Mardon akani xotini Mardon akani qo’lini chimchilab tortdi.
Xotini: Nimalar deyapsiz dadasi?
Mardon aka: Jim tur xotin,qishloqdan kelganligimiz bilinmasin deb gapni aylantirayapman!
Xotini: E aylaning-e…Qoching o’zim gaplashaman….Yaxshimisiz singlim G’azalkentga boramiz.
Aziza biroz o’ylanib turdi…
Aziza: Mayli.
Xotini: Yukxonani oching,sumkalarni joylashtiraylik.
Aziza mashinadan tushib yukxonani ochdi.Ular sumkalarni joylashtirishdi.
Kadrda shahar…
Ular mashijnada ketishayapti.Mashina oldida Mardon aka o’tiribdi.
Mardon aka: Yaxshigin abozorlik qildik-a xotin?
Xotini: Ha…Pulni qolganini bering!
Mardon aka: Ye xotin bugun fermadagi ulfatlar bilan choyxonam bor-ku!
Xotini: Hech qanaqa choyxona poyxona yo’q,Olgan maoshingizni bir kunda tugatmaysiz-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |