Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
278
w
www.oriens.uz
June
2021
bo‘ladigan maishiy elektrotexnika mahsulotlari kabi 350 dan ortiq turdagi
mahsulotlar shular jumlasidandir..
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tarmoq korxonalarining imkoniyatlarini batafsil
o‘rganish natijasida, 2017 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlar va import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot turlarini ishlab
chiqarishni tashkil qilishga yo‘naltirish hisobiga 1,1 mlrd. dollardan ortiqroqqa yoki
importni 23 foizga kamaytirish imkoniyati aniqlandi.
Biroq, import o‘rnini bosadigan mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab
chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilayotganiga qaramasdan,
mamlakatimizda import hajmining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymoqda.
Bu,davlatimiz iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish va
yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishga
yo‘naltirilishi
mumkin
bo‘lgan
valyuta
mablag‘laridan
samarasiz
foydalanishgaolibkelmoqda.
Milliy iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirish, mehnat
resurslarining oqilona bandligini ta’minlash, milliy korxonalar raqobatbardoshligini
oshirish, iqtisodiy xavfsizlikka erishish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar,
butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini
oshirishga bog‘liqdir. Chunki buning natijasida:
iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishiga, uning tashqi omillarga
tobeligini kamaytirishga;
ishlab chiqarish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq
etilishini jadallashtirishga;
tashqi iqtisodiy faoliyatni ijobiy rivojlantirishga;
yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga yo‘naltirilgan sanoat siyosatini
yuritish orqali eksport salohiyatini kengaytirish;
import tarkibini kamaytirish kabi natijalarga erishish mumkin.
Shu sababli eksport tarkibini diversifikatsiyalash hamda import tarkibini
takomillashtirish orqali jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashish, milliy
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, aholining
iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |