Chi 19- guruh talabasi ning



Download 139,26 Kb.
bet10/11
Sana21.07.2022
Hajmi139,26 Kb.
#833111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jumayeva m

KO‘RGAZMALILIK. Mazkur tasnifni metodist G. V. Rogova ruhshunos prof. В. V. Belyayevning ko‘rgazmalilikka oid tavsiyalariga asoslanib tuzgan. Chet til o‘qitishda qo‘llanadigan ko‘rgazmalilik haqida boshqa mutaxassislar ham qimmatli ilmiy mulohazalar yuritishgan.3 Ta’Um jarayonida ishlatiladigan vositalar haqida VI bobda mufassal to‘xtab o‘tiladi. Puxta o ‘zlashtinsh prinsipi chet tilda o‘ziga xos talqin etiladi. Turli metodik sistemalarda ushbu prinsipdan turlicha foydalanilgan. Chet til birliklari (so‘z, so‘z birikmasi, nutq namunasi)ni o'quvchining xotirasida saqlanishi, nutq faoliyatida ulardan xohlagancha foydalanishi puxta o‘zlashtirishni ta’- minlay oladi. 0‘quv materialini analiz, sintezlash, qiyoslash, mulohaza yuritish yordamida ta’sirchan taqdimoti, tanishishdan keyin materialni ko‘rish, eshitish, harakat (nutqharakat va qo‘lharakat) analizatorlari ishtirokida ko‘plab mashq qilish va chet til nutqida ijodiy qo‘llash (fikr bayon etish va o‘zga1 G. V Rogova. Til birliklarini puxta o‘zlashtirishda mashqning ahamiyati ulkandir.7 (Kitobning kirish qismidagi „Mashqlar sistemasi" nomli mavzuga qarang.) O‘quv materialini puxta o‘zlashtirish deganda, chet tildagi nutqda til birliklari bo‘yicha barqaror ko‘nikma va malakalar hosil qilish tushuniladi. (Qoida yoki nazariy bilimlami mustahkam egallash fan asoslarini o‘rgatuvchi o‘quv predmetlari uchungina taalluqlidir.) Yakka-yakka (individual) yondashish prinsipini qo‘llashda har bir o‘quvchining qobiliyati hisobga olinadi. Shu bilan bir paytda jamoa bilan ishlash ham inkor etilmaydi, albatta. Ruhshunoslikdan ma’lumki, kishilar orasida ekstravertlar va introvertlar bor. Ekstravert deganda, „ochiq odam“, ya’ni muloqotchi, suhbatchi, gaplashishga moyil odam tushuniladi. Uning aksi esa introvertdir, ular gaplashishga unchalik intilmaydilar. Chet til o‘rgatishda introvertlami gapirish mashqlarini bajarishga faolroq jalb etish tavsiya etiladi. Ekstrovertlaming e’tiborlari esa o‘qish va tinglab tushunishga qaratiladi. Ta’limshunoslikdagi yakka-yakka yondashish prinsipi muallim oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi: har qaysi o ‘quvchining tabiati, nimalarga qodirligi, qiziqishi, kim bilan oshnachilik qilishi, nimalarga salbiy munosabatda bo'lishini muallim bilmog‘i lozim. Mas. chet tildagi juftnutq mashqini bajarishda kimlami sherik qilishdek psixopedagogik tadbir yaxshi/yomon natija berishi mumkin. Yoki tarqatma material beriladigan paytda o‘quvchining barcha xususiyatlari inobatga olinadi. Muallim darsga tayyorgarlik ko‘rayotganida ham o‘quvchilarning ijobiy va salbiy tomonlari e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ulaming bilim darajasidagi tafovutlari alohida hisobga olinadi. Prinsiplar ichida sistemalilik chet tilda butunlay ayricha m a’no kasb etadi. Fan asoslarini o'rgatishda ilmiy bilimlar sistemali bayon etiladi. Chet til o‘quv predmeti esa bilimlar yig‘indisini o‘rgatmasligi hammaga ayon. Nutq birlamchi, sodda mavhumot uning hosilasi ekanligi mezon qilib olinadi. Chet til muallimi til materialini sistemali emas, balki „nutq uchun zarur va kifoya“ qonuniyatiga rioya qilib o‘rgatadi. Mas. harflar alfavit tartibida berilishi shart emas. Og‘zaki nutqda o‘zlashtirilgan leksik birlikni yozish uchun muayyan harf beriladi. Binobarin, 26 ta harf birinchi o‘quv yili taqdim etilishi ham majburiy emas. (IV sinf ingliz tili (Toshkent, ,,0 ‘qituvchi“, 1982) darsligiga qarang.) Grammatik hodisalar ham grammatik sistemada taqdim etilmaydi. Grammatikani o‘rgatish tartibi nutq ehtiyojiga qarab belgilanadi. Leksikadan bir misol. ,,0‘zak so‘z oldin, yasama so‘z keyin degan qoida metodika uchun g‘ayriilmiy hisoblanadi. Birinchi o‘quv yilida
yasama so‘z teacher (teach+er) o‘rganilgan, keyingi sinflardan birida (mas., sinfda) teach o‘zak so‘zi taqdim etilgan. Leksika taqsimotida sistema hal qiluvchi omil emasligini founder so‘zi o‘rganilishidan anglasa boTadi. Uning negizi (found)umuman olinmasligi mumkin. Til birliklari sistemali taqdim etilmaganidek, ulardan yaratiladigan mavhumotlar ham sistema holida berilmasligi o‘zo‘zidan ma’lum. Mas. „artikl" tushunchasi nutqiy materialda uchrashiga qarab taqdim etiladi, umumiy nazariyadan o‘quvchilar bexabarlar. Chunki qoida (mavhumot) nutq ko‘nikma va malakalaming shakllanishida yordamchi ta’limiy vosita sanaladi.
Chet tilda nutq malakalari sistemasini yaratish yoki egallash ushbu prinsip mohiyatini ifodalaydi. Gapirish, tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozma axborot berish sistemasi dasturda tavsiya etiladi. Savolga javob qaytara ohsh, o‘zga shaxs nutqini idrok etib tushuna olish va h.k. muntazam mashq qilinadi. Didaktik prinsiplardan oson-qiyinlik yoki o ‘quvchi kuchiga moslik tushunchalarining ham chet til o‘qitishda o‘zgacha tatbiqi kuzatiladi. Bilim beradigan o‘quv predmetlari mavzulari yoki tushunchalarini o‘rgatishda „osondan qiyinga“ qonuniyatiga rioya qilinadi. Chet til o‘qitishda bunday talab qo‘yilishi mumkin emas. Mas. inglizcha tish oralig‘i jarangh/jarangsiz tovushlarining talafiuzi o'quvchilaiga o‘ta qiyindir. Biroq nutq jarayoni ehtiyojiga qarab, u dastlabki o‘rganiladigan hodisalar qatoridan joy oladi (aniq artiklda ushbu tovush ishtirok etadi). Mabodo tish oralig'i undoshi keyinroq o‘rgatilsa, nimaga erishish mumkin? Hech narsaga erishilmaydi, chunki bu tovushlar qachon o‘iganilishidan qat’i nazar, doimo qiyinchilik tug‘diradi. Xullas qiyin-oson material taqsimot mezoni bo‘la olmaydi. Bunga sabab, nutq malakasi hosil qilish, ya’ni uyat o‘igatish davrida til birligi tobe tushunchadir. Nutq faoliyatini egallash jarayonini tezlashtirish (intensifikatsiya) yoki samaradorligini oshirish (optimizatsiya) maqsadida qiyinchiliklar o‘quvchi kuchiga mos holda ,,taqsimlab“ taqdim etiladi. Ya’ni qiyinchilik taqsimlanadi. Qiyin hodisa kichik birliklarga bo‘linadi. Mas. inglizcha fe’lning hozirgi umumiy zamon shakllari ikkiga bo‘linib, uchinchi shaxs birlik alohida va qolgan barcha shaxslar alohida o‘rgatiladi. Interferensiya nazariyasiga ko‘ra ikkalovi bir yo‘la taqdim etilsa, o‘zaro chalkashlik sodir bo‘ladi. Yana bir misol. So‘zlaming tovush va yozuvdagi timsoli sun’iy ajratib o‘rgatiladi. (Og‘zaki nutqning ilgarilashi mezonini eslang.) Qisqasi, o‘quvchi qobiliyati nuqtayi nazaridan va o‘qitish shart-sharoitiga ko‘ra, qiyinchiliklarni taqsimlab o‘rgatish prinsipi ro‘yobga chiqariladi. Chet til o‘qitishning psixologik prinsiplari. Yuqorida ta’limshunoslikka oid prinsiplar tavsifi ko‘rib chiqildi. Til o‘rganish aqliy faoliyat bo‘lganligi tufayli, uning psixologik asoslari mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda ilmiy tekshiriladi. Shu munosabat bilan chet til o‘qitishning psixologik prinsiplarini tadqiq etish ehtiyoji tug‘iladi. Ilmiy manbalarda chet til o‘qitishning ikkita psixologik prinsipi ishlab chiqilgan1. Psixologik prinsiplar ,,verbalizatsiya“ va ,,korrelatsiya“ nomlarini olgan. Chet til o‘qitishning psixologik prinsiplaridan verbalizatsiya ma’no doirasiga quyidagilar kiradi: o‘zga til amalda faqat og‘zaki nutq orqali o‘rganiladi, ya’ni og'zaki nutq ta’lim maqsadi bo‘lsagina begona tilni o‘zlashtirishga yo‘l ochiladi. Shunday qilib, tilda verbalizatsiya prinsipi og‘zaki nutq o‘rgatishni taqozo etadi. Psixologik prinsipning ikkinchisi — korrelatsiyadir. Korrelatsiya prinsipi terminini mana bunday tushunish mumkin: chet til materiali (leksika, grammatika va talaffuz)ning muayyan chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan til birliklari majmuyi shakllanadi. Nutq mavzulari leksikani tanlashda belgilovchi metodik mezon vazifasini o‘taydi. Til hodisalariga oid mavhumotlar nutq malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi, ular yod olinmaydi va h.k. Chet til qoidasini yod olmaslik masalasi ruhshunoslikda isbotlangan. Biroq psixologik prinsiplar shu
ikkalasi bilan chegaralanadi. Til o‘qitishning tilshunoslik asoslari (II bob) birmurcha tadqiq etilganligiga qaramay, metodika fanida hozirgacha chet til o‘qitishning lingvistik prinsiplari masalasiga qo‘l urilgan emas. Ular o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Metodika prinsiplari mohiyatini yoritishda psixologik va lingvistik qonun-qoidalarga suyanib ish ko‘riladi.

Xulosa:
Til o‘rganish kishilik jamiyatida bag‘oyat muhim sohalardan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik orasida) yoki uyushgan holda (darsda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rganiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillami bilish, ayniqsa, ko‘p tillilik (poliglossiya) ulkan ahamiyat kasb etmoqda. O ‘zbekiston Respublikasida tahsil oladigan o‘quvchi va talabalar odatda uch tilni o'rganadilar. „Idrokli yoshlarimizning ko‘pchiligi uch til egasidir“. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi: ona tili, ikkinchi til va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o ‘taydigan birinchi tildir. Ruhshunoslar e’tirofiga binoan „tafakkur — verbal“, ya’ni fikrlash so‘z bilan chambarchas bog‘liq, so‘z — tushuncha ifodalovchisi. Ona tili so‘zlari zaminida o‘zlashtirilgan tushunchalar ikkinchi yoki chet til o‘rganish chog£ida o‘zga til so‘zlarining tovush va yozuvdagi timsolida gavdalanadi. Ona tili, ikkinchi til va chet tilda o‘rganiladigan so‘z (mas. non —хлеб — bread) miqdoran uchta, biroq ular ifodasida shakllanuvchi tushuncha esa yagona: ,,un mahsulotlaridan xamir qorib, tandir, o ‘choq yoki gazda pishiriladigan, yopiladigan yegulik, tirikchilik uchun zarur narsa“. Xullas, tushuncha, tilshunoslar ta ’biri bilan aytganda, umuminsoniy, baynalm ilal hodisadir, so‘zning fonetik va grafik timsoli esa milliydir. 0 ‘z tilida shakllangan tushunchalami o‘quvchi/talaba endi ocrganilayotgan o‘zga til so‘zlari bi1 G ‘afur G'ulom. Ko‘p tilni bilishning xosiyati / / 0 ‘qituvchilar gazetasi, 1965-yil 16-sentabr („Toshkent oqshomi“ gazetasining 1989- yil 6-aprel sonida ,,Ko‘p tilni bilish xosiyati“ nomi bilan qayta bosilgan). Ian fikran bog‘laydi. Binobarin, til o‘rgatish ruhshunosligining yirik mutaxassisi, professor Boris Vasilyevich Belyayevning „chet tilda tafakkumi shakllantirish“ga doir ilmiy mulohazasi nomaqbuldir, zero, turli tilda ifodalangan fikr uyg‘unligi kuzatiladi. Ikkinchi til haqida so‘z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo‘shnilar tili sifatida qaraladi. M a’lumki, til kishilarning bir-birlarini yaqindan bilishlari, hurm at-e’zozlashlari, do‘stlashishlarida tengi yo‘q omil, bebaho vositadir. 0 ‘rta va oliy o‘quv yurtlarida boshqa tillarda ta’lim oluvchilar uchun ikkinchi til tushunchasi o‘zbek tili demakdir. Chet til — bu xorijiy mamlakat tili. Respublikamizda G ‘arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari o‘qitilmoqda. Ular ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olgan. Uchala tilni o‘qitish jarayoni turlicha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur shakllanadi, o‘zga tillami o‘rganish ulardagi fonetika, leksika va grammatikaga xos xususiyatlami his etish
bilan bog‘liqdir; ikkinchidan, o ‘rganish tartibi ona tilidan boshlanib, undan keyin ikkinchi til va, nihoyat, chet tilga o‘tiladi; uchinchidan, ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o ‘rganiladi. Chet tildagi muloqot,
asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchining to'plagan til tajribasi me’yorini
aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi. Til tajribasi termini Yevropa tillarida chop etilgan metodik adabiyotlarda deyarli uchramaydi, chunki rus (Rossiya Federatsiyasi nazarda tutiladi), ingliz, nemis, fransuz maktablarida yagona ona tili chet til o‘rganishda hisobga olinadi. O‘zbekiston maktablarida esa ona tili va ikkinchi tildan hamda o‘iganilayotgan chet tilning o‘zidan to‘plangan yaxlit til tajribasi xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.


Download 139,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish