Sirdaryo viloyati XTB tasarrufidagi 71-yordamchi maktab tarbiyachisi Yunusova Shohistaning “Jaloliddin Manguberdi kim” mavzusida tayyorlagan mashg’uloti
Jaloliddin Manguberdi
yoki Jalol id-Diniya va-d-Din Аbu-l-Muzaffar Mankburni ibn Muhammad soʼnggi xorazmshoh, Аla id-Din Muhammad II va turkman xotin Oychechaklarning to‘ng‘ich o‘g‘li. (1199—1231) Uning burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni deb nom berilgan.
Jaloliddin Manguberdi – milliy qahramon
- Jaloliddin Manguberdi shaxsiyati, faoliyati va harbiy iste’dodi barcha davrlarda davlat arboblari, sarkardalar va oddiy xalq uchun qiziqarli bo‘lib kelgan. O‘rta asrlarning ko‘plab mashhur muarrixlari bu mard ajdodimiz haqida maxsus asarlar yozib, jasoratini madh etishgan. Xonlar, sultonlar, amirlar uning savq ul jaysh (strategiya) va tarbiyat ul jayshlarini (harbiy usul, taktika) o‘z qo‘shinlarida qo‘llashga harakat qilishgan, harbiy akademiyalarda uning jang usullari alohida o‘rganilgan. Sarkardaning qahramonligiga barcha hukmdorlar havas qilishgan.
Jaloliddin Manguberdi – mardlik timsoli
Оtasi Jaloliddinni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlagan. Biroq Turkon xotun va qipchoq amirliklarining noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan.
Jasur jangchi, iqtidorli sarkarda
Unutilmas jasorat
Jaloliddin Manguberdining beqiyos jasoratini anglash uchun, avvalo, u yashagan tarixiy davr, shu davrlarning mashaqqatli va beshafqat sahifalarini tasavvur qilib ko‘raylik: hech qaysi davlat, hech qaysi el bas kelolmagan Chingizxon lashkari qarshisiga jasur Jaloliddin chiqib, o‘zining beqiyos jasorati va qat’iyatini namoyon etdi. Shu paytgacha mag‘lubiyatga uchramagan mo‘g‘ul lashkariga qarshi o‘n bir yil muttasil jang qildi. Va g‘animlarga shunday qaqshatqich zarbalar berdiki, hatto Chingizxonday makkor va beshafqat, dunyoning yarmini zabt etgan fotih ham unga tan berishga majbur bo‘ldi.
Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishigsa imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (bu cho‘l bugungi kunda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi).
Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan.
Do'stlaringiz bilan baham: |