30
5. CHIGITNI EKISHGA TAYYORLASH VA EKISH USULLARI
BO‘YICHA TAJRIBALARNI O‘TKAZISH HUSUSIYATLARI
Bo‘laklar o‘lchami va ularni joylashtirish.
Chigitni ekish oldindan
tayyorlash usullari, uning sifatini qiyosiy o„rganish, shuningdek,
seyalkada ekish
tehnologiyasi va ekish chqurligini o„rganish bo„yicha tajribalar uchun 4 egatli
bo„lak etarli. Bu tajriba variantlar ko„pligi va ularning ba‟zilari uchun chigit
miqdori cheklanganligi bilan izohlanadi.
Tajribada zarur tup qalinligini ta‟minlaydigan bir tekis to„liq nihollar olinsa,
himoya egatlari qoldirilmaydi.
Ba‟zida ko„chat qalinligi mo„ljaldagidan 25 % kam bo„lishi mumkin.
Bunday hollarda fenologik kuzatuvlar va hosil hisobi yonma-yon joylashgan
egatlarning o„rtasida olib boriladi, chekka egatlar himoyaga qoldiriladi.
Nihol olishga turli omillarning ta‟siri o„rganiladigan mahsus tajribalarda bir
egatli variantlar qo„yilib, seyalkaning har bir soshnigi
bilan alohida variantlar
ekiladi.
To„rt egatli variantlar takrorlanishi 4 marta, bir qatorliniki esa, 8 marta.
Ekish oldidan markyorlab va variantlar bo„lib qo„yilgan dalada o„tkaziladi.
Oldindan markyorlanmagan tekis dalaga mahsus tajribalar variantlarga
taqqoslanadigan (nazorat) variant bilan juftlab joylashtiriladi. Bunda har bir variant
2 ta soshnik bilan ekiladi va variantlar qatorli bo„ladi.
Chigit qo„lda ekilganda hamma variant 4 egatdan kam bo„lmasligi, 200 uyali
(50 uyadan 4 qator), takrorlanishi 4 marta bo„lishi shart.
Nihollarni sanash.
Ekish oldidan seyalkaning chigit tashlash imkoniyati
hisobga olinadi.
Buning uchun seyalka tuproqli yo„lda 8-10m
yurgiziladi har
qatordan 25 uya-4 qatorda hajmi 100 ta uya olinadi va har bir uyadagi chigit soni
alohida sanaladi. Har bir uyadagi chigit, har uyadagi o„rtacha chigit, hisob
qatorlaridagi jami chigit va bir gektardagi chigit soni hisoblanadi.
Paydo bo„lgan nihollar uyalar va hisob bo„lakchalari bo„yicha sanaladi.
Uyalar bo„yicha hisoblash uchun nihollar paydo bo„lishidan avval har bir
variantning 2 joyidan, dalaning-variantning
yuqorisidan, o„rta va pastki qismidan
bir hil masofa qoldirilib, maydoncha ajratiladi. Har variantda 200 uya bo„yicha
hisob o„tkaziladi, ya‟ni 4 egatli variantda har bir maydonchada bir egatda 25 ta, bir
egatli variantda 200 ta uya bo„lishi ta‟minlanishi kerak. Har bir uyadagi nihollar
alohida sanaladi.
Nihollar hisobi shuningdek, gektaridagi egatlar uzunligining 1/2000 qismini
tashkil etuvchi bo„lakchalarda ham olib boriladi (60 sm. li egatda- 8,3 m, 90
sm.lida- 5,5 m.). barcha bo„lakchalarda nihollar hisob qatorlarida bo„lak sanaladi.
31
Variant
Chigitning
Nihollarning paydo bo„lishi, ekishdan keyingi
kuga nisbatan, %
Tartib
raqami
Nomi
Unuvchanli
k quvvati,
%
Laboratoriya
unuvchan-
ligi, %
Ekish
me‟yori,
kg/ga
Uyalar soni, %
Uyadagi
o„rtacha
o„simliklar
soni, dona
Tup
qalinligi,
ming/ga
Jami
O„simliksiz
O„simlik bilan
SHu jumladan
1
2
3
4
Ildiz
chirish
Ekilmagan
Chigit
chirimagan
Chigit
quruq
tuproqqa
tushgan
Elatma
: Bo„lakda nihollarni paydo bo„lishi chiziq yuqorisida o„simlik
chiqqan uyalar, chiziq
pastida uyada paydo bo„lgan nihollar soni (chigitning dalada unuvchanligi).
Urug„pallasini yoyayotgan va undan kechroq chiqqanlari ham paydo bo„lgan
o„simlik deb hisoblanadi.
Nihollar hisobi ular ko„rina boshlaganidan keyin 1-2 kun oralatib olib
boriladi, to„liq ko„chatlar paydo bo„lguncha qayta hisoblash davom ettiriladi.
To„liq ko„chatlar olinganda o„simliklarning uyadagi taqsimlanishi
hisoblanadi. O„simliksiz (%) nihollar yo„qligi sababi – ekilmagan,
ildiz chirish,
chirigan chigit, chigit quruq tuproqda) hamda 1, 2, 3, 4 va ko„proq niholli uyalar
aniqlanadi.
Bir uyadagi, hisob qatorlaridagi va 1 gektardagi o„simliklar soni hisoblab
chiqiladi. Hisoblar dala daftariga jadval tizimida tushiriladi. Bo„lakchalar bo„yicha
olib borilgan hisobiy qatorlar hisoblanganda 1 m
2
va 1ga dagi nihollar ko„rsatiladi.
Chigitlarning daladagi unuvchanligini ekilgan miqdordi va olingan tup
qalinligi bo„yicha shartli hisoblab chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: