Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

Meteorologik omillarning zahob sathi tartibiga ta’siri 
yillik havo harorati, 
yog„ingarchilik, havoninng nisbiy namligi bo„yicha ma‟lumotlarni, har kuni olib 
borilgan zahob sathi haqidagi dalillarni o„zaro solishtirish yo„li bilan belgilanadi. 
Kuzatuvlar bir turdagi ziroatli dalada yoki bir necha ziroatli paykallarda (ishlab 
chiqarish sharoitida almashlab ekish dalalarida) o„tkaziladi. Bunda kuzatuv uchun 
tanlangan quduqlardagi zahobning daslabki (ziroatlar ekilayotgan payt) sathi 
turlicha bo„lishi kerak. 
Shunday kuzatuvlar asosida iqlim omillarning zahob sathi tartibiga sifat va 
miqdoriy ta‟sirini aniqlash mumkin. 
Zahob sathi ba‟zi hududlarda sutka davomida o„zgaradi va bu tartib barcha 
tabiiy sharoitlarda bir hil emas. Bu ziroatlar biologik hususiyatlari, rivojlanish 
pallari, zahobning dastlabki sathi, er osti suvlari oqib kelishi va oqib ketishiga, ular 
shakllanishining boshqa omilllarga, tuproqlarning tahlanishi tarziga bog„liqdir. 
Zahob sathining sutka davomida o„zgarishi soat 4, 8, 12, 20, 24 larda 
o„lchanadi va o„ziyozar asboblar yordamida yozib olinadi. Bu kuzatuvlar natijalari 
havo haroratining, nisbiy namligining, shamol tezligi va yo„nalishining sutka 
davomidagi o„zgarishlari bilan qiyoslanadi. Lizimetrlar mavjud bo„lsa, zahob 
sathining sutkalik o„zgarishi zahobning sutkalik sarfi bilan solishtiriladi. 
Zahob yo‘nalishi va oqim tezligi
har tomoni 100m. dan bo„lgan (teng 
tomonli) uchburchakning uchlarida zahob sathi o„lchanib, tuzilgan grafik orqali 
aniqlanadi. Har bir quduqning joyi nivelirlanadi. Zahob sathining har soatda 
o„lchangan qiymati mutloq (absolyut) yoki nisbiy belgilarda hisoblab chiqiladi. Bu 
sathlar ma‟lum masshtabda gidroizogips haritasiga tushiriladi. Yuqorigi izogipsdan 
pastkisiga o„tkazilgan ularga normal bo„lgan chiziq zahob oqimi yo„nalishni 
ko„rsatdi. 
Zahob oqimning tezligi ushbu ifodadan aniqlanadi:V=k.J. 
Bund: k-tuproqning filtratsiya koeffitsenti, mm/sek va m/sutka; 
J-zahob yuzasining qiyaligi. 
Zahob oqimining tezligi dala usuli bilan anilin bo„yoqlari va osh tuzi 
yordamida aniqlanadi. Buning uchun chuqur kavlanadi. Undagi suvning joylashish 
chuqurligi er yuzasidan kamida 0,5 m. past bo„lishi kerak. Oqim yo„nalishi 
bo„yicha yuqoriga va pastga 0,5; 1; 2 va 3 m. oraliqda kuzatuv quduqlari 
o„rnatiladi. 3-6 m. masofada birinchi kuzatuv quduqlariga parallel quduqlar qatori 
o„rnatiladi (nazorat uchun qator shu masofalarda). Zahob oqim kuzatuv 
quduqlariga erkin o„tish kerak. SHuning uchun turg„in tuproqlarda ularning 
devorlari mustahkamlanishi shart emas, boshqalariga esa, performatsiyali quvurlar 
o„rnatiladi. Hamma quduqlar zahob sathi turg„unlangach, chuqurligi o„lchanadi va 
tarkibidagi hlor tarkibi aniqlanishi uchun namuna olinadi. Keyin chuqurga 4-5 
chelak osh tuzining to„yingan eritmasi quyulida (10 l. suvga kg. tuz). Shundan 
so„ng zahob sathi o„lchanadi va uning dastlabki sathigacha turg„unlanish vaqti 
belgilanadi (eritma quyulguncha). Oradan 20-30 daqiqa o„tgach (chuqurga eritma 
quyilganidan keyin) va har 30 daqiqada chuqurchadan pastdagi quduqlarda yuqori 
miqdordagi hlor paydo bo„lguncha namuna olinadi va tahlil qilinadi. 


56 
Chuqurdan har bir quduqqacha bo„lgan aniq masofa (
Zn
), vaqt (
tn
) ma‟lum 
bo„lgach, zahob oqimi tezligi (
Vn
) aniqlanadi. 
n
n
n
t
Z
V
So„ngra barcha quduqlar bo„yicha oqimlar tezliklari haqidagi ma‟lumotlar 
jamlanadi va ularni o„lchovlar soniga bo„linganda, zahob oqimning o„rtacha tezligi 
«p» aniqlashdan (takrorlanish) chiqariladi: 
n
V
V
V
V
V
n
..........
3
2
1

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish