Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
279
w
www.oriens.uz
June
2021
Biroq, respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
bo‘yicha yagona tizimning mavjud emasligi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq
foydalanilmayotganligiga hamda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali
qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish darajasining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakat va uning hududlari tashqi savdosining hozirgi holati tovar va
xizmatlar eksportidan barqaror valyuta tushumlari olish imkoniyatini bermaydi.
Eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustivorligi, eksport qilinayotgan tovarlar
assortimentining torligi mamlakat va undagi hududiy iqtisodiyotini jahon
bozorlaridagi kon’yunkturaviy o‘zgarishlarga qaram qilib qo‘ymoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-
2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida
“ ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom etish hamda
eng avvalo iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish,
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ” ga alohida e’tibor qaratilgan.
«O‘zavtosanoat»
AJ,
«O‘zto‘qimachiliksanoat»
uyushmasi,
«O‘zmetkombinat» AJ, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi
korxonalari hamda Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent
shahridagi korxonalarda asosan respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarga
o‘xshash bo‘lgan tovarlarni chetdan import qilinadi.
Mamlakatda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda
turlarini kengaytirish, aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qanoatlantirish
borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, o‘zimizda
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘paytirish orqali importni qisqartirish masalasi
milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi “Davlat va
xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida ooperatsiya aloqalarini
jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror asosida ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, import hajmini kamaytirish
borasidagi ishlar boshlab yuborildi. Shuningdek, mazkur masalalar bo‘yicha
yordamchi lavozimi joriy etilganligi, mahalliylashtirish hamda sanoatda kooperatsiya
aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda faoliyat yurituvchi
ishchi guruh tashkil etilganligi, importni qisqatirish bo‘yicha idoralararo monitoring
yurgizish mexanizmlarining ishlab chiqilganligi keng imkoniyatlarni yaratib
bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |