Chiqarish markazi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

Tuproq  mikrofloriyasini  kuzatish.  Kuzgi  shudgorning  turlicha chuqurligi va 
o„tkazish  tehnologiyasi,  amal  davridagi  kultivatsiyalar  soni  va  chuqurligi  tuproq 
mikroflorasi  soni  va  sifat  tarkibiga,  turli  qatlamlarda  taqsimlanishga  jiddiy  ta‟sir 


27 
 
ko„rsatadi.  Tuproqning  ayrim  qatlamlari  bo„yicha  mikroflora  tavsifi  tajriba 
variantlarida  kechayotgan  jarayonlar  yo„nalishini  tasavvur  etish,  tuproq 
unumdorligidan  imkoni  boricha  ko„proq  foydalanish  uchun  qulayroq  sharoitlarni 
belgilashga imkon beradi. 
 
Tuproq  mikroflorasini  kuzatish  aprel-may,  iyun,  iyul,  oktyabr-noyabr 
oylarida o„tkaziladi.
 
 
Sug‘orishda  suvni  o‘lchash.  Tuproqqa  ishlov  berish  bo„yicha  tajribalarda 
amal davri sug„orishlarda berilgan suv miqdori, albatta, o„lchanish kerak. Buning 
uchun  mahsus  suv  o„lchagich-suv  o„tkazgichlar  va  boshqa  moslamalardan 
foydalaniladi (sug„orish bo„limiga qarang). 
 
Tajriba  qo„yishning  asosi  bo„lgan  yagona  farq  tamoyili  bo„yicha  tuproqqa 
ishlov  berish  usullari,  tehnologiyasi  yoki  ishlov  chuqurligi  o„rganilganda  amal 
davri sug„orishlarining barchasida bir hil me‟yorida suv berish zarur. 
 
Masalan,  shudgor  yoki  yumshatishning  turlicha  chuqurligi,  erta  bahorgi  va 
ekish  oldindan  ishlovlar  chuqurligi,  g„o„zaning  amal  davridagi  kultivatsiyalar 
chuqurligi  va  b.q.  o„rganilganda  har  bir  sug„orishda  mavsum  bo„yicha  barcha 
variantlarga bir me‟yorda suv beriladi. 
 
Oddiy  va  plyonka  ostida  ekish  tuproqda  maqbul  harorat  kuzatilganda 
boshlanib,  barcha  variantlar  uchun  ekish  muddati  va  usuli,  ekish  me‟yori,  ekish 
chuqurligi va sh.k lar bo„yicha teng sharoit yaratiladi. Bunda, shuningdek, plyonka 
turlari, ular olinadigan muddatlar ham aniqlanadi. 
 
G„o„za  parvarishda  hosil-yig„im  terimida  mehanizatsiya  keng  qo„llanilishi 
munosabati  bilan  chigit  ekishda,  egatlarning  to„g„ri  va  enlamalari  oralig„i  oddiy 
egatlar kengligi bilan bir hil bo„lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarga 
amal  qilingandagina  qo„llanilayotgan  mashinalarning  yuqori  samaradorligiga  va 
qo„l mehnati sarfini kamaytirishga erishish mumkin. 
 
Buning  uchun  seyalkalar  sinchiklab  tayyorlangan,  marker  esa  zarur 
kenglikka  juda  aniq o„rnatilgan bo„lishi  zarur.  Ekishda qatnashayotgan traktorchi 
yuqori malakali bo„lishi darkor. 
 
Kultivatsiya,  egat  va  boshqalarning  chuqurligini  o‘lchash.  G„o„za  qator 
oralarini uzunasiga yoki ko„ndalangiga o„lchash amallarini o„tkazishda, uning har 
hil  chuqurligini, egat  chuqurligi  yoki o„g„it solinadigan  chuqurlik samaradorligini 
o„rganishda tuproqni yumshatish chuqurligi, egat chuqurligi va kengligi, o„g„it va 
boshqa  oziq  moddalar  solishning  haqiqiy  chuqurligi  haqida  ma‟lumotlar  zarur 
bo„ladi. Bunday ma‟lumotlarni chuqurlik o„lchagich asbobidan foydalanish orqali 
olish mumkin. (4.2-chizma). 
 
1)
  Bu  haqda  «Методы  агрохимических,  агрофизических  и  микробиологических  исследований  в 
поливных хлопковых районах» nomli qo„llanmadan (Tashkent, 1963) atroflicha ma‟lumot olish mumkin. 
 
2)
 «Методы агрохимических анализов почвы растений в Средней Азии» T, 1977 


28 
 
 
4.2 - chizma. 90 sm. li egat oralig‘ida traktor kultivatori o‘tguncha o‘rnatilgan chuqurlik 
o‘lchagich. 
 
Chuqurlik o„lchagich uzunligi 90 sm, kesmasi 3h5 sm li tahtachadan iborat. 
Tahtachaning har 15 sm. da 3 tadan teshik ochilgan. Ularga uzunligi 50 sm. li, to„rt 
burchakli, kesmasi kichik bo„lakchalar har 1 sm. da har 5 sm. da katta bo„lakchalar 
tushirilgan.  Bu  bo„lakchalar  kultivatsiyaning  haqiqiy  kengligi,  egat  kengligini 
o„chash imkonini beradi. 
 
Chuqur  o„lchagich  (reyka)lar  bo„lakchalari  1  sm.  dan,  yuqoriga  qarab, 1sm 
dan  50  sm  gacha.  Bo„lakchalar  kultivatsiya  chuqurligini  birdaniga  uch  joydan 
o„lchash imkonini yaratadi. Tik chuqur o„lchagichlar chuqurchalarga 90 sm.li egat 
oralig„ida  ko„ndalang  planka  chetida  15  sm,  60  sm.  egat  oralig„ida  plankacha 
chekkasida  30  sm.  li  bo„lakchada  va  o„ng  tomonda  planka  chetidan  15  sm.  da 
o„rnatiladi. 
 
Kultivatsiyalashda  o„g„it  solish  yoki  egat  chuqurligini  o„lchash  uchun 
chuqur  o„lchagich  egat  orasiga  kultivator  ishchi  organlari  o„tguncha  o„rnatilib, 
tegishli  ma‟lumotlar  yozib  olinadi  va  ishchi  organlar  o„tgandan  so„ng  yana 
o„rnatilib, o„lchanadi. 
 
Asbob har bir egat oralig„ida to„g„ri chiziq bo„ylab chapdan o„ng tomonga 
qarab o„rnatiladi. Reykalar tuproqqa tegishi bilan o„lchov boshlanadi. O„lchash 0,5 
sm.  aniqlik  bilan  o„tkaziladi.  Reyka  bo„yicha  hisob  chapdan  o„ngga  tomon  olib 
boriladi.  Ko„rsatkichlar  yozib  olingach,  ushbu  joy  qoziq  qoqib  belgilanadi  va 
asbob keyingi egatga ko„chiriladi. Bunday o„lchashlar variantning 5 joyida amalga 
oshiriladi. 
 
Kultivator ishchi organlari o„tgandan keyin, birinchi marta asbob o„rnatilgan 
joydagi yumshatilgan tuproq ehtiyotlik bilan olib tashlanib, yana asbob o„rnatiladi, 
reykalar  tushiriladi,  o„lchov  bajarilib,  ma‟lumotlar  yozib  olinadi  va  o„rtachasi 
hisoblanadi. 
 
Misol:  asbob  60  sm.  li  egat  oralig„iga  o„rnatilgan.  Kultivator  o„tguncha 
chuqurlik 1-reykada 4 sm, 2-reykada 5 sm va 3-reykada 3 sm. 
 
Kultivator o„tgandan keyin bu ko„rsatkich 1-reykada 9 sm, 2-reykada 15 sm, 
3-reykada  10sm.  birinchi  o„lchov  ko„rsatkichlarini  ikkinchisidan  ayirib, 
kultivatsiyaning amaldagi chuqurligi chiqariladi. 


29 
 
 
Kultivatsiya  chuqurligini  o„lchash  4.1-jadvalda  keltirilgan  shaklda  yozib 
boriladi. 
 
O„g„it solish chuqurligi yoki egat chuqurligini aniqlash ham yuqorida qayd 
etilgan tartibda bajariladi. 
 
Begona  o‘tlarni  sanash.  Kuzgi  shudgor  chuqurligi  yoki  tehnologiyasi,  bu 
tadbir  bajariladigan  qurollar,  erta  bahorgi  va  ekish  oldidan  tuproqni  tayyorlash 
usullari,  qurollari  va  soni,  kultivatsiya  chuqurligini  o„rganish,  kultivatsiya  ishchi 
organlari  samaradorligi, ular sonini  aniqlash ishlari begona o„tlarni hisobga  olish 
bilan  birga  olib  borilishi  kerak.  Begona  o„tlarni  tuproqqa  ishlov  berish  bo„yicha 
o„tkaziladigan  tajribalarda  hisobga  olish  ular  sonini  kamaytiruvchi  yoki 
ko„paytiruvchi choralar ishlab chiqish imkonini beradi. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish