Movarounnahr hududida kirib kelgan turkiy qabilalarda XI asrda etnik jarayonlar bir necha yo‘nalishlarda yuz beradi: - XI asrning birinchi yarmida va undan keyin Movarounnahrga kelib qolgan, hali o‘troqlashib ulgurmagan etnik guruhlar bir-birlari bilan yaqinlashib borganlar. Natijada ayrim etnik guruhlar o‘z qabilasidan chiqib, boshqa qabilalarga qo‘shiladilar.
- Chorvador qabilalar turkiyzabon aholi bilan yaqinlasha boshlaydi. O’troq aholi bilan aralashib qolgan etnik guruhlar, uzoq vaqtlargacha ularning tarkibida o‘z etnik nomlarini saqlab qolganlar. Ba’zilari esa o‘z etnik nomlarini unutib, o‘sha yerdagi aholi bilan qorishib, o‘zlarini shu mintaqadagi xalq deb hisoblaganlar.
- Turkiy tilli aholi Movarounnahrda yashovchi tojik va arab tilli xalqlar bilan yaqinlashib, aralashib ketadi. Qaysi xalq ko‘p bo‘lsa, ularning etnik ta’siri shuncha sezila boshlaydi.
- Masalan: arablaming XI - XII asrlarda an’anaviy tartiblaii buzilib, o‘zbeklar va tojiklar bilan aralashib ketadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |