Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

16.1.-chizma.
Turli sug„orish tartibida o„g„itlar me‟yorlari o„rganilayotganda
variantlarning joylashtirilishi. 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
65-65-
60% 
70-70-
65% 
75-75-
60% 
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
T
o
sh
k
en
t-
1
An
d
ijo
n
-2
T
o
sh
k
en
t-
6
I-Takrorlanish 
II-Takrorlanish 
III-Takrorlanish 
IV-Takrorlanish 
162.2.-chizma. 
G„o„zaning yangi itiqbolli navlari turli sug„orish tartiblarida o„rganilganda 
variantlarning joylashtirilishi. 
Takrorlanish va variantlarning joylashishi. 
Sug„orish bo„yicha tajribalarda 
variantlar takrorlanishi 4 karralidir. Ishlab chiqarish tajribalari takrorlanishi 2 
karrali bo„lib, tajribalar 2-3 paykalda o„tkaziladi. 
Qator oraliriga ishlov berishni menizatsiyalash va hosilni yig„ishni 
qulaylashtirish uchun variantlar bir yarusda joylashtirilishi zarur. Ayniqsa, ishlab 
chiqarish tajribalarida variantlarning bir necha yarusda joylashishi mashinalar 
qaytarilishida o„simliklarni bosib, yanchib o„tishiga, natijada hosil kamayishiga 
olib keladi. 
Sug‘orish bilan o‘tkaziladigan tajribalarda bir yo‘la bajariladigan 
agrotehnik tadbirlarni hisobga olish. 
Sug„orish bilan o„tkaziladigan tajribalarda 


83 
sug„orish suvlari soni, ularning muddatlari, amal suvi mavsumiy sug„orish 
me‟yorlari bo„yicha farqlanuvchi variantlar bo„lishi mumkin. Bu holda g„o„zani 
parvarishlashda bajariladigan agrotehnik tadbirlarning amalga oshirilishiga alohida 
e‟tibor berish va ularni sug„orish bilan birga olib borilishi zarur. 
Har bir variantda o„simliklarning maqbul o„sishi, rivojlanishi va hosil 
to„plashi uchun sharoit yaratishi kerak. 
Sug‘orishni qator oralariga ishlov bilan birga o‘tkazish. 
Tuproqni g„ovak 
holda va begona o„tlardan toza tutish unda namlik saqlanishi va suvdan tejamli 
foydalanilishini ta‟minlaydi. Bunga qator oralariga ishlov berish va chopiq qilish 
bilan erishiladi. 
Qator oralariga birinchi ishlov berish nihollar ko„ringach, sug„orish 
boshlanguncha barcha variantlar o„tkaziladi. 
Ikkinchi va undan keyin ishlovlar tuproq obi-tobiga kelganda har variantda 
alohida bajariladi. Qancha suv berilsa, kultivatsiyalar ham shuncha o„tkaziladi. 
Chopiqlar soni va muddatlari barcha variantlar uchun bir hil bo„ladi. 
Sug‘orishni o‘g‘itlash bilan qo‘shib o‘tkazish. 
Pahta hosili va uning 
shakllanishi sur‟atlariga o„g„itlar va ularni solish muddatlari sezilarli ta‟sir etadi. 
SHuning uchun sug„orish bo„yicha tajribalarda o„g„itlar barcha variantlarda bir 
muddatda solinishi kerak. 
O„g„itlar sug„orish tartibi bilan majmui o„rganilgandan tajribalarda o„g„itli 
variantlar sug„oriladigan variantlar ustiga tushishi, ya‟ni sug„oriladigan variant o„z 
ichiga bir necha o„g„itlar bo„yicha variantlarni olishi kerak. Bu sug„orish va undan 
keyingi ishlovlarni osonlashtirish uchun qilinadi.
O„g„itlarning umumiy me‟yori mo„ljallangan hosiliga qarab hisoblanadi. 
Oziqa moddalar nisbati mavjud yo„riqnomalar asosida belgilanadi. 
G‘o‘zani sug‘orish muddatlari. 
Sug„orish tartibi va suv qo„yish tehnikasini 
ishlab chiqish uchun sug„orish soni va muddatlari har variant uchun o„simliklar 
talabi asosida belgilanishi kerak. 
Ko„p yillik tadqiqotlar natijasida o„simliklar suvga bo„lgan talabini 
belgilaydigan tuproq namligi, bargning so„rish kuchi, o„simlik shirasining 
konsentratsiyasi, o„simliklar rivojlanishining tashqi belgilari va b.q. ko„rsatkichlar 
ishlab chiqilgan.
Bu ko„rsatkichlardan tuproq-iqlim zahob sho„rlanganligi va joylashish 
chuqurligi turlicha sharoitlarda g„o„zaning maqbul sug„orish tartiblarini, 
navlarning sug„orish tartibini, shuningdek, sug„orish tartiblarini o„g„itlash bilan 
birgalikda, tup qalinligi va boshqa omillarni o„rganishda foydalaniladi. Ular 
g„o„zaning yuqori hosil berish bo„yicha potensional imkoniyatlarini, shuningdek, 
amal davridagi turli pallalarda o„simliklarning suv tanqisligiga munosabati 
namoyon etilishiga va suv tanqisligida hosil yo„qotilishining oldini olish choralari 
ishlab chiqilishga imkon beradi. 
G‘o‘zani tuproq namligi bo‘yicha sug‘orish. 
G„o„zaning sug„orish 
muddatini tuproq namligi bo„yicha belgilash eng ishonchli uslublaridan 
hisoblanadi. 


84 
Pahtadan yuqori hosil olish uchun tuproqda o„simlik o„zlashtira oladigan 
doimiy namlik bo„lishi kerak va unda maqbul namlik darajasi ta‟minlanishi zarur. 
Ammo tuproqdagi namlik hamma vaqt ham o„simliklar o„zlashtira oladigan 
holatda bo„lmaydi. Masalan, bir hil namlikda (12%) qumuq tuproqdagi o„simlikda 
namlik tanqisligi seziladi, qumloq tuproqda esa, shu namlik o„simlik uchun maqbul 
ko„rsatkichga yaqin bo„ladi. 
Shuning uchun tuproq namligi o„simlik o„lashtira olishini ko„rsatuvchi 
nisbiy qiymatlarida ifodalanadi. Bunday birlik cheklangan dala nam sig„imi 
(CHDNS)ga nisbatan foizlarda hisoblangan namlikdir. CHDNS tuproq tuzilishi va 
mehanik tarkibiga ko„ra, keskin o„zgaradi. Qumli tuproqlarda bu tuproq vazniga 
nisbatan 10-11%, og„ir soz tuproqlarda esa, 20-27% ga teng bo„ladi. Ushbu 
ko„rsatkich o„simlik o„zlashtira oladigan namlikning pastki chegarasi deb atalib, 
undan kam namlikda o„simlikda suv tanqisligi alomatlari, ya‟ni o„sishdan to„htash, 
hosil tugunchalarining to„kilishi, eng issiq paytda barglar turgorining yo„qolishi va 
h.k. namoyon bo„ladi. Maqbul tuproq namligining pastki chegarasi hisoblangan bu 
ko„rsatkich o„simlikda suvga ehtiyoji paydo bo„lganini bildiradi, sug„orish muddati 
kelganidan dalolat beradi. Bu birlik CHDNSga nisbatan foizda ifodalanadi, turli 
tuproqlarda har hil qiymatga ega. Masalan, g„o„za gullashigacha va gullash-hosil 
tugish pallasida u 65 dan 75% gacha o„zgaradi. Faqat ko„sak ochilgan paytdagina 
namlik 55-60 gacha kamaytirilishi mumkin. 
Tuproq maqbul namligining pastki chegarasini turli tuproq-iqlim 
sharoitlarida rivojlanish davrlariga qarab, har hil namlikni talab qiladi. Shuning 
uchun har bir navga mos maqbul namlik tizimini ishlab chiqish maqsadida turli 
variantlar sinab ko„riladi: CHDNSga nisbatan 65-65-60 (65%), 65-70-60 (65%), 
70-70-60 (65%) va 75-75-60 (65%). Bu uch hadli tizimning birinchisi-shonlash 
davrigacha namlikni, ikkinchisi-gullash-hosil tugish davridagi va uchinchisi-pahta 
ochilishi davridagi namlikni ifodalaydi. Erta pishar g„o„za navlari sug„orish oldi 
namlikning yuqori bo„lishini talab etadi. Shuning uchun ular tizimiga CHDNSga 
nisbatan 80-80-60 (65) tizimi kiritiladi. 
O„rta sho„rlangan va zahob yuza joylashgan erlarda sug„orish oldi namligi 
tizimini quyidagicha bo„lishi kerak: 70-70-65%, 70-80-65%. 
Zahob yuza bo„lganda namlik bo„yicha sug„orish mumkin emas, chunki u 
CHDNS dan yuqoridir. G„o„za rivojlanishning ba‟zi davrlari uchun ham sug„orish 
oldi namligini o„zgartirish mumkin (masalan, 70-75-60%, 75-70-60% va b.q.) 
belgilangan namlikdan farq CHDNSga nisbatan 1-2% dan oshmasligi kerak. 
Sug„orish me‟yori dala nam sig„imidagi namlik zahirasi bilan sug„orish 
oldidan aniqlangan namlik orasidagi ayirma +10% (bug„lanishga sarf bo„lgan suv) 
dan iborat bo„ladi. 
Tuproq namligi bo„yicha sug„orish muddati aniqlanishida o„simlikning ildizi 
tarqalgan qatlam hisobga olinadi. Zahob chuqur joylashgan erlarda birinchi suv 
(shonalashgacha) muddati 0-50 sm. chuqurlikdagi tuproq namligi bo„yicha 
aniqlanadi. Ikkinchi suvdan boshlab gullash davrida 0-100 sm. dagi namlik 
bo„yicha beriladi va ohirgisi pahta ochilishida 0-70 sm. qatlamdagi namlik 
bo„yicha aniqlanadi. 


85 
O„tloq tuproqlarda (zahob 1,5-2 m.) gullashgacha sug„orish muddati 0-50 
sm. qatlamda, gullash boshlanishi bilan 0-70 sm. dagi tuproq namligi bo„yicha 
belgilanadi. 
O„tloqi va o„tloq-botqoq-tuproqlarda (zahob 1 m atrofida) amal davri 
davomida 0-50 sm. tuproq qatlami namligi hisobga olinadi. 
Tuproq namligi bo‘yicha sug‘orishda suv me’yori ham bir vaqtda 
aniqlanadi. 
Hisobli qatlamda namlik tanqisligi bo„yicha sug„orish me‟yorlarini 
hisoblash uchun dala nam sig„imi va ayni paytdagi tuproq namligi bo„yicha suv 
zahirasini bilish zarur. Bunga sug„orishda bug„lanishga sarflanadigan 10% ni 
qo„shganda bir marta sug„orish me‟yori chiqadi. Masalan, nam tanqisligi 1000 
m
3
/ga bo„lsa, suv me‟yori 1100 m
3
/ga ni tashkil etadi. 
So„ngi amal suvlarida (avgustda va ko„sak ochilganda) suv me‟yori 600-700 
m
3
/ga dan oshmay belgilanadi. Hisobli qatlamda me‟yor bundan ko„proq bo„lsa 
ham, ayniqsa, g„o„za g„ovlab ketgan bo„lsa, ko„sak ochilishini tezlatish uchun 
shunday me‟yor qo„llaniladi. 
Shuni ta‟kidlash zarurki, agar namlik tanqisligi juda kam suv me‟yorini 
(500-600 m
3
/ga) taqozo etsa, uni biroz oshirishga to„g„ri (600-700m
3
/ga) keladi, 
chunki shunday qilinsa, oz me‟yorni egatlab, bir tekis namlash mumkin bo„ladi. 
Shunday qilib, tuproq namligi bo„yicha sug„oriladigan tajribalarda 
tuproqning cheklangan dala nam sig„imi va hajm og„irligining 0-200 sm.gacha 
aniqlash zarur bo„lib, bu nam zahiralari, suv muvozanatini hisoblash imkonini 
beradi. 
Tuproq namligini jadal aniqlash usuli. 
Tuproq namligi bo„yicha g„o„zani 
sug„orish muddatini aniqlash usuli o„simlikning suvga bo„lgan talabini aniq 
belgilovchi ko„rsatkichdir. U suvni tejagan holda yuqori hosil olish imkonini 
beradi. Ammo bu usul sermashaqqat bo„lib, unga asosan sug„orish muddatini 
aniqlash uchun bir necha marta tuproq namunalarini olib, uzok vaqt (6-8 soat) 
termostatda quritib, namlikni aniqlash mumkin. Shu bilan birga mahsus asbob-
uskunalar (tuproq burgusi, termostat, stakanchalar, tarozi va h.k) va ko„p vaqt 
zarur. 
Shu munosabat bilan V.E.Kabaev tomonidan tuproq namligini jadal aniqlash 
usuli ishlab chiqilgan. Bu usul mahsus asbobga ilova qilingan yo„riqnomada 
ta‟riflangan. 
Usul muallifi tuproq namligini aniqlash uchun namunani 30sm. 
chuqurlikdan olishni tavsiya etadi. Bu chuqurlikdagi namlik 0-70sm. qatlamdagi 
o„rtacha namlikka mos keladi. O„zPITI dagi izlanishlarning ko„rsatishicha, boshqa 
hisobli qatlamlar uchun namuna olish chuqurligini tabaqalashtirish kerak. 
Shonlash davrigacha amal suvi muddatini aniqlash uchun tuproq namunasi 
20sm. chuqurlikdan, shonalashda 30sm. dan, keyingi suvlarida (gullash-hosil 
tugish davrida) 40 va 50 sm. chuqurlikdan olinadi. 
Ushbu usul yordamida etarlicha aniqlik bilan sug„orish muddatini belgilash 
mumkin. Nazorat uchun har 10sm. dan burguda 100sm. gacha namunalar olinib, 
termostat usuli bilan sug„orish oldidan tuproq namligi aniqlanadi. 
G‘o‘zaning tashqi belgilari sug‘orish muddatini aniqlash. 
Sodda va 
hammabop, V.E.Eremenko va M.I.Portnih tomonidan ishlab chiqilgan bu usulda 


86 
sug„orish zarurligi gullashgacha-barglarning kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi) 
bilan, gullash-hosil tugish davrida esa gullash bo„g„inining almashishi bo„yicha 
aniqlanadi. 
Barglarning kuchsiz so‘lishi (turgorning kamayishi)ni aniqlash. 
Buning 
uchun variantda dioganal bo„yicha 25-30 o„simlikli bo„lakchalar ajratilib, qoziqlar 
bilan belgilab qo„yiladi. Bo„lakchalar soni barcha takrorlanishlar bo„yicha 
o„simliklar soni 200-300 tupdan kam bo„lmasligini ta‟minlash kerak. 
Sug„orish zarurligini bosh poya o„sishi nuqtasidan uchinchi bargning 
kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi) ko„rsatadi. Turgorni yo„qotgan barglar 
hajmi ham biroz qisqaradi. Bu barglar barmoq bilan paypaslaganda yumshoqligi va 
o„zagi sinmay, barmoqda oson o„ralishi bilan ajralib turadi. 
Turgor pasayishini kuzatish kunning eng issiq payti, soat 2-3 (14-15) 
oralig„ida o„tkaziladi. O„simliklardan 20% so„lishning dastlabki belgilari paydo 
bo„lgani sug„orish o„tkazish zarurligini ko„rsatadi. 
Bu ko„rsatkich bo„yicha sug„orish muddatini yanada aniqroq belgilash uchun 
o„simliklar bargining turgor holati ertalab (soat 7-8 da) kuzatiladi. Ertalabki va 
kunduzgi kuzatuvlar natijalarini qiyoslash sug„orish zarurligini aniqlab beradi. 
Gullash bo‘g‘inining o‘zgaruvchan balandligi bo‘yicha sug‘orish muddatini 
belgilash. 
Bu usul poya o„sishning, yangi meva shohlari paydo bo„lishi va 
gullashning qisqa navbati o„tishi sur‟atlari qonuniyatlarini hisoblashga asoslangan. 
Aniqlanishicha, g„o„za meva tuga boshlaganidan uzoqlashgani sari bosh 
poya o„sishi va yangi hosil shohlari paydo bo„lishi sur‟atlari gullashning qisqa 
navbatlari o„tishiga nisbatan jadal susayadi. Gullash boshlanishdan qancha ko„p 
uzoqlashsa, yuqorigi gul o„sish nuqtasiga shuncha yaqinlashadi. 
Gullash bo„g„ini balandligi deb bosh poya o„sish nuqtasidan yuqorida-
birinchi hosil shohining birinchi o„rnida gul paydo bo„lgan shoh ataladi. Masalan, 
gullash bo„g„ini balandligi 9,0 bo„lsa, demak, bosh poya o„sish nuqtasi pastida 9- 
hosil shohining birinchi o„rnida gul bor, ya‟ni bu 9 bo„g„in oralig„i demakdir. 
Gullash pallasida sug„orishdan avval tajriba paykalining har takrorlanishida 
dioganal bo„yicha har birida 50-100 o„simlik bo„lgan ikki bo„lakcha ajratilib, 
qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi. 
Gullash davrida birinchi suv 15-30% gullagan o„simlik bo„lganda beriladi. 
Bunda gullayotgan o„simliklarning o„rtacha bo„g„ini balandligi aniqlanib, dala 
daftariga yozib qo„yiladi, bu dastlabki hisob bo„ladi. 
Undan keyingi sug„orishni shunday o„tkazish kerakki, bunda o„simliklar rivoji 
bosh poya o„sishida hosil shohlari paydo bo„lishi va g„o„za gullash qisqa navbatida 
aniq marom bo„lishiga erishish mumkin bo„lsin. 
Tajribalar asosida O„zPITIda quyidagi gullash bo„g„ini balandligining 
pasayishi ko„rsatkichlari aniqlangan: 
a) gullash boshidan iyulning uchinchi 10 kunligigacha har suvda 0,5-0,7 
bo„g„inga; 
b) iyulning uchinchi 10 kunligidan avgustning uchinchi 10 kunligigacha har 
suvda 0,8-1,0 bo„g„inga; 
v) keyingi davrda-avgustning ikkinchi 10 kunligidan ko„sak ochilguncha-
1,1-1,3 bo„g„inga ega bo„ladi. 


87 
Barglarning so‘rish kuchi bo‘yicha sug‘orish moddatlarini belgilash. 
O„simliklar bargining so„rish kuchi ularning sug„orish tartibi ko„rsatkichi 
hisoblanadi. Undan sugorish muddatlarini belgilashda foydalanish mumkin. 
O„simliklar suv bilan maromida ta‟minlanganda so„rish kuchi kam bo„ladi, 
aksincha, tuproqda namlik etishmaganda u ko„tariladi. Tuproq namligidan tashqari 
so„rish kuchiga barglarning o„simlikdagi joyi (bir o„simlikdagi pastki va yuqorgi 
yarusdagi barglar turlicha so„rish kuchiga ega), transpiratsiyani tezlatuvchi yoki 
susaytiruvchi tashqi sharoit (bulut, shamol, havo namligi va h.k.) ta‟sir qiladi. 
So„rish kuchi atmosferada ifodalanadi. O„simlikning sug„orishga bo„lgan 
talabi so„rish kuchining gullashgacha 11-12 atmosferagacha, gullash-hosil tugishda 
13-14 atm. gacha, pishishda 15-16 atm. gacha ko„tarilishi bilan belgilanadi. 
Sho„rlangan yerlarda so„rish kuchi qiymati tahminan 2 atm. ga yuqori bo„lishi 
kerak. Barglar so„rish kuchini aniqlash uchun uni qandning ma‟lum so„rish 
kuchiga ega bo„lgan suvdagi eritmasi bilan solishtiriladi. Bu, oqim usuli, deb 
nomlanib, uni aniqlash uchun yashik-shtativ, probirkalar, shisha naychalar, po„kak 
teshuvchi 5-6 mm diametri burgu va yahshi tozalangan shakar zarur. Dastlabki 
eritma 34,23 g rafinad qandi yoki shakar suvda (distillangan yoki oddiy qaynatilib 
loyqadan suzib tozalangan suv) eritilib 100sm
3
gacha hajmga etkaziladi. So„rish 
kuchi 22,4 atmosferaga teng bo„lgan dastlabki eritmadan suv bilan suyultirilib, 
ishchi eritma tayyorlanadi. (16.1-jadval). 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish