Chiqarish markazi


 G‘O‘ZANI SUG‘ORISH BO‘YICHA TAJRIBALAR QO‘YISH VA



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

16. G‘O‘ZANI SUG‘ORISH BO‘YICHA TAJRIBALAR QO‘YISH VA 
O‘TKAZISH HUSUSIYATLARI 
Markaziy Osiyoning pahta etishtiruvchi hududlaridagi mavjud suv manbalari 
zahiralari cheklanganligi har bir kubometr sarflangan suv hisobiga eng ko„p 
mahsulot etishtirish va suv zahiralaridan samarali foydalanishni ta‟minlovchi 
ekinlarning sug„orish tartibi va suv qo„yish tehnikasini o„rganish va ishlab 
chiqishni taqozo etadi. Shu bilan birga sug„orishning erlar meliorativ holatiga ta‟sir 
etishini hisobga olgan holda zahob sathini ko„tarib, tuproq sho„rlanishiga olib 
keluvchi ortiqcha suv berishga yo„l qo„ymaslik zarur. Maromida sug„orish g„o„za 
tupining mo„„tadil bo„lishi, pastki shohlarida ko„proq bo„liq ko„saklar va kamroq 
o„suvchi organlar shakllanishiga olib kelishi zarur. Bunday g„o„za tuplari hosil erta 
pishishini ta‟minlaydi, mashina terimiga mos bo„ladi. 
Tajriba qo„yish uchun dala tanlashda tuproq mehanik tarkibi, relfi va 
meliorativ holati asosiy tuproq hillari va shu mintaqa gidromodul rayoniga mos 
kelishi zarur. Tajriba uchun tanlangan dalani to„g„ri baholash uchun 1:10000 
masshtabli tuproq haritasidan foydalanish kerak. 


81 
Agar tuproq haritasi bo„lmasa, u holda 2-3 chuqur kavlanib, genetik 
qatlamlar bo„yicha morfologik tavsiflanishi zarur. Shu bilan bir vaqtda azot, fosfor, 
kaliy va gumusning yalpi miqdori tuproq haydov qatlamidan 100-150 sm. 
chuqurlikkacha kamida 5 takrorlanishda tahlil qilinishi zarur. 
Tuproqdagi namlik zahiralarini 1-3 metrgacha yoki zahob sathigacha (ular 
yuza joylashganda), hajm og„irligi va namligini bahorda (ekishgacha), shuningdek, 
kuzgi sho„r yuvish va zahira suvidan keyin aniqlash kerak. Bular umumiy fon 
bo„yicha aniqlanadi. Bundan tashqari amal davri ohirida barcha variantlarda 
namlik va uning zahirasi yuqorida qayd etilgan chuqurliklarda aniqlanadi. Bu, 
tuproq nam zahirasi sarfini hisoblash va turli sug„orish tartiblari uchun namlik 
muvozanatini belgilash imkonini beradi. 
Sug„orish uchun eng qulay qiyalik 0,003 dan 0,008 gacha. Ammo tajriba 
maqsadiga qarab, shu hududga hos boshqa nishabliklar ham olinishi mumkin. 
Ekishgacha erlar juda yahshilab tekislanishi, zarur bo„lsa, tepalikchalar va 
botiqliklar qo„lda tekislanishi talab etiladi.
Variantlar o‘lchami.
Zahob chuqur joylashgan erlarda ko„pchilik tajribalar 
uchun variant kengligi traktorning ikki o„tishiga, ya‟ni to„rt qatorli mashinalar 
tizimida 8 qatorga va 6 qatorlida 12 egatga teng bo„lishi kerak. 
Kuzatishlardan ma‟lumki, sug„orish tartibi turlicha ikki variantning bir-
biriga o„zaro ta‟siri bir variantda 4 himoya egati (bir tomondan ikkita, ikkinchi 
tomondan ikkita) qoldirilgan bo„lmaydi. Bu holda hosil 4 qatordan 4 qatorli 
mashinalar tizimida va 8 qatordan 6 qatorli tizimda terib olinadi. Agar sug„orish 
tartibi bilan birga boshqa omillar (tup qalinligi, o„g„itlar, istiqbolli yangi navlar) 
ham o„rganilayotgan bo„lsa, u holda sug„orish tartibi bir hil variantlar birlashtirilsa, 
sug„orish va ishlov berishda qulay bo„ladi, chunki sug„orishlar variantlar hajmi 
ortib ketadi (16.1-chizma). Huddi shu kabi qatorlar soni sho„rlangan zahob 1,5-2,0 
m va chuqurroq bo„lgan erlarda ham bo„lishi kerak. 
Variantlar kattaligini bundan oshirganda erlarning unumdorligi va meliorativ 
holati bo„yicha noteksligi ortadi. Tajribalar natijasiga ko„ra, faqat zahob 
chegarasigacha tuproqni namlovchi oz me‟yori sug„orishlardagina zahob sathi 
ko„tarilishi sezilarli bo„lmaydi. 
Zahob sathi 1,0-1,5 m va undan ham yuza joylashganda sug„orish nafaqat 
suv berilgan variantda, balki qo„shni variantlarda ham zahob sathini sezilarli 
ko„taradi. Ammo bu ko„tarilish bevosita sug„orishdagina emas, balki ariqlardan 
filtratsiya bo„lgan suv hisobiga yuz beradi. Buning oldini olish uchun tajriba 
dalalarini sug„orish uchun suvlar lotoklar yoki asbotsement quvurlar orqali 
keltirilishi yoki sug„oriladigan variantlarga suv eliluvchan quvurlar orqali berilishi 
yahshi natija beradi. Shu bilan birga zahob 1,0-1,5 m va undan ham yuza 
joylashganda variantlar kengligi ikki marta oshirilsa, sug„orish paytida qo„shni 
qatorlarda zahob sathi qo„tarilishi kamaytiriladi. 
Ishlab chiqarish tajribalarida va shuningdek, yomg„irlatib sug„orishda 
variantlar maydoni 0,25-1,0 gektargacha oshirilishi mumkin. Ushbu holda ham 
sug„oriladigan variantlar kengligi seyalkalarning juft sonli o„tishiga teng bo„lgani 
maqul. Bu sug„orish bilan qator oralariga ishlov berish birga olib borilishini va 
variantni sug„orish uchun bir suvchi band bo„lishini ta‟minlaydi. Yer nishabligi va 


82 
tuproq suv o„tkazuvchanligiga qarab, egat uzunligi 120 metrdan oshirilmaydi. Eng 
qisqa egat uzunligi kuchli suv o„tkazuvchan tuproqlarda, eng uzunlari kam suv 
o„tkazuvchan tuproqlardan va keng qatorli egatlarda 200 m gacha bo„lishi kerak. 
Ushbu 
o„lchamli 
variantlarda 
g„o„za 
etishtirishni 
majmuiy 
mehanizatsiyalashtirish, shu jumladan, pahtani mashinada terish imkoni yaratiladi. 
Variantlar o„lchami bu ko„rsatkichlardan oshirilmagani durust, aks holda, tuproq 
unumdorligi hima-hilligi hisobiga tajriba natijalari ishonchligi kamayib ketadi. 
Undan tashqari variantlar kattalashtirilgan ekinlarga ishlov berish, hususan, 
egatlarni tayyorlash, suv qo„yish vaqti cho„ziladi, natijada variantlar bir tekisda 
namlanishiga erishib bo„lmaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining ko„p yillik amaliyoti 
ko„rsatishicha, sug„orish bo„yicha tajriba paykalning maqbul kattaligi 2,0-3,0 ga 
dan oshmagani ma‟qul. 
Ishlab chiqarish tajribasi maydoni barcha variant takrorlanishlari bilan 5-6 
ga dan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida tajriba o„tkazganda suv 
ta‟minoti yahshi bo„lishiga alohida ahamiyat berish zarur. 
 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
0

1
5
0

2
5
0
I-Takrorlanish 
II-Takrorlanish 
III-Takrorlanish 
IV-Takrorlanish 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish