Chiqarish markazi


 LIZIMETRIK TAJRIBALAR YORDAMIDA YER OSTI SUVLARI



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

 
10. LIZIMETRIK TAJRIBALAR YORDAMIDA YER OSTI SUVLARI 
(ZAHOB)NING TUPROQDAN BUG‘LANISH VA O‘SIMLIKLARDAN 
TRANSPIRATSIYAGA SARFINI ANIQLASH 
 
Pahta etishtiriladigan erlarning 60-70 % ida zahob sathi 3 m. dan yuqori 
joylashgan. Undan tashqari, amaliyotning ko„rsatishicha, zahob sathining yil bo„yi 
o„zgarish holatini aniqlanishda sug„orish va suv qochirish tarmoqlarini 
ishlatishdagi muhim davrlar va b.q. hisobga olinadi. 
Sug„orish va zahob oqimi bo„lmagan tekisliklardagi yangi erlarni 
o„zlashtirish (Qarshi cho„li va Mirzacho„l, Surhon-Sherobod vohasi, 
Amudaryoning quyi oqimi va b.q.) natijasida zahob sathi so„zsiz ko„tariladi. Bu 
esa, zahob yuzasi 3 m. dan yuqori joylashgan erlar ko„payishiga olib keladi. Zahob 
sathi chuqur bo„lmagan sug„oriladigan yerlarda zahob nafaqat maqbul sug„orish 
me‟yoriga, balki tuproq aeratsiya qatlamdagi barcha jarayonlarga ham ta‟sir etadi. 
Tuproq aeratsiya qatlamida namlik va tuzlarning yuqoriga va pastga 
harakatlanishi davomida iqlim, gidrogeologik sharoitlar, zahob sathi va 
sho„rlanganligi bilan birga tuproqning mehanik tarkibi, tuzilishi va zichligi 
bo„yicha tahlanishi ham muhim ahimiyat kasb etadi. 
Zahob sarfini aniqlash bo„yicha ko„plab uslublar taklif etilgan. SHulardan 
eng mukammali lizimetr uslubidir. Bu uslub bo„yicha o„tkaziladigan tadqiqotlar 
qator masalalarni o„rganishga mo„ljallangan: 
1.Zahob sathi va sho„rlanish darajasi turlicha bo„lgan, ziroatchilik 
qilinadigan erlar yuzasidan bug„lanish (evapotranspiratsiya)ning jamlanmasi. 
2.Tuproq yuzasidan bug„lanish hamda g„o„za, beda va makkajo„hori (oq 
jo„hori)da tarnspiratsiyaga sarflanadigan suv (alohida). 
3.Sug„orish suvi, yog„ingarchiliklar va zahob sarfi alohida-alohida. 
4.Sug„orish maqsadidagi suv va yog„inlaring zahob sathi, aerotsiya 
qatlamidagi tuproq va suv-fizik hossalariga bog„lik holda singishi (infiltratsiyasi). 
5.Sho„r 
yuvishda tuproqlarning tuzsizlanishi (tuzlarning yuvilishi 
koeffitsenti) va amal davrida tuzlar miqdorining qayta tiklash (mavsumiy 
sho„rlanish koeffitsenti) jarayonlari. 
6.Turli ziroatlar etishtirgan tuproqlarda namlik va tuzlar harakatiga har bir 
sug„orish suvi va mavsumiy sug„orish me‟yorlarining ta‟siri. 
7.O„simliklar barg shirasi va tuproq eritmasi konsentratsiyasi. 


57 
8.Tuproqdagi oziqa elementlaring o„zgarishi va sug„orish ta‟sirida zahobga 
oqib o„tishi. 
9.Zahob sathi va sho„rlanish darajasi turlicha erlarda g„o„za, beda va 
makkajo„horining o„sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosili sifati. 
10.Asosiy ziroatlar uchun zahobning sho„rlanish darajasi, aeratsiya qatlami 
tuprog„ining mehanik tarkibi bo„yicha tuzilishi va zichligiga ko„ra, tahlanishiga 
bog„lik holda asosiy ziroatlarning zahob sathini pasaytirish me‟yorlari. 
Ushbu masalalar tuproq qatlamlari aralashmagan, zahob sathi muqim yoki 
o„zgaruvchan bo„lgan sharoitda lizimetrlarda o„rganiladi. Bunda zahob sathi 
muqim 1; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0 va 3,5 m.da, boshqalarida esa, sun‟iy yoki tabiiy 
o„zgaruvchan chuqurlikda bo„lishi ta‟minlanadi. 
Qurg„oqchil mintaqalardagi sug„oriladigan erlarda zahob infiltratsiyasini 
o„rganish uchun lizimetrlarga tomonlari 1,2h1m. bo„lgan 1,2m
2
maydon maqbul 
hisoblanadi. 
O„rganilayotgan masalalar bo„yicha M.S.Alimov ihtiro qilgan lizimetrlar 
yordamida eng aniq ma‟lumotlar olish mumkin (101 va 102-chizmalar). 
10.1-chizma. Bug‘lanishni va zahob sizish (infiltratsiya) orqali hosil bo‘linishini o‘rganish 
uchun lizimetr (Alimov M.S. ihtirosi). 
Lizimetr 3-4 mm. Qalinlikdagi temir tunukadan tayyorlanadi, asosiy 
bakining og„zi burchakli temir bilan kavsharlanib mahkamlanadi. Ta‟minlovchi 
quvurga M.S.Alimov ihtiro kilgan «AP-10-2» asbobning sozlovchi kamerasi 
o„rnatiladi. Infiltratsiyalangan suvlar infiltratsiya quvuriga to„kiladi. Buning uchun 
biriktiruvchi quvur ventili ochiladi. Lizimetr ventili berkitilganda zahobning su‟niy 
o„zgaruvchan sathini ta‟minlash mukin. 
Lizimetrning soddalashtirilgan konstruksiyasini ham ishlatish mukin. Bunda 
bakning yuzasi 1h1,2 m, balandligi 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 3,5 m, ta‟minlovchi 
tagligi ham shunday yuzali bo„ladi. Lekin balandligi 0,4 m. ni tashkil etadi. U bir 
vaqtda yoqa suzg„ich vazifasini ham bajaradi. 


58 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish