Chiqarish markazi


 EROZIYALANGAN TUPROQLARDA DALA TAJRIBALARINI



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

 
7. EROZIYALANGAN TUPROQLARDA DALA TAJRIBALARINI 
O‘TKAZISH HUSUSTYATLARI. (Shamol eroziyasi) 
 
Yer  yuzining  ko„p  davlatlarida,  shuningdek,  O„rta  Osiyo  respublikalarida 
shamol eroziyasi keng tarqalgan. Shu munosabat bilan eroziyaga qarshi choralarni 
belgilash  maqsadida  tajribalar  qo„yish  uslubi  va  tadqiqotlar  dasturlarini  ishlab 
chiqish  zarurati  yuzaga  keladi.  So„zsiz,  sug„oriladigan  mintaqada  bu  masalani 
muvoffaqiyatli echish tadqiqotlarni to„g„ri qo„yish va sifatli bajarishga bog„liq. 
 
Tadqiqotlar va tajriba qo„yish dasturiga quyidagilar kiritilishi zarur: 
 
Ushbu masala bo‘yicha adabiy manbalarni to‘plash va tahlil etish. Shamol 
eroziyasi  etkazgan  zarar  va  unga  qarshi  kurash  tajribasi  to„g„risida  ma‟lumotlarni 
to„pab,  bunday  eroziya  sabablari  va  zarari  (misol  tariqasida  to„ldirilgan  anketa 
namunasi quyida keltirilmoqda) belgilanadi. Natijada alohida ho„jaliklar, tumanlar 
va viloyatlar bo„yicha eroziya manbalari aniqlanadi. 


33 
 
Shamol eroziyasini tekshirish bo„yicha 
A N K E T A 
 
1.Filiallar,  Davlat  sug„urta  hizmati,  viloyat  qishloq  va  suv  ho„jaligi 
boshqarmasi,  Respublika  qishloq  va  suv  ho„jaltigi  vazirligi,  O„zbekiston 
Respublikasi  er  rusurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastiri 
qo„mitasining yer resurslari haqidagi ma‟lumotlari jalb etiladi. 
Shamol  eroziyasining  yuzaga  kelishi  sharoitlarini  Farg„ona  viloyati  Dang„ara 
tumanidagi A.Navoiy nomli ho„jalik misolida o„rganamiz. 
 
2.Eng yaqin meteostansiya – «Qo„qon» 
 
3.Ekinlar  umumiy  maydoni  4290  ga,  shundan  g„o„za-3300,  makkajo„hori-
500, beda-430, sabzavotlar, poliz ekinlari-60 ga. 
Shamoldan 1436 ga yerdagi ekinlar, shu jumladan, 35 ga yerdagi makkajo„hori, va 
6 ga yerdagi lavlagi, 1395 ga yerdagi g„o„za nobud bo„ladi. 
 
4.Jami  zararlar-517,6  ming  so„m  (1960  yilgi  ko„rsatkichlar),  Davlat 
sug„urtasi hisobiga 517,6 ming so„m qopalanadi. 
 
5.«Qo„qon»  meteostansiyasining  ekinlari  nobud  qilgan  shamollar  haqidagi 
ma‟lumotlari: shamol 4.04. da 16-20 m/s tezlik bilan janubiy-g„arb tomondan esdi, 
davomiyligi 12 soat; 6-9.04da 16 m/s tezlik bilan, 50 soat. davomida; 17.04 da 16-
18  m/s  tezlik  bilan  6  soat.  davomida;  22.04  da  14-18  m/s  tezlik  bilan  14  soat 
davomida esdi. Havoda ayoz kuzatildi; 18.04 da eng past harorat, 1,2 
0
S; 19.04 da 
esa harorat-2,3
0
S sovuq, shamol 23,04 da 16-20 m/s tezlik bilan esdi, ayrim paytda 
28  m/s  ga  etdi.  SHu  muddatda  havo  haroratining  eng  pastki  12
0
S,  eng  yuqorisi 
27
0
S (27.5) bo„ldi. 
 
6.Ho„jalik  3  bo„limdan  iborat.  Shamol  eroziyasidan  2  va  3-bo„limlarining 
shimoliy  qismi  eng  ko„p  zararlandi.  Shamoldan  zarar  ko„rgan  ko„pgina  paykallar 
eroziyaga qarshi tadbirlar qo„llanilmagan, yangi o„zlashtirilgan erlardir. 
 
7.Zararlanishlar  quyidagicha  namoyon  bo„ldi:  chigit  va  boshqa  urug„lar 
hamda nihollarni tuproq bilan uchirib ketish, ko„ringan nihollarning eol yotqiziqlar 
bilan ko„milish, o„simlik barglirini qum bilan uzib, teshib ketish. 
 
8.Deflyasiya jarayonlarining yuzaga kelish va kelmaslik sabablarini aniqlash 
(ihota  o„rmonlarini  ko„rsatish,  ular  konstruksiya,  darahtlar  turi,  ho„jalikda 
qo„llaniladigan agrotehnik va boshqa tadbirlar). 
 
9.Shamol eroziyasidan zarar ko„rgan va buzib ekilgan paykallarda g„o„za va 
boshqa ziroatlar bo„yicha fenologik kuzatuvlar o„tkaziladi. Solishtirish maqsadida 
buzib  ekilmagan  (eroziyadan  zararlanmagan)  daladan  huddi  qayta  ekilgan  dala 
sharoitidagi  kabi  paykal  tanlab  olinadi  va  bir  hil  kuzatuvlar  yuritiladi.  Bu  ikki 
nuqta qoziqlar bilan belgilanib, ziroatlar hosili hisoblanadi. 
 
10.Belgilangan  nuqtalarda  tuproq  kesmalari  kovlanib,  genetik  qatlamlardan 
tuproq namunalari kimyoviy tahlil va fizikaviy hossalarni aniqlash uchun olinadi. 
 
11.Shamol  ta‟sirida  hosil  bo„lgan  chuqurchalar  chuqurligi  va  «uyulmalar» 
(keltirmalar)  balandligi  o„lchanadi.  «Uyulmalar»dan  tuproqning  mehanik, 
minerologik va kimyoviy tarkiblari tahlili uchun namunalar olinadi. 
 
12.Zarari kuchli shamollarga nisbatan egatlar yo„nalishi aniqlanadi. 
 
13.Turoq hossalari aniqlanadi. Barcha qishloq ho„jalik mutahasislari so„rovi 
o„tkaziladi  va  hamma  tajriba  stansilari,  sug„urta  tashkilotlari,  qishloq  va  suv 


34 
 
ho„jaligi boshqarmasi, qishloq va suv ho„jaligi vazirligi ma‟lumotlari jamlanadi va 
ushbular aniqlanadi: 
 
a)  shamol  tezligining  tuproq  (qum)ni  uchirish  va  ko„chirish  jarayonlari 
yuzaga  kelishi  va  rivojlanishiga  ta‟siri,  tavsifi,  deflyasiya  (shamol  eroziyasi) 
jarayonini  yuzaga  keltiruvchi    kuchli  shamollar  bosh  yo„nalishi,  eroziyaning 
boshlanish  vaqti,  kuchli  shamollar  bosh  yo„nalishi,  eroziyaning  boshlanish  vaqti, 
kuchli  chang-to„zon  bo„roni  bo„lgan  kunlarning  oylik  va  yillik  soni,  respublika 
yoki  viloyatlarning  ayrim  hududlarida  chang-to„zon  bo„ronlarini  yuzaga 
keltiruvchi  shamollarning  taqsimlanish  qonunlari  (bu  yerda  asosan  muayyan 
hududni tavsiflovchi meteostansiya ma‟lumotlari umumlashtiradi); 
 
b)  dala  qiyaligining  turli  elementlarida  va  turli  nishablik  ko„rsatgichlarida 
eroziyaning rivojlanishi; 
 
v)  tuproqning  mehanik  va  mikroagregat  tarkibi,  tuproq  yuza  qatlamining 
tahlanishi, gumus va turli tuzlar tarkibi, sho„rlanish sifati, namligi, o„simliklarning 
tuproqdagi  turli  qoldiqlari,  tuproq  yuza  qoplamasining  shamol  eroziyasidan 
asralishiga ta‟siri; 
 
g)  zararlanish  miqdori  va  ko„rinish  (tuproqni,  o„simlikni  kesib,  uchirib 
ketish, ko„chirish, uchirib kelishi, yahlit, qisman, majmuiy uchirib ketish. 
 
Olingan barcha dalillar  haritaga tushiriladi. Laborotoriya tadqiqotlari uchun 
aerodinamik  qurilma,  daladagi  kuzatuvlarga  tabiiy  shamoldan  tashqari  dala 
aerodinamik qurilmasi («PAU-2 yoki PAU-3») zarur. Ushbu izlanishlar natijasida 
shamol  eroziyasining  yuzaga  kelish  qonuniyatlari  va  eroziyaga  qarshi  modeldagi 
tadbirlar ishlab chiqiladi. 
 
Deflyasiya ko„rinishlarini hisobga olish uchun Rossiya don ho„jaligi instituti 
yoki  V.B.Gussak  va  K.M.  Mirzajonov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  chang-qum 
tutgichlardan foydalanish mumkin. 
 
Deflyasiya ko„rsatkichlarini (mahsulotini) qurilma ustuni 0; 15; 30; 50; 75; 
100; 150; va 200sm. balandlikda o„rnatiladi, «0» dan tashqari hamma ko„rsatilgan 
balandliklarda ko„l anemometri bilan shamol tezligi o„lchanadi. 
 
Changtutgichlar  o„rnatilgandan  keyin  «chang»  to„planguncha  shu  oraliq 
vaqtda  jadal  shamol  eroziyasi  vaqti  aniqlanadi.  Deflyasiya  mahsuloti  tehnik 
tarozida  tortilib,  undagi  gumus,  azot,  fosfor,  kaliy,  mikroelementlar  va  suvda 
eruvchan zararli tuzlar tarkibini aniqlash uchun topshiriladi. 
 
Shamol  eroziyasiga  uchragan  tuproqlar  unundorligida  sodir  bo„ladigan 
o„zgarishlarni  aniqlash  uchun  turli  agrofonlar  genetik  qatlamlaridan  tuproq 
namunalari  olish  va  ularni  tahlil  qilish  uslubi  ko„llaniladi,  namunalar  doimiy 
belgilab  qo„yilgan  maydonchalardan  olinadi.  Haydov  va  haydov  osti  qatlamidagi 
tuproqlardan  mehanik  va  mikroagregat  tarkibi,  shuningdek,  gumus,  azot,  fosfor, 
kaliy, ularning yalpi va harakatchan shakllari aniqlanadi (bu tahlillar har bir kuchli 
shamoldan keyin va amal davri ohirida bajariladi); qayd etilgan ko„rsatkichlar 2-3 
yil,  ba‟zan  3-6  yildan  keyin  tuproqning  daslabki  holati  va  shamol  eroziyasidan 
zarar ko„rmagan tuproq bilan qiyoslanadi. Tajriba dalasida har bir shamoldan keyin 
emirilish  manbalari  aniqlanadi,  deflyasiya  o„choqlari  hisoblab  chiqiladi,  ularning 
chuqurligi  va  kengligi  o„lchanadi.  Agar  imkoni  bo„lsa,  shamoldan  so„ng  tajriba 
dalasi haritasi tuziladi, unga deflyasiya «yara»lari, ziroatlarning darajasi tushiriladi 


35 
 
(zararlanmagan,  kuchsiz,  o„rtacha,  kuchli  zararlangan  va  nobud  bo„lgan).  Harita 
1:100 yoki 1:1000 masshtabda tuziladi. 
 
Eroziyalanganlik  darajalari  quyidagicha  aniqlanadi:  1)  eroziyalanmagan-
emirilish  chuqurligi  «0»;  2)  kuchsiz  eroziyalangan-emirilish  chuqurligi-0,5-5  sm; 
3)  o„rtacha  eroziyalangan-emirish  chuqurligi-5-10sm;  4)kuchli  eroziyalangan 
emirilish  chuqurligi-11-15  sm;  5)  juda  kuchli  eroziyalangan-emirilish  chuqurligi-
15 sm. dan ortiqroq. Yotqiziqlar akkumulyasiyasi bo„yicha H.Bennet tasnifi kabul 
qilinadi  (eol  yotqiziqlar  olib  kelinishi  darajasi  va  yotqiziq  qalinligi  ):  yuza-0-15; 
o„rtacha  bir  tekis  –15-30  sm;  o„rtacha  tepasimon  –5-30sm,  chuqur  –30-90  sm, 
tepalik (kichik) – 90-180 sm, tepalik (katta) –180 sm. va undan ko„proq.  
 
G„o„zaning  zararlanishi  bo„yicha  ushbu  ko„rsatkichlar  qabul  qilingan  (4-5 
chingbarlik  pallasi):  a)  zararlanmagan  o„simlik;  b)  urug„barg  davrida  1  ta 
urug„bargni  yo„qotish  –  nobud  bo„lgan o„simlik;  v) kuchsiz  zararlangan  o„simlik, 
1-1,5  bargi  qurigan,;  g)  o„rtacha  zararlangan  –  1,5-3  ta  bargi  qurigan;  d)  kuchli 
zararlangan – 3-5 bargi qurigan, ammo g„o„za nobud bo„lmagan; e) nobud bo„lgan 
g„o„za – kuchli parvarish qilinganda ham yashay olmaydi.  
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish