Chiqarish markazi


PAHTA VA BUG‘DOY HOSILINI YIG‘IB-TERIB OLISH VA



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

 
22.PAHTA VA BUG‘DOY HOSILINI YIG‘IB-TERIB OLISH VA 
HISOBLASH USULLARI 
Pahta hosilini yig„ib terib olish va hisoblash usullari 
Hosilni yig„ish va hisoblash har qanday dala va dala-laborotoriya 
tajribasining yakunlovchi pog„onasidir. Nihoyatda mas‟ulyatli hisoblangan bu 
davrda tajriba ijrochisining e‟tibori dalani hosil yig„im-terimiga o„z vaqtida va 
puhta tayyorlashga qaratilishi lozim. 
Terim qo„lda, mashinada, shuningdek, ham qo„lda ham mashinada 
o„tkaziladi. Unutmaslik kerakki, bu tadbir har yili bir hil usulda amalga oshirilgani 
ma‟qul. 
Yig„im-terimga aloqador barcha tayyorgarlik ishlari mavsum boshlanishidan 
bir necha kun avval tugatilishi, hisobli o„simliklar pahtasi bir-ikki kun oldin terib 
olinishi zarur. 
Tajriba dalasini pahta terimiga tayyorlash 
variantlar o„lchamini tekshirish 
va yo„qolgan qoziqlarni tiklashdan boshlanadi. So„ngra hisobli va himoya 
egatlarini ajratishga kirishiladi. 


121 
Buning uchun tajriba dalasining yuqori qismidn 2-5m tashlab ikki chekka va 
o„rtasiga nishon belgisi qo„yiladi-da, to„g„ri chiziq hosil qilinadi, keyin qanop 
tortiladi. 
Hosil bo„lgan chiziq bo„ylab o„simliklarning tepa tomondagilarini biroz 
yotqizib yo„lakcha hosil qilinadi. Huddi shunday yo„lakcha tajriba dalasining 
pastki qismida ham ochiladi. Agar variantlar 2 va undan ko„p yarusda joylashgan 
bo„lsa, ish ularning har birida bajariladi. 
Keyin har bir variantdagi hisobli va himoya egatlari ajratilib, hisobli 
egatlarning birinchi qatoridagi birnchi qatoridagi birinchi o„simlikka va ohirgi 
qatordagi ohirgi o„simlikka yorliq (etiketka) osiladi.huddi shunday yorliqlar 
variantning pastki qismidagi o„simliklarga ham osiladi Pahta hosili maydonchalar 
bo„yicha terilishi uslubiy jihatdan noto„g„ri, butun variant bo„yicha terib olinishi 
kerak. (22.1. va 22.2chizmalar). 
Hosilni qo‘lda terish. 
Umumiy terimdan avval hisobli o„simliklardan pahta 
terilib, bitta ko„sakdagi vazni aniqlanadi. Bunda terilgan pahta haltachaga 
o„simlikdagi yorliq bilan qo„shib solinadi yoki yorliqdagi ma‟lumotlar haltacha 
ustiga yoziladi. Unda tajribaning nomi, variantning tartib raqami, takrorlanish 
ko„saklar soni, terim sanasi, pahta vazni, tajriba ijrochisi yoki laborant familiyasi 
ko„rsatilishi lozim. Har bir variantda 50, 100 ta ko„sakdagi pahta terilib, vazni 
aniqlanishi kerak. 
Hisobli o„simliklarda pahta terib olingach, variant bo„yicha terimga 
kirishiladi. Har variantga bitta yoki ikkita terimchi qo„yilib, ularga himoya 
qatorlari qaysi ekanligi ko„rsatiladi. Terimchilarning familiyalari va varianti hisob 
jurnaliga yozib qo„yiladi. 
Terilgan pahta yahshi sozlangan tarozida tortib olinadi va vazni oldindan 
tayyorlangan daftarga (9-shakl) yozib boriladi. Bu daftar betlari sahifalanib, tajriba 
rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Terimchilarni terimga boshqacha usulda ham qo„yish mumkin. Buning 
uchun terimchilardan har biriga familiyasi, variant raqami takrorlanishi yozilgan 
qog„oz beriladi terimchi bu qog„zni tarozibonga topshiradi. 
22.1-chizm. Pahta terimiga tayyorlangan tajriba dalasining ko‘rinishi: a, v, v, g-
himoya egatlari; 1,2, 3, 4-hisobli egatlar. 


122 
22.2-chizma. Pahta terimiga tayyorlangan tajriba dalasining ko‘rinishi: a, v, g, -
himoya egatlari; 1,2, 3, 4-hisobli egatlar. 
Terilgan pahta hosili qayd etiladigan daftar 
Terim 
sanasi 
Variant 
tartib 
raqami 
Qaytariqlar 
raqami 
Variant 
hisobli 
maydoni, 
m
2
Terimchining 
familiyasi, 
ismi 
Qopning 
og„irligi 
(tara), g 
Qopdagi 
pahta 
vazni, kg 
(burutto) 
Pahtaning 
vazni, 
qopsiz, kg 
(netto) 



1000 
E.Obidov 
600 
25,0 
25,0 


1000 
F.Basov 
600 
30,0 
29,4 


1000 
O.Musaeva 
600 
28,1 
27,5 


1000 
T. Tolipova 
600 
25,0 
24,5 
Eslatma. Nusha tahminan to„ldirilgan. 
Pahta hosili hisoblanadigan dala daftariga terim sanasi, variant raqami 
takrorlanish raqami, terimchining familiyasi va ismi, variantning hisobli maydoni, 
qopdagi pahta vazni (kg, burutto), qop og„irligi (g), pahta vazni (kg, netto), qopsiz 
qayd etiladi. Tajriba ijrochisi terimchilarning familiyasi va ismlarini ularni 
qatorlarga qo„ygan tartibda yozib oladi. Terimchi tergan pahtasi bilan yorliq 
(etiketka)ni topshiradi. Tajriba ijrochisi pahtani tortib, daftar hosil miqdorini yozib 
qo„yadi. 
Himoya egatlaridan terilgan pahta vazni hisoblash daftariga yozib qo„yiladi. 
Bunda terim sanasi, terimchining familiyasi va pahta og„irligi ko„rsatiladi. 
Mavsumda pahta 2-3 marta teriladi. Bu tadbirni o„tkazish uchun quyidagi 
muddatlarga mo„ljallanadi: sentyabrning ikkinchiyarim, oktyabrning o„rtasi va 
oktyabning ohiri noyabrning boshiga. 
Agar terim paytida yog„ingarchilik tufayli yig„ishtirib olingan pahta namligi 
baland bo„lsa, ulardan 2 kg olinib, namligi aniqlanadi va zarur hisob-kitob qilinadi. 
Pahta namligi qopchalarda domiy vazngacha quritilib yoki bevosita dalada mahsus 
asbob yordamida aniqlanadi. 


123 
Ochilgan pahtalar to„liq terib olingach, ochilmagan ko„saklar terib olinadi. 
Terilgan ko„saklardan namuna uchun 2 kg olinib, ularning har biridan qancha 
pahta chiqishi aniqlanadi. 
Namunalar har bir variantdan va qaytarilishlardan alohida-alohida olinadi. 
Ko„sakdagi pahta ajratilib, quritilgach, qanchaligi aniqlanadi va zarur hisob-
kitoblar qilinadi. Hisobli o„simliklardagi ko„saklarning har biridagi pahta ham shu 
tartibda teriladi va vazni aniqlanadi. Ular har bir variantdan terilgan hosilga 
qo„shiladi. 
Hisobli va himoya maydonlaridan terilgan pahta hosili jamlanib, tajriba 
dalasi bo„yicha o„rtacha ko„rsatkich hisoblab chiqiladi, dalalar tarihi daftariga 
yozib qo„yiladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish