Tadqiqot farazi. 10-11 yoshli voleybolchilarda fiziologik va jismoniy tayyorgarligi hamda voleybol sport turida maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish bo‘yicha sport natijalarining axborotli mezonlarini aniqlash, uslubiyatni ishlab chiqishga va yosh voleybolchilarning maxsus tayyorgarligini baholash uchun me’yoriy talablarni aniqlashga yordam berishi faraz qilindi. Harakatli o‘yinlar, yordamchi va maxsus mashqlardan foydalanish, yosh voleybolchilardan sifatli jamoani shakllantirish hamda o‘yin faoliyatini rivojlantirishga yordam berish to‘g‘risidagi taklif ilgari suriladi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Dissertatsiyaning ilmiy ahamiyati tadqiqot ishining ilmiy xulosalari asosida Bitiruv malakaviy ishi olingan materiallarning muammosi bo‘yicha jahon hamda mahalliy tajribalar, ilmiy manbalarning nazariy va amaliy tahlillarga, keng qamrovli eksperimentlar natijalarining ilmiy tahlillarga asoslanganligida o‘z aksini topgan.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, uning natijalari, asosiy qoidalari va tavsiyalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani darslarida yosh avlodni aniq maqsad asosida yo‘naltirishda samarali qo‘llanilishi hamda Bolalar va o‘smirlar sport maktablari voleybol murabbiylari ushbu sport turiga o`rgatish jarayonida foydalanishlari mumkin.
Himoyaga kiritiladigan asosiy holatlar:
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishga doir nazariy va amaliy ishlar jarayoni mexanizmini takomillashtish.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish jarayonini asoslab berish.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishning turli bosqichlarida yosh xususiyatlariga mos harakatli o‘yinlardan foydalanish tizimi ishlab chiqish.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish mezonlari va uni tashkil etish monitoringi tajriba-sinov va matematik statistik tahlil asosida tizimlashtirish.
Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi va hajmi. Kirish, uchta bob, xulosalar, adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishi 76 betdan iborat bo‘lib, 9 ta jadvalni o‘z ichiga olgan. Adabiyotlar ro‘yxatiga milliy va chet el adabiyotlar manbalari kiritilgan
I BOB. 10-11 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA MAXSUS TAYYORGARLIGINI HARAKATLI O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI.
1.1. 10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishning dastlabki bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |