1206 yili Temujin ismli zodagon Chingisxon nomi bilan Mongoliya taxtiga chiqdi. 1215 yili
Chingizxon
shimoliy
Xitoyda
erishilgan gʻalabalarni mustahkamlab, oʻz etiborini gʻarb tomon
qaratadi. 1219 yili u Jebenoyonga Sharqiy Turkiston va Yettisuvni ishgʻol etishni buyuradi.
Chingizxon armiyasi kuchluq davlatini tor-mor keltirib Movarounnahrga bostirib kiradi.
Samarqandni mustahkamlash uchun katta xiroj yigʻiladi, biroq bu mablagʻlar isrof qilinadi,
shahar devorlari esa mustahkamlanmaydi.
1219 yili Chingizon katta va mustahkam qalʼa boʻlgan
Oʻtrorga
yurish qiladi. Oʻz
kuchlarini
ikkiga ajratib, ulardan birini Oʻtror qurshovi uchun qoldiradi, qolganiga oʻgʻli Juchini boshliq
etib Signak, Uzgen, Jenda va soʻngra Urganchni zabt etish maqsadida safarbar etadi. 5 ming
kishilik
askar
Sirdaryo
boʻlab
Binkat
va Xoʻjand shaharlariga yuborilgan. Chingizxonning oʻzi
esa asosiy kuchlar bilan suvsiz dashtlar boʻylab qisqa yoʻl orqali Buxoro tomon yoʻl oladi.
1220 yilning fevralida Buxoro ishgʻol etiladi. Chingizon shaharni oʻz askarlariga talon-taroj
qilish uchun topshiradi. Buxoroning ayanchli taqdiri haqidagi mashʼum xabar tez orada butun
Movarounnahrga yoyiladi. Aholi qoʻrquv va tahlikaga tushadi.
Xorazmshoh Muhammad
qoʻrqoqlik bilan qochishga hozirlik koʻradi. Samarqand himoyachilariga boshchilik qilgan turk
Toʻgʻayxon Chingizxon xizmatiga oʻtishga umid qilib shaharni topshiradi. Moʻgʻillar shaharga
bostirib kirib qirgʻinbarot uyushtiradilar. Samarqand aholisining faqat toʻrtdan
bir qismi omon
qoladi.
1220 yilning aprelida moʻgʻillar
Xoʻjandni
ishgʻol etadilar. Sirdaryo yaqinida ular Benakentni
zabt etadilar. Xoʻjand hukmdori Temur Malik moʻgʻillarga qarshi mardonavor kurash olib
boradi. U oʻzining kam sonli askarlari bilan yoʻl-yoʻlakay jang qilib Urganchga yetib keladi.
1220 yilning yoziga qadar Movarounnahrning sharqiy va markaziy qismi moʻgʻillar
tomonidan
bosib olinadi. Xorazmshoh qochadi. U Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻidagi orolda vafot
etadi. Urganchda Temur Malik qisqa vaqt davomida xalq lashkarlariga boshchilik qiladi. U
uchiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib boradi. 1220 yilning kuzida Chingizon hamla bilan
Termezni ishgʻol etadi.
[3]
1221 yilning qishida Urgench qamali boshlanadi. Shahar aholisi
dushmanga qahramonlarcha
qarshilik koʻrsatadi. Urgench taslim boʻlishidan avval Balx va Marv shaharlari zabt etailadi.
1221 yilning yoziga qadar butun Markaziy Osiyo hududi moʻgʻillar tasarrufiga oʻtadi.
Chingisxonni taxtga chiqishi
Oʻtror, Buxoro va Samarqandga yurishlar
Xoʻjand
va Urganchga yurishlar