Chiqarish markazi


 G‘O‘ZANI SUG‘ORISH BO‘YICHA TAJRIBALAR QO‘YISH VA



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

16. G‘O‘ZANI SUG‘ORISH BO‘YICHA TAJRIBALAR QO‘YISH VA 
O‘TKAZISH HUSUSIYATLARI 
 
Markaziy Osiyoning pahta etishtiruvchi hududlaridagi mavjud suv manbalari 
zahiralari  cheklanganligi  har  bir  kubometr  sarflangan  suv  hisobiga  eng  ko„p 
mahsulot  etishtirish  va  suv  zahiralaridan  samarali  foydalanishni  ta‟minlovchi 
ekinlarning  sug„orish  tartibi  va  suv  qo„yish  tehnikasini  o„rganish  va  ishlab 
chiqishni taqozo etadi. Shu bilan birga sug„orishning erlar meliorativ holatiga ta‟sir 
etishini  hisobga  olgan  holda  zahob  sathini  ko„tarib,  tuproq  sho„rlanishiga  olib 
keluvchi ortiqcha suv berishga yo„l qo„ymaslik zarur. Maromida sug„orish g„o„za 
tupining  mo„„tadil  bo„lishi,  pastki  shohlarida  ko„proq  bo„liq  ko„saklar  va  kamroq 
o„suvchi organlar shakllanishiga olib kelishi zarur. Bunday g„o„za tuplari hosil erta 
pishishini ta‟minlaydi, mashina terimiga mos bo„ladi. 
 
Tajriba  qo„yish  uchun  dala  tanlashda  tuproq  mehanik  tarkibi,  relfi  va 
meliorativ  holati  asosiy  tuproq  hillari  va  shu  mintaqa  gidromodul  rayoniga  mos 
kelishi  zarur.  Tajriba  uchun  tanlangan  dalani  to„g„ri  baholash  uchun  1:10000 
masshtabli tuproq haritasidan foydalanish kerak. 


81 
 
 
Agar  tuproq  haritasi  bo„lmasa,  u  holda  2-3  chuqur  kavlanib,  genetik 
qatlamlar bo„yicha morfologik tavsiflanishi zarur. Shu bilan bir vaqtda azot, fosfor, 
kaliy  va  gumusning  yalpi  miqdori  tuproq  haydov  qatlamidan  100-150  sm. 
chuqurlikkacha kamida 5 takrorlanishda tahlil qilinishi zarur. 
 
Tuproqdagi  namlik  zahiralarini  1-3  metrgacha  yoki  zahob  sathigacha  (ular 
yuza joylashganda), hajm og„irligi va namligini bahorda (ekishgacha), shuningdek, 
kuzgi  sho„r  yuvish  va  zahira  suvidan  keyin  aniqlash  kerak.  Bular  umumiy  fon 
bo„yicha  aniqlanadi.  Bundan  tashqari  amal  davri  ohirida  barcha  variantlarda 
namlik  va  uning  zahirasi  yuqorida  qayd  etilgan  chuqurliklarda  aniqlanadi.  Bu, 
tuproq  nam  zahirasi  sarfini  hisoblash  va  turli  sug„orish  tartiblari  uchun  namlik 
muvozanatini belgilash imkonini beradi. 
 
Sug„orish  uchun  eng  qulay  qiyalik  0,003  dan  0,008  gacha.  Ammo  tajriba 
maqsadiga qarab, shu hududga hos boshqa nishabliklar ham olinishi mumkin. 
 
Ekishgacha  erlar  juda  yahshilab  tekislanishi,  zarur  bo„lsa,  tepalikchalar  va 
botiqliklar qo„lda tekislanishi talab etiladi.  
 
Variantlar  o‘lchami.  Zahob  chuqur  joylashgan  erlarda  ko„pchilik  tajribalar 
uchun  variant  kengligi  traktorning  ikki  o„tishiga,  ya‟ni  to„rt  qatorli  mashinalar 
tizimida 8 qatorga va 6 qatorlida 12 egatga teng bo„lishi kerak. 
 
Kuzatishlardan  ma‟lumki,  sug„orish  tartibi  turlicha  ikki  variantning  bir-
biriga  o„zaro  ta‟siri  bir  variantda  4  himoya  egati  (bir  tomondan  ikkita,  ikkinchi 
tomondan  ikkita)  qoldirilgan  bo„lmaydi.  Bu  holda  hosil  4  qatordan  4  qatorli 
mashinalar  tizimida  va  8  qatordan  6  qatorli  tizimda  terib  olinadi.  Agar  sug„orish 
tartibi  bilan  birga  boshqa  omillar  (tup  qalinligi,  o„g„itlar,  istiqbolli  yangi  navlar) 
ham o„rganilayotgan bo„lsa, u holda sug„orish tartibi bir hil variantlar birlashtirilsa, 
sug„orish  va  ishlov  berishda  qulay  bo„ladi,  chunki  sug„orishlar  variantlar  hajmi 
ortib ketadi (16.1-chizma). Huddi shu kabi qatorlar soni sho„rlangan zahob 1,5-2,0 
m va chuqurroq bo„lgan erlarda ham bo„lishi kerak. 
 
Variantlar kattaligini bundan oshirganda erlarning unumdorligi va meliorativ 
holati  bo„yicha  noteksligi  ortadi.  Tajribalar  natijasiga  ko„ra,  faqat  zahob 
chegarasigacha  tuproqni  namlovchi  oz  me‟yori  sug„orishlardagina  zahob  sathi 
ko„tarilishi sezilarli bo„lmaydi. 
 
Zahob  sathi  1,0-1,5  m  va  undan  ham  yuza  joylashganda  sug„orish  nafaqat 
suv  berilgan  variantda,  balki  qo„shni  variantlarda  ham  zahob  sathini  sezilarli 
ko„taradi.  Ammo  bu  ko„tarilish  bevosita  sug„orishdagina  emas,  balki  ariqlardan 
filtratsiya  bo„lgan  suv  hisobiga  yuz  beradi.  Buning  oldini  olish  uchun  tajriba 
dalalarini  sug„orish  uchun  suvlar  lotoklar  yoki  asbotsement  quvurlar  orqali 
keltirilishi yoki sug„oriladigan variantlarga suv eliluvchan quvurlar orqali berilishi 
yahshi  natija  beradi.  Shu  bilan  birga  zahob  1,0-1,5  m  va  undan  ham  yuza 
joylashganda  variantlar  kengligi  ikki  marta  oshirilsa,  sug„orish  paytida  qo„shni 
qatorlarda zahob sathi qo„tarilishi kamaytiriladi. 
 
Ishlab  chiqarish  tajribalarida  va  shuningdek,  yomg„irlatib  sug„orishda 
variantlar  maydoni  0,25-1,0  gektargacha  oshirilishi  mumkin.  Ushbu  holda  ham 
sug„oriladigan variantlar kengligi seyalkalarning juft sonli o„tishiga teng bo„lgani 
maqul.  Bu  sug„orish  bilan  qator  oralariga  ishlov  berish  birga  olib  borilishini  va 
variantni sug„orish uchun bir suvchi band bo„lishini ta‟minlaydi. Yer nishabligi va 


82 
 
tuproq suv o„tkazuvchanligiga qarab, egat uzunligi 120 metrdan oshirilmaydi. Eng 
qisqa  egat  uzunligi  kuchli  suv  o„tkazuvchan  tuproqlarda,  eng  uzunlari  kam  suv 
o„tkazuvchan tuproqlardan va keng qatorli egatlarda 200 m gacha bo„lishi kerak. 
 
Ushbu 
o„lchamli 
variantlarda 
g„o„za 
etishtirishni 
majmuiy 
mehanizatsiyalashtirish, shu jumladan, pahtani mashinada terish imkoni yaratiladi. 
Variantlar  o„lchami  bu  ko„rsatkichlardan  oshirilmagani  durust,  aks  holda,  tuproq 
unumdorligi  hima-hilligi  hisobiga  tajriba  natijalari  ishonchligi  kamayib  ketadi. 
Undan  tashqari  variantlar  kattalashtirilgan  ekinlarga  ishlov  berish,  hususan, 
egatlarni  tayyorlash,  suv  qo„yish  vaqti  cho„ziladi,  natijada  variantlar  bir  tekisda 
namlanishiga  erishib  bo„lmaydi.  Ilmiy-tadqiqot  ishlarining  ko„p  yillik  amaliyoti 
ko„rsatishicha,  sug„orish  bo„yicha  tajriba  paykalning  maqbul  kattaligi  2,0-3,0  ga 
dan oshmagani ma‟qul. 
 
Ishlab  chiqarish  tajribasi  maydoni  barcha  variant  takrorlanishlari  bilan  5-6 
ga  dan  oshmasligi  kerak.  Ishlab  chiqarish  sharoitida  tajriba  o„tkazganda  suv 
ta‟minoti yahshi bo„lishiga alohida ahamiyat berish zarur. 
 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
0
 

1
5
0
 

2
5
0
 
I-Takrorlanish 
II-Takrorlanish 
III-Takrorlanish 
IV-Takrorlanish 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish