O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-13 chi 19 GURUH TALABASI
KOZIMOVA MOXINURNING
“MOSKVA FONOLOGIYA MAKTABI VAKILLARI VA ULARNING ASOSIY TADQIQOT YO’NALISHLARI’’
mavzusidagi
KURS ISHI
5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Abdullayeva G. G
Buxoro 2022
MUNDARIJA:
1. MOSKVA FONOLOGIYA MAKTABI……………………...…………………3
2.FONOLOGIYA MAKTABI TADQIQOTCHILARINING AMALGA OSHIRGAN TADQIQOT ISHLARI …………………………………………..….7
3.FONEMA NAZARIYASI VA UNING RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY YO’NALISHLARI……………………………..…………………………………10
4.FONOLOGIK NAZARIYA: UNLILARNING KO’TARILISH DARAJASI…………………………………………….………………………….18
5.N.S.TRUBETSKIY -- ASOSIY FONOLOGIK BIRLIK NAZARIYASI …………………………………………………………………………………….26
XULOSA…………………………………………………..………….…………..28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………..…………..29
1. MOSKVA FONOLOGIYA MAKTABI
Moskva fonologik maktabi asrimizning 30-yillarida A.A.Reformatskiy ta`biri bilan aytganda, dars ilmiy markazi asosida shakllandi (DARS nomi bu ilmiy markaz asoschilari Dmitriev, Avanesov, Reformatskiy, Sidorovlarning bosh harflaridan olingan)1 Peterburg fonologak maktabidan farqli ravishda MFM da fonema ma`lum avtonomlikka ega bo`lgan, so`z va morfemaning tovush kobig`iga bog`liq bo`lmagan mustaqil birlik emas, balki so`z va morfemaning tarkibiy elementi hisoblanadi. PFM va MFM da fonemaga bunday ikki xil nuqtai - nazar bir fonetik qurshovdaga ayrim tovush birikmalarini ikki xil talqin qilishga olib keladi. Masalan, "angla" so`zidagi birinchi tovush A. SHcherba kontseptsiyasi bo`yicha "a" fonemasining varianti, chunki fonetik qurshovda "a" fonemasidan boshqa barcha fonemalar ottenkasi bilan qarama-qarshi munosabatda bo`la oladi. Moskva fonologik maktabi kontseptsiyasiga ko`ra bu fonema "o" fonemasining varianti, chunki o`zak tarkibida kuchli pozitsiyada (urg`u ostida)) "o" holida talaffuz qilinadi. Moskva fonologik maktabi kontseptsiyasining katta yutug`i shundaki, ular so`z shaklining tovush tomonini farqlash darajasiga ko`ra uning ikki pozitsiyasi-maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi, (kuchsiz pozitsiyaga) ajratadi. Qurshovdagi tovushlarning ta`siriga kam berilgan pertseptiv tomondan maksimal differentsial poziiiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. Rus tili unlilari uchun bunday pozitsiya urg`u osti pozitsiyasi, undoshlar uchun esa unli oldi pozitsiyasi hisoblanadi. O`zbek tili unlilari uchun so`zning faqat bir unlidan tashkil topgan so`zning birinchi bo`g`ini pozitsiyasi kuchli pozitsiyadir. R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasnif qilar ekan, ma`lum bir fonemaning bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaning boshqa belgisi uchun kuchsiz pozitsiya bo`lishi mumkinligini aytadi.
Shuning uchun u pozitsiyalarni quyidagi to`rt gruppaga bo`ladi:
1. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun
ham kuchli pozitsiya.
2. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun
kuchsiz pozitsiya.
3. Qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik belgisi
uchun kuchsiz pozitsiya.
4. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
Pozitsiya tushunchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarni ikkiga-pertseptiv kuchsiz (bilish tomonidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan) pozitsiyalarga ajratgani holda, birinchi fonema variatsiyalarini, ikkinchisi esa variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga "a" ning turli ottenkalari: "mat", "mat’", "myat", "myat’"; ikkinchisiga so`zning oxirgi, pozitsiyasi - prud va prut kiritiladi. MFM ning yana bir yutug`i bir belgisi asosida oppozitsiyaga kiritgan fonemalarning bir belgisi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo`qolishi, ya`ni ikki fonemani bir variantga muvofiqlashuvi-neytralizatsiyasi haqidagi ta`limotdir.
Masalan, yod va yot. MFM fonemani avtonom holda emas, balki morfema va so`zning ichida uning elementi sifatida o`rganganligidan, morfonologiyaning vujudga kelishiga qulay sharoit yaratdi. MFM pozitsiya tushunchasi bilan bog`liq giperfonema tushunchasini ham tilshunoslikka olib kirdi. Masalan, urg`uli bo`g`in oldida kelgan "o" va "a" unlilari rus tilida neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan, baran. Bu so`zdagi birinchi a tovushi o
fonemasining ham, a fonemasining ham varianti bo`lishi mumkin; ammo qaysi fonemani varianti ekanligini isbotlash kiyin. Bu variant a-o gruppasidagi fonemalardan birining varianti hisoblanadi. MFM terminologiyasi bo`yicha ana shunday fonemalar gruppasi giperfonema hisoblanadi. Fonetik birliklar va elementlarning ana shu jihatlari fonetikaning fizik- akustik , anatomik-fiziologik , perseptiv va lingvistik- funksional aspektlari deb qaraladi. Fonetikaning fizik-akustik aspektida fonetik birliklarning fizik tabiati tadqiq qilinadi. Fonetik birliklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi , kuchi , tembri, cho'ziqligi kiradi . Tovush tarkibida ishtirok etuvchi ovoz, shovqin , qo'shimcha ton kabi komponentlar ham fizik-akustik omillar sanaladi.
Fonetik aspektlar:
1. Tovushning balandligi - tovushning un paychalari tebranishi chastotasidan kelib chiqadigan sifat belgilari
2. Tovushning kuchi ( intensivligi ) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o'tadigan energiya miqdori.
3. Tovush tembri - tovushning asosiy ton va yordamchi tonlar (oberton, parsial tonlar ) qo'shilmasidan tarkib topadigan sifati.
4. Tovush cho'ziqligi - tebranishning oz yoki ko'p vaqt davom etishi.
Fonologiya tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyotini va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini tadqiq qiladi. Bu sohaning o'ziga xos jihati shundaki, u o'z obyektini semiologik aspektda (belgilar tizimi sifatida) o'rganadi. Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil fikr mavjud.
Birinchi fikrga ko'ra, fonologiya fonetikaning o'zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o'rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta'limot (fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi talimot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko'ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi. Ikkinchi fikrga ko'ra fonologiyani fonetikadan ajratib bo'lmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning "semantizatsiyalashgan" (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret talaffuz xususyatlarini o'rganmasdan tadqiq qilib bo'lmaydi . Demak, fonologiya aslida fonetikaning o'zi, faqat uning yuqori bosqichi, xolos. Binobarin, fonolog bir vaqtning o'zida fonetist bo'lmay iloji yo'q, ayni paytda fonetist ham doimo (shu jumladan, fonologiya paydo bo'lgan devrgacha ham) ma'lum darajada fonolog bo'lgan, chunki u umuman tovushni emas balki til tovushlarini o'rgangan. Ma'lumki, fonetikada tovush va bo'g'in segment birliklar, urg'u va intonatsiya (ohang) esa supersegment birikmalar tarzida tavsiflanadi.
Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va perseptiv aspektlarida to'plangan tajriba va ma'lumotlariga asoslanadi. Bu hol ham fonologiya bilan akustik fonetika, artikulyasion fonetika va perseptiv fonetika o'rtasida uzviy aloqa borligidan dalolat beradi.
Fonetik birliklarning lingvistik-funsional jihatlarini o'rganish asosan, XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlangan. Bungacha "fonema" va "fonologiya" tushunchalari bo'lmagan, hatto "tovush" va "harf" tushunchalari deyarli farqlanmagan.2
Do'stlaringiz bilan baham: |