|
Sherzod: Ota-onamni ham qiynab qo’ydim.(chuqur nafas oldi)
|
bet | 7/14 | Sana | 18.08.2021 | Hajmi | 20,13 Kb. | | #150766 |
| Bog'liq Muallif
Sherzod: Ota-onamni ham qiynab qo’ydim.(chuqur nafas oldi) Bilmadim nima qilishni opa bilmadim…O’qishni tashlasammikan deb turibman…
Aziza: Bu fikringiz noto’g’ri uka! Siz o’qishingiz kerak.Ko’z oldingizga ota-onangizni keltiring! Sizni ne-ne orzu havaslar bilan o’qitishyapti.Ertaga oilali bo’lganingizda sizni qiynalmasin deb,o’zlari qiynalishsa ham sizni o’qitishyapti…
Sherzod: Gapingiz to’g’ri opa.
Aziza: Mana manzilga ham yetib keldik.
Sherzod mashinadan tushib pul uzatdi.
Sherzod: Rahmat opa!
Aziza: Rozi bo’ling!
Sherzod: Roziman opa,roziman!
Aziza: To’xtang ukam!Mana bu qog’ozga telefon raqamingiz bilan ismingizni yozib qo’ying.
Qog’oz va ruchka uzatdi.Qog;ozda bir nechta raqamlar yozilgan edi.
Sherzod: Nega opa?
Aziza: Yozavering.Agar imkon topolsam sizga yordam beraman!
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|