Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

Ihota o‘rmonlari.
Mavjud ihota o„rmonlari bo„yicha kuzatuvlar (2, 3, 4, 5, 6, 
7 va 24 qatorli darahtzorlarda) olib boriladi. Bunda darahtlarning oralig„i va 
ulardan har birining balandligi o„lchanadi, shuningdek, yoshi aniqlanadi. O„rmon 
ichida har bir daraht bo„yicha shunday kuzatuvlar o„tkaziladi. Ihota o„rmondan 25, 
50, 100, 150 ba‟zida (daraht qatorlari orasidagi masofaga qarab) 200 m. da sizot
sathigacha (gidromorf tuproqlarda), avtomorf tuproqlarda 150-200 sm. chuqurlikda 
chuqur kovlanib, uning kesmasida genetik gorizontlar bo„yicha morfologik 
tuzilishi ta‟rifi yoziladi va har bir genetik qavatdan alohida tuproq namunalari 
olinib, ulardagi mehanik va agregat tarkibi, gumus, azot, fosfor va kaliyning yalpi 
va harakatchan shakllari tahlil etiladi, shuningdek, tuproqdagi tuz tarkibi ham 
aniqlanadi. 
Kuchli shamollar esayotgan paytda ochiq joyda (ihota o„rmonlarsiz), ihota 
darahtzorlari ichida, chuqurlar qazilgan nuqtalarda, er yuzasidan 15, 30, 75, 100, 
150, 200 sm balandliklarda ko„l anemometri yordamida shamol tezligi o„lchanadi 
va deflyasiya mahsulotlari tutiladi; shu nuqtalarda har 10 sm dan 150 sm 
chuqurlikka tuproq namligi aniqlanadi; shu masofalarda g„o„zaning shamoldan 
zararlanish darajasi aniqlanadi; fenologik kuzatuvlar va pahta hosilini hisoblash 
ishlari bajariladi.
Qulisli ekinlar ekilib, himoya qatorlari tashkil etish.
Bu maqsadda baland 
poyali ziroatlar (kuzgi bug„doy, javdar, makkajo„hori, oq jo„hori va b.q.) g„o„za 
dalarida bir –biridan 20-25 m. uzoqlikda ekiladi. Keyingi esa (60 sm. egat 
oralig„ida ekilsa) bir seyalka o„tadigan qamrovda (2,2 m) bo„ladi. Kulis qatorlari 
doimiy, kuchli esuvchi shamollar yo„nalishiga ko„ndalang barpo etiladi (7.1-
chizma). 
Kulisli ekinlar ekilib, qatorlari orasidagi g„o„za va tuproqni kuzatish huddi 
ihota darahtzorlaridagi kabi, o„tkaziladi. Bunda faqat masofa yaqinroq –5, 10, 15, 
20 va 25 m. bo„ladi. Tuproq namunalari dalada konvert shaklida kavlangan 5 ta 
chuqurdan olinib, tahlil qilinadi. Har bir kulislar aro paykaldagi pahta hosili 


36 
alohida-alohida hisobga olinadi har qator kulis uchun ekilgan boshqa ekinlar hosili
poyasi, somoni ham alohida yig„iladi va hisoblanadi. 
Tuproqni himoyalovchi almashlab ekishlar. 
Eroziyaga qarshi qo„llaniladigan 
choralardan almashlab ekishni to„g„ri joylashtirish juda muhim ahamiyatga ega. 
Maqsadga erishish uchun almashinadigan ekinni to„g„ri joylashtirish ham alohida 
rol o„ynaydi. 
Shamol ta‟siri faol bo„lgan hududlarda bajariladigan muhim dala 
tajribalarida almashlab ekishga agroiqtisodiy va iqtisodiy baho berish bilan birga, 
almashlangan ekinlarning tuproqni himoyalashdagi ta‟siri ham tadqiq etilishi zarur. 
Tuproq himoyalovchi almashlab ekishlar tizimi 7.1-chizmada keltirilgan.asosiy 
almashlab ekish ziroati-beda bo„yicha kuzatishlar ushbu kitobda keltirilgan
uslubda amalga oshiriladi. Tuproq ustida, shamol tartibi, tuproq namligi va shamol 
eroziyasining salbiy oqibatlari bo„yicha tadqiqotlar «Ihota o„rmonlari», «Kulisli 
himoya qatorlari» nomli uslubiyatning bo„limlari asosida o„tkaziladi. 
7.1 - chizma. Tuproqni himoyalovchi almashlab ekish bo‘yicha tajriba variantlarining 
joylashishi. 
Kimyoviy tadbirlar. 
So„ngi yillarda tuproq to„zishi va o„simliklar 
zararlanishiga qarshi yuqori molekulali kimyoviy preparatlar qo„llanilmoqda. 
Tajribalarda bunday preparatlar ularni qo„llash qoidalariga ko„ra, «OVT-1» 
purkagichi bilan sepiladi. Tajriba qo„yishdan avval tajriba dalasida 3-4 ta chuqur 
kavlanib, genetik qavatlar bo„yicha marfologik tavsiflanadi. Genetik qavatlardan 
olingan tuproq namunalarida mehanik va makro agregat tarkibi, gumus, azot, 
fosfor, kaliyning yalpi va harakatchan shakllari tahlil qilinadi. Tajriba 
boshlanishdan oldin

turoqdagi tuz tarkibi 3, 6, 9, 12, 15 va 18-kunlari, keyin 1-
sug„orishgacha qadar ham 10 kunda 1,5 m. chuqurlikkacha tuproq namligi 
aniqlanadi. Shu kunlari tuproqning 0-1, 1-2, 2-3, 3-5, 5-10, 10-20, 20-30 sm. 
chuqurliklaridan olingan namunalarida uning makrostrukturasi tahlil qilinadi, havo 
va tuproq harorati o„lchanadi. Tuproq harorati 0-5 va 5- 10 sm. chuqurlikda soat 9, 
14 va 21 da o„lchanadi. Har 2 kun oralatib, 90 % nihollar paydo bo„lguncha 
ko„chatlar soni hisoblanadi. 0, 15, 30, 50 va 75 sm. balandlikda «chang» tutiladi, 
15 sm. balanlikda shamol tezligi aniqlanadi. Sanab o„tilgan barcha kuzatuvlar va 
tadqiqotlar, hamma variantlar bo„yicha 2-3 takrorlanishda bajariladi. Har galgi 
kuchli shamoldan keyin g„o„zaning zararlanganlik darajasi qayd etilgan tasnif 
bo„yicha aniqlanadi. Fenologik kuzatuvlar barcha variantlar bo„yicha 2 


37 
takrorlanishda umumqabul qilingan uslub bo„yicha o„tkaziladi, hosil variantlar 
bo„yicha yoppasiga teriladi va hisoblanadi (7.2-chizma).

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish