O‘rganilganlik darajasi. I.V.Bileeva va I.M.Korotkovlar harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari farqlarini ko‘rsatdilar
L.R. Ayrapetyans oliy toifadagi voleybolchilarning mashqlar bajarish hajmi va morfofuksional xususiyatlarini tariflab o‘tdilar.
M.A. Qurbonova Boshlang‘ich tayyorgarlik davrida yosh voleybolchilarni tanlash va mashg‘ulot jarayonida xalq harakatli o‘yinlaridan foydalanish turlarini ajratib berdi.
Yu.D. Jeleznyak tomonidan voleybolda qo‘llaniladigan sport tanlovi mohiyati va mazmunini ifodalab berdi.
Tadqiqotning maqsadi. 10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: 10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishga doir nazariy va amaliy ishlar jarayonini tahlil qilish;
10-11 yoshli o‘quvchilarni a`lohida voleybol sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarga qobiliyatli bolalar tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishni takomillashtirish;
10-11 yoshli maktab o‘quvchilar ichidan voleybol sport turi bo‘yicha turli bosqichlarida yosh xususiyatlariga mos harakatli o‘yinlar va yordamchi mashqlardan foydalanish;
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish mezonlari va uni tashkil etish monitoringini tizimlashtirish.
Tadqiqot ob`ekti. 10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish usullarini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. 10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish usullari, mazmuni va vositalari.
Tadqiqot metodlari. Suhbat, psixologik testlash, pedagogik kuzatish, tajriba sinov va uning natijalarini tahlil qilish, matematik-statistik tahlil.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat bo‘ladi.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishga doir nazariy va amaliy ishlar jarayoni mexanizmi takomillashtiriladi.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish takomillashtiriladi.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirishning turli bosqichlarida yosh xususiyatlariga mos harakatli o‘yinlardan foydalanish tizimi ishlab chiqiladi.
10-11 yoshli voleybolchilarda maxsus tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish mezonlari va uni tashkil etish monitoringi tajriba-sinov va matematik statistik tahlil asosida tizimlashtiriladi.