121
Buning uchun tajriba dalasining yuqori qismidn 2-5m tashlab ikki chekka va
o„rtasiga nishon belgisi qo„yiladi-da, to„g„ri chiziq hosil qilinadi,
keyin qanop
tortiladi.
Hosil bo„lgan chiziq bo„ylab o„simliklarning tepa tomondagilarini biroz
yotqizib yo„lakcha hosil qilinadi. Huddi shunday yo„lakcha tajriba dalasining
pastki qismida ham ochiladi. Agar variantlar 2 va undan ko„p yarusda joylashgan
bo„lsa, ish ularning har birida bajariladi.
Keyin har bir variantdagi hisobli va himoya egatlari ajratilib, hisobli
egatlarning birinchi qatoridagi birnchi qatoridagi birinchi o„simlikka va ohirgi
qatordagi ohirgi o„simlikka yorliq (etiketka) osiladi.huddi
shunday yorliqlar
variantning pastki qismidagi o„simliklarga ham osiladi Pahta hosili maydonchalar
bo„yicha terilishi uslubiy jihatdan noto„g„ri, butun variant bo„yicha terib olinishi
kerak. (22.1. va 22.2chizmalar).
Hosilni qo‘lda terish.
Umumiy terimdan avval hisobli o„simliklardan pahta
terilib, bitta ko„sakdagi vazni aniqlanadi. Bunda terilgan pahta haltachaga
o„simlikdagi yorliq bilan qo„shib solinadi yoki yorliqdagi ma‟lumotlar haltacha
ustiga yoziladi. Unda tajribaning nomi, variantning tartib raqami,
takrorlanish
ko„saklar soni, terim sanasi, pahta vazni, tajriba ijrochisi yoki laborant familiyasi
ko„rsatilishi lozim. Har bir variantda 50, 100 ta ko„sakdagi pahta terilib, vazni
aniqlanishi kerak.
Hisobli o„simliklarda pahta terib olingach, variant bo„yicha terimga
kirishiladi. Har variantga bitta yoki ikkita terimchi qo„yilib, ularga himoya
qatorlari qaysi ekanligi ko„rsatiladi. Terimchilarning familiyalari va varianti hisob
jurnaliga yozib qo„yiladi.
Terilgan pahta yahshi sozlangan tarozida tortib
olinadi va vazni oldindan
tayyorlangan daftarga (9-shakl) yozib boriladi. Bu daftar betlari sahifalanib, tajriba
rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Terimchilarni terimga boshqacha usulda ham qo„yish mumkin. Buning
uchun terimchilardan har biriga familiyasi, variant raqami takrorlanishi yozilgan
qog„oz beriladi terimchi bu qog„zni tarozibonga topshiradi.
22.1-chizm. Pahta terimiga tayyorlangan tajriba dalasining ko‘rinishi: a, v, v, g-
himoya egatlari; 1,2, 3, 4-hisobli egatlar.
122
22.2-chizma. Pahta terimiga tayyorlangan tajriba dalasining ko‘rinishi: a, v, g, -
himoya egatlari; 1,2, 3, 4-hisobli egatlar.
Terilgan pahta hosili qayd etiladigan daftar
Terim
sanasi
Variant
tartib
raqami
Qaytariqlar
raqami
Variant
hisobli
maydoni,
m
2
Terimchining
familiyasi,
ismi
Qopning
og„irligi
(tara), g
Qopdagi
pahta
vazni, kg
(burutto)
Pahtaning
vazni,
qopsiz, kg
(netto)
I
1
1
1000
E.Obidov
600
25,0
25,0
2
1
1000
F.Basov
600
30,0
29,4
3
1
1000
O.Musaeva
600
28,1
27,5
4
1
1000
T. Tolipova
600
25,0
24,5
Eslatma. Nusha tahminan to„ldirilgan.
Pahta hosili hisoblanadigan dala daftariga terim sanasi,
variant raqami
takrorlanish raqami, terimchining familiyasi va ismi, variantning hisobli maydoni,
qopdagi pahta vazni (kg, burutto), qop og„irligi (g), pahta vazni (kg, netto), qopsiz
qayd etiladi. Tajriba ijrochisi terimchilarning familiyasi va ismlarini ularni
qatorlarga qo„ygan tartibda yozib oladi. Terimchi tergan pahtasi bilan yorliq
(etiketka)ni topshiradi. Tajriba ijrochisi pahtani tortib, daftar hosil miqdorini yozib
qo„yadi.
Himoya egatlaridan terilgan pahta vazni hisoblash daftariga yozib qo„yiladi.
Bunda terim sanasi, terimchining familiyasi va pahta og„irligi ko„rsatiladi.
Mavsumda pahta 2-3 marta teriladi. Bu tadbirni o„tkazish uchun quyidagi
muddatlarga mo„ljallanadi: sentyabrning ikkinchiyarim, oktyabrning o„rtasi va
oktyabning ohiri noyabrning boshiga.
Agar terim paytida yog„ingarchilik tufayli yig„ishtirib olingan pahta namligi
baland bo„lsa, ulardan 2 kg olinib, namligi aniqlanadi va zarur hisob-kitob qilinadi.
Pahta namligi qopchalarda domiy vazngacha quritilib yoki bevosita dalada mahsus
asbob yordamida aniqlanadi.
123
Ochilgan pahtalar to„liq terib olingach, ochilmagan ko„saklar terib olinadi.
Terilgan ko„saklardan namuna uchun 2
kg olinib, ularning har biridan qancha
pahta chiqishi aniqlanadi.
Namunalar har bir variantdan va qaytarilishlardan alohida-alohida olinadi.
Ko„sakdagi pahta ajratilib, quritilgach, qanchaligi aniqlanadi va zarur hisob-
kitoblar qilinadi. Hisobli o„simliklardagi ko„saklarning har biridagi pahta ham shu
tartibda teriladi va vazni aniqlanadi. Ular har bir variantdan terilgan hosilga
qo„shiladi.
Hisobli va himoya maydonlaridan
terilgan pahta hosili jamlanib, tajriba
dalasi bo„yicha o„rtacha ko„rsatkich hisoblab chiqiladi, dalalar tarihi daftariga
yozib qo„yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: