Aziza shahar bo’ylab mashinasini haydab ketar edi.Birdan yo’lga shoshib qo’l ko’tarib chiqqan Murodga ko’zi tushdi va uni yoniga kelib to’xtadi.
Murod: Assalomu alaykum! Sergeliga.
Aziza:Assalomu alaykum xayrli kun! O’tiring.
Murod orqa o’rindiqqa o’tirdi.Aziza mashinani shahar bo’ylab sekin haydab ketar edi.
Murod: Iltimos opa tezroq haydang! Ishga kech qolayapman.Shundog’am ishxonamdagilar menga toshbaqa deb laqab qo’yib bo’lishdi.
Aziza indamadi va mashina tezligini oshirdi.Mashina magnitafonini baland qilib qo’ydi.Yo’lda matizda yoshi 60 lar atrofida bir otaxon “Mustahzod’’ni eshitib sekin ketayotgan edi.Aziza matizni yonidan juda tez o’tib ketdi.Matiz haydovchisi boshini sarak sarak qilib qo’ydi.