Zero, tabiat va jamiyat o‘rtasida ro‘y beradigan ekologik nomutanosiblik va o‘zaro keskinliklarni aynan ana shu fan orqali hal etish mumkin. Shubhasiz, mazkur fan mustaqil mamlakatimizning yangi avlodini ekologik bilimlar bilan qurollantirishda muhim mezon hisoblanadi. Inson va tirik mavjudotlar olami bor ekan biz har birimiz ona sayyoramiz bag‘rida tinch va osoyishta hayot kechirmog‘imiz zarur.
“Chiqindilarni boshqarish” fanining bosh vazifasi ham aholini ekologik savodxon qilish va uning tinch hamda musaffo hayotini ta'minlashdan iborat bo‘lmog‘i zarur, albatta. Darhaqiqat, har birimiz ekologik bilimlarimiz saviyasi jihatidan yuqori bo‘lsakgina ekologik qonunlar buzilishining oldini olgan bo‘lamizki, bu nafaqat tabiat, balki jamiyat taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar boshqa fanlar singari “Chiqindilarni boshqarish” fani oldidagi dolzarb vazifalarni to‘g‘ri anglagan holda tabiat qonunlari, ekologik muvozanat, o‘simliklar, hayvonot olami va boshqa masalalar to‘g‘risida chuqur tasavvurga ega bo‘lsalargina yetuk hamda zamon talabiga javob beruvchi rahbarmutaxassis bo‘lishlari mumkin.
Darslik asosan texnika asri bo‘lgan hozirgi zamonda sanoat tarmog‘ining har xil sohasida hosil bo‘lgan turli darajadagi ishlab chiqarish hamda inson faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan iste'mol chiqindilarini utillashtirish, ulardan qayta foydalanish masalalarini yoritishga qaratilgan. So‘ngida esa chiqindilar sohasida atamalar, tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni va foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |