33
Shamol eroziyasini tekshirish bo„yicha
A N K E T A
1.Filiallar, Davlat sug„urta hizmati, viloyat qishloq va suv ho„jaligi
boshqarmasi, Respublika qishloq va suv ho„jaltigi vazirligi, O„zbekiston
Respublikasi er rusurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastiri
qo„mitasining yer resurslari haqidagi ma‟lumotlari jalb etiladi.
Shamol eroziyasining yuzaga kelishi sharoitlarini Farg„ona viloyati Dang„ara
tumanidagi A.Navoiy nomli ho„jalik misolida o„rganamiz.
2.Eng yaqin meteostansiya – «Qo„qon»
3.Ekinlar umumiy maydoni 4290 ga, shundan g„o„za-3300, makkajo„hori-
500, beda-430, sabzavotlar, poliz ekinlari-60 ga.
Shamoldan 1436 ga yerdagi ekinlar, shu jumladan, 35 ga yerdagi makkajo„hori, va
6 ga
yerdagi lavlagi, 1395 ga yerdagi g„o„za nobud bo„ladi.
4.Jami zararlar-517,6 ming so„m (1960 yilgi ko„rsatkichlar), Davlat
sug„urtasi hisobiga 517,6 ming so„m qopalanadi.
5.«Qo„qon» meteostansiyasining ekinlari nobud qilgan shamollar haqidagi
ma‟lumotlari: shamol 4.04. da 16-20 m/s tezlik bilan janubiy-g„arb tomondan esdi,
davomiyligi 12 soat; 6-9.04da 16 m/s tezlik bilan, 50 soat. davomida; 17.04 da 16-
18 m/s tezlik bilan 6 soat. davomida; 22.04 da 14-18 m/s tezlik bilan 14 soat
davomida esdi. Havoda ayoz kuzatildi; 18.04 da eng past harorat, 1,2
0
S; 19.04 da
esa harorat-2,3
0
S sovuq, shamol 23,04 da 16-20 m/s tezlik bilan esdi, ayrim paytda
28 m/s ga etdi. SHu muddatda havo haroratining eng pastki 12
0
S, eng yuqorisi
27
0
S (27.5) bo„ldi.
6.Ho„jalik 3 bo„limdan iborat. Shamol eroziyasidan 2 va 3-bo„limlarining
shimoliy qismi eng ko„p zararlandi. Shamoldan zarar ko„rgan ko„pgina paykallar
eroziyaga qarshi tadbirlar qo„llanilmagan, yangi o„zlashtirilgan erlardir.
7.Zararlanishlar quyidagicha namoyon bo„ldi: chigit va boshqa urug„lar
hamda nihollarni tuproq bilan uchirib ketish, ko„ringan nihollarning eol yotqiziqlar
bilan ko„milish, o„simlik barglirini qum bilan uzib, teshib ketish.
8.Deflyasiya jarayonlarining yuzaga kelish va kelmaslik sabablarini aniqlash
(ihota o„rmonlarini ko„rsatish, ular konstruksiya, darahtlar turi, ho„jalikda
qo„llaniladigan agrotehnik va boshqa tadbirlar).
9.Shamol eroziyasidan zarar ko„rgan va buzib ekilgan paykallarda g„o„za va
boshqa ziroatlar bo„yicha fenologik kuzatuvlar o„tkaziladi. Solishtirish maqsadida
buzib ekilmagan (eroziyadan zararlanmagan) daladan huddi qayta ekilgan dala
sharoitidagi kabi paykal tanlab olinadi va bir hil kuzatuvlar yuritiladi. Bu ikki
nuqta
qoziqlar bilan belgilanib, ziroatlar hosili hisoblanadi.
10.Belgilangan nuqtalarda tuproq kesmalari kovlanib, genetik qatlamlardan
tuproq namunalari kimyoviy tahlil va fizikaviy hossalarni aniqlash uchun olinadi.
11.Shamol ta‟sirida hosil bo„lgan chuqurchalar chuqurligi va «uyulmalar»
(keltirmalar) balandligi o„lchanadi. «Uyulmalar»dan tuproqning mehanik,
minerologik va kimyoviy tarkiblari tahlili uchun namunalar olinadi.
12.Zarari kuchli shamollarga nisbatan egatlar yo„nalishi aniqlanadi.
13.Turoq hossalari aniqlanadi. Barcha qishloq ho„jalik mutahasislari so„rovi
o„tkaziladi va hamma tajriba stansilari, sug„urta tashkilotlari, qishloq va suv
34
ho„jaligi boshqarmasi, qishloq va suv ho„jaligi vazirligi ma‟lumotlari jamlanadi va
ushbular aniqlanadi:
a) shamol tezligining tuproq (qum)ni uchirish va ko„chirish jarayonlari
yuzaga kelishi va rivojlanishiga ta‟siri, tavsifi, deflyasiya (shamol eroziyasi)
jarayonini yuzaga keltiruvchi kuchli shamollar bosh yo„nalishi, eroziyaning
boshlanish vaqti, kuchli shamollar bosh yo„nalishi, eroziyaning boshlanish vaqti,
kuchli chang-to„zon bo„roni bo„lgan kunlarning oylik va yillik soni, respublika
yoki viloyatlarning ayrim hududlarida chang-to„zon bo„ronlarini yuzaga
keltiruvchi shamollarning taqsimlanish qonunlari (bu yerda asosan muayyan
hududni tavsiflovchi meteostansiya ma‟lumotlari umumlashtiradi);
b) dala qiyaligining turli elementlarida va turli nishablik ko„rsatgichlarida
eroziyaning rivojlanishi;
v) tuproqning mehanik va mikroagregat tarkibi, tuproq yuza qatlamining
tahlanishi, gumus va turli tuzlar tarkibi, sho„rlanish sifati, namligi, o„simliklarning
tuproqdagi turli qoldiqlari, tuproq yuza qoplamasining shamol eroziyasidan
asralishiga ta‟siri;
g) zararlanish miqdori va ko„rinish (tuproqni, o„simlikni kesib, uchirib
ketish, ko„chirish, uchirib kelishi, yahlit, qisman, majmuiy uchirib ketish.
Olingan barcha dalillar haritaga tushiriladi. Laborotoriya tadqiqotlari uchun
aerodinamik qurilma, daladagi kuzatuvlarga tabiiy shamoldan tashqari dala
aerodinamik qurilmasi («PAU-2 yoki PAU-3») zarur. Ushbu izlanishlar natijasida
shamol eroziyasining yuzaga kelish qonuniyatlari va eroziyaga qarshi modeldagi
tadbirlar ishlab chiqiladi.
Deflyasiya ko„rinishlarini hisobga olish uchun Rossiya don ho„jaligi instituti
yoki V.B.Gussak va K.M. Mirzajonov tomonidan ishlab chiqilgan chang-qum
tutgichlardan foydalanish mumkin.
Deflyasiya ko„rsatkichlarini (mahsulotini) qurilma ustuni 0; 15; 30; 50; 75;
100; 150; va 200sm. balandlikda o„rnatiladi, «0» dan tashqari hamma ko„rsatilgan
balandliklarda ko„l anemometri bilan shamol tezligi o„lchanadi.
Changtutgichlar o„rnatilgandan keyin «chang» to„planguncha shu oraliq
vaqtda jadal shamol eroziyasi vaqti aniqlanadi. Deflyasiya mahsuloti tehnik
tarozida tortilib, undagi gumus, azot, fosfor, kaliy, mikroelementlar va suvda
eruvchan zararli tuzlar tarkibini aniqlash uchun topshiriladi.
Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlar unundorligida sodir bo„ladigan
o„zgarishlarni aniqlash uchun turli agrofonlar genetik qatlamlaridan tuproq
namunalari olish va ularni tahlil qilish uslubi ko„llaniladi, namunalar doimiy
belgilab qo„yilgan maydonchalardan olinadi. Haydov va haydov osti qatlamidagi
tuproqlardan mehanik va mikroagregat tarkibi, shuningdek, gumus, azot, fosfor,
kaliy, ularning yalpi va harakatchan shakllari aniqlanadi (bu tahlillar har bir kuchli
shamoldan keyin va amal davri ohirida bajariladi); qayd etilgan ko„rsatkichlar 2-3
yil, ba‟zan 3-6 yildan keyin tuproqning daslabki holati va shamol eroziyasidan
zarar ko„rmagan tuproq bilan qiyoslanadi. Tajriba dalasida har bir
shamoldan keyin
emirilish manbalari aniqlanadi, deflyasiya o„choqlari hisoblab chiqiladi, ularning
chuqurligi va kengligi o„lchanadi. Agar imkoni bo„lsa, shamoldan so„ng tajriba
dalasi haritasi tuziladi, unga deflyasiya «yara»lari, ziroatlarning darajasi tushiriladi
35
(zararlanmagan, kuchsiz, o„rtacha, kuchli zararlangan va nobud bo„lgan). Harita
1:100 yoki 1:1000 masshtabda tuziladi.
Eroziyalanganlik darajalari quyidagicha aniqlanadi: 1) eroziyalanmagan-
emirilish chuqurligi «0»; 2) kuchsiz eroziyalangan-emirilish chuqurligi-0,5-5 sm;
3) o„rtacha eroziyalangan-emirish chuqurligi-5-10sm; 4)kuchli eroziyalangan
emirilish chuqurligi-11-15 sm; 5) juda kuchli eroziyalangan-emirilish chuqurligi-
15 sm. dan ortiqroq. Yotqiziqlar akkumulyasiyasi bo„yicha H.Bennet tasnifi kabul
qilinadi (eol yotqiziqlar olib kelinishi darajasi va yotqiziq qalinligi ): yuza-0-15;
o„rtacha bir tekis –15-30 sm; o„rtacha tepasimon –5-30sm, chuqur –30-90 sm,
tepalik (kichik) – 90-180 sm, tepalik (katta) –180 sm. va undan ko„proq.
G„o„zaning zararlanishi bo„yicha ushbu ko„rsatkichlar qabul qilingan (4-5
chingbarlik pallasi): a) zararlanmagan o„simlik; b) urug„barg davrida 1 ta
urug„bargni yo„qotish – nobud bo„lgan o„simlik; v) kuchsiz zararlangan o„simlik,
1-1,5 bargi qurigan,; g) o„rtacha zararlangan – 1,5-3 ta bargi qurigan; d) kuchli
zararlangan – 3-5 bargi qurigan, ammo g„o„za nobud bo„lmagan; e) nobud bo„lgan
g„o„za – kuchli parvarish qilinganda ham yashay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: