Chi 19- guruh talabasi ning



Download 139,26 Kb.
bet1/11
Sana21.07.2022
Hajmi139,26 Kb.
#833111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jumayeva m


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI


11-13 CHI - 19- guruh talabasi


_________________ning
________________________________________
mavzusidagi
KURS ISHI
5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)


Ilmiy rahbar: Abdullayeva G. G.
Buxoro 2022
MUNDARIJA:

  1. Grammatikada yordamchi fe’llar haqida keng tushuncha……...........3

  2. Ingliz tilida yordamchi fe’llarning qo’llanilishi……………………...6

  3. O’zbek tili grammatikasida yordamchi fe’llarning ishlatilishi…….…12

  4. Strukturasi, o’xshash va farqli tomonlari……………………………16

  5. Yordamchi fe’llar qo’llanilishida lingvo-didaktika masalalari………25

  6. Xulosa………………………………………………………….…….31


I.Grammatikada yordamchi fe’llar haqida keng tushuncha
Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq, ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
1)Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, nutqiy jarayonda biror gap bo‘lagi vazifasida ishlatiladigan fe’llardir. Mustaqil fe’llar turli grammatik kategoriyalarga birlashadigan sof fe’l va vazifadosh shakllardan tashkil topadi. Masalan: keldim — aniq nisbat, bo‘lishli, xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik kabilar muayyan grammatik kategoriyalarni ifodalovchi sof fe’llar hisoblansa; kelgan - sifatdosh, kelgach - ravishdosh, kelish - harakat nomi shaklida ekanligi esa fe’lning vazifadosh shakllaridir.
2)Yordamchi fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’no va vazifalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladigan fe’llardir. Yordamchi fe’llar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi: 1) qo‘shma fe’l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi fe’llar. Masalan:xabar qilmoq, xursand bo‘lmoq, tasdiq etmoq kabi; 2) kesim tarkibida bog‘lama vazifasinibajaruvchi yordamchi fe’llar. Bu vazifadagi yordamchi fe’llarga a)leksik ma’nosini mutlaqo yo‘qotgan sof bog‘lamalar, ya’ni edi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari kiradi; b) leksik ma’nosini tamomila yo‘qotmagan bo‘ladi, bo‘lmaydi, deyiladi, hisoblanadi kabi bog‘lamalar kiradi; 3) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar: chiq-o‘qib chiq, qol-uxlab qol kabi. Fe’llarning bosh shakli uning o‘zak-negiziga –moq affiksini qo‘shish orqali yasaladi: o‘qimoq, ishlamoq, yozmoq, o‘tirmoq, o‘qib chiqmoq, bilib olmoq. Ular lug‘atlarda ham shu shaklda beriladi.
O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.
1.Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan narsaga o‘tishini bildiruvchi fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: ol, o‘qi, saqla, tozala fe’llari o‘timlidir.
2.Narsaga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir. Masalan: bor, kel, o‘tir kabi fe’llar o‘timsizdir.Nisbat kategoriyasi. Fe’ldan anglashilgan harakatningbajaruvchi va bajariladigan harakat o‘rtasidagi munosabatining ifodala- nishi fe’l nisbati deyiladi. 1. Aniq nisbat. Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganini yoki bajarilmaganini ifodalaydi. To‘ldiruvchi esa harakatning obyekti bo‘ladi. Aniq nisbat maxsus affiksga ega emas: o‘qidi, yozdi, kutdi kabi sof fe’llar ana shu nisbatdadir.
2) O'zlik nisbat. Harakatning bir shaxs yoki narsaning o‘zida sodir bo‘lishini anglatadi. Bu nisbat quyidagi affikslar orqali hosil bo‘ladi: a) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -n, undoshdan keyin -in affiksini qo‘shish orqali: o‘ran, yuvin; b) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -l, undoshdan keyin -il affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: cho‘m+il, surka+l; d) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -sh, undoshdan keyin -ish affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: joyla+sh, ker+ish. Yetakchi ko‘makchi fe’lli birikmalarga o‘zlik nisbati qo‘shimchasi, asosan, yetakchi fe’lga qo‘shilib keladi: suyanib turmoq, yuv+in+ib kelmoq, qo‘zg‘a+l+ib ketmoq kabi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, tilimizdagi zavq+lan, achchiq+lan, foyda+lan, o‘ng‘aysiz+lan kabilar o‘zlik nisbatdagi fe’llar hisoblanmaydi. Chunki zavqlanmoq, achchiqlanmoq kabi fe’llar tarkibidagi -n nisbat yasovchi emas, balki -la va -n bir butun holda (-lan) affiksidir. Shu bois, zavqlan, achchiqlan fe’llari aniq nisbat shakli hisoblanadi. Xuddi shuningdek, ba’zi o‘timli va o‘timsiz fe’llardan ham o‘zlik nisbati yasalmaydi: bor, yugur, o‘qi, hayda, ek, min, sug‘or kabilar, shular jumlasidandir. Orttirma nisbat. Harakatning boshqa bir shaxs yoki narsa ta’sirida, tazyiqida bajarilishi, orttirilishini ifodalovchi fe’l shaklidir. Quyidagicha affikslar orqali hosil qilinadi: 1) - dir (tir): yozdir, kuldir; 2) - gaz (-giz, -g‘az, -g‘iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz): ko‘rgaz, ketkiz, o‘tqaz; 3)t: o‘qit, qurit, ishlab; 4) - iz: oqiz, tomiz; 5) - ir: botir, tomir,oqir; 6) – ar: chiqar, qaytar; 7) - sat: ko‘rsat. Ayrim fe’llarning orttirma nisbatni yasashda ko‘rsatilgan affikslardan faqat bittasini, boshqa fe’llarda esa bir nechtasini sinonim sifatida qo‘llash mumkin: ko‘n+dir - to‘la+t-to‘l+dir - to‘l+g‘iz kabi.
Shuningdek, orttirma nisbat boshqa nisbatlardan farqli ravishda fe’lga birdan ortiq affikslar qo‘shish bilan yasalishi mumkin: jo‘na+t+tir+di, yoz+dir+tir+di.
Orttirma nisbat o‘timli yoki o‘timsiz fe’llardan ham yasaladi: uxla - uxlat, o‘qi-o‘qit kabi. Orttirma nisbat o‘timsiz fe’llardan yasalganda, o‘timli fe’l yuzaga keladi: ko‘kar- ko‘kartir, uch - uchir kabi.1
Majhul nisbat. Harakat to‘ldiruvchi anglatgan narsa yoki shaxs tomonidan bajarilib, egaga o‘tadi yoki haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi: O‘qish boshlandi (bajaruvchisi noma’lum), yer haydaldi (harakat bajaruvchisi traktorchilar).Bu nisbatan -in / -n va -l / in affikslari orqali hosil qilinadi: tara+l, ulu+n, keltir+il, ol+in kabi. O'zlik va majhul nisbat qo'shimchalari bir xil. Farqlash usullar:1) O'zi so'zi bilan moslasha olsa, o'zlik nisbat; 2) Kim tomonidan? nima tomonidan? so'roqlarini qabul qilsa, majhul nisbat! Chiqindilar ko'chaga tashlandi(kim tomonidan) - majhul, Ko'chada nogohon it tashlandi(o'zi) - o'zlik; Mix qoqildi(kim tomonidan) - majhul, Qiz toshga qoqildi(o'zi) - o'zlik! Birgalik nisbat shakli -(i)sh affiksi yordamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi: yozishdi,tozalashdi. Birgalik nisbatdagi fe’llar mazmunan a) harakatni bajarishda birga ishtirok etish ma’nosi: tozalashdim, yuvishdim ; b) o‘zaro, galma-gal bajarilgan harakat ma’nosi: urishdi, tortishishdi, talashishidi kabilarni ifodalaydi. Birgalik nisbat shaklidagi fe’l ko‘plik ifodalovchi -lar affiksi bilan sinonim hisoblanadi: keldilar-kelishdi, o‘qidilar-o‘qishdi.
Yetakchi va ko‘makchi felli birikmalarda birgalik nisbat ko‘rsatkichi quyidagi tartibda qo‘shiladi: a) yetakchi fe’lga: kel+ish+ib qoldi, quv+ish+ib ketdi; b) ko‘makchi fe’lga: quvib ket+ish+di, kelib qol+ish+di; b) har ikkalasiga qo‘shiladi. Bunda yetakchi fe’ldagisi birgalik ko‘makchi fe’ldagisi esa ko‘plik ifodalaydi: kul+ish+ib qo‘y+ish+di, ayt+ish+ib qol+ish+di.
Yordamchi fe’llar harakat bildirmaydi (mustaqil ma’noga ega emas). Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi fe’llar uch xil:
a) bog’lama vazifasida keluvchi, so’z yasalishida ham ishtirok etuvchi yordamchi fe’llar: bo’l, qil, ayla, et; b) fe’llarga birikib, turli qo’shimcha ma’no ifodalovchi fe’llar yoki ko’makchi fe’llar: o’qib, chiqmoq, aytib bermoq. Ko’makchi fe’llar turli modal ma’nolarni ifodalaydi. Hozirgi o’zbek tilida butunlay ko’makchiga aylangan (mustaqil ma’nosini yo’qotib, faqat ko’makchi sifatida qo’llanadigan) fe’l yo’q. Mustaqil fe’llar ko’makchi vazifasida ham qo’llanadi. Ko’makchi fe’l bog’lanib kelgan fe’l etakchi fe’l deyiladi: gapirib (etakchi) bermoq (ko’makchi). Ko’makchi fe’llar etakchi fe’lga asosan -i (b),-a,-y ravishdosh qo’shimchalari yordamida birikadi. Ko’makchi fe’l etakchi fe’lga ravishdosh orqali birikkanda, tuslovchi qo’shimchalar ko’makchi fe’lga qo’shiladi: yozib oldik. Etakchi fe’lga ko’makchi fe’l grammatik shaklsiz (qo’shimchasiz) birikishi ham mumkin: yozdi-oldi, aytdi-qo’ydi. Boshla ko’makchi fe’li deyarli barcha fe’llar bilan qo’llana oladi. v) fe’l va fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’llanib, turli ma’nolar ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo’llanuvchi edi, ekan, emish (emas, esa) yordamchi fe’llari to’liqsiz fe’l hisoblanadi. Fe’llar o’timli va o’timsiz bo’ladi. O’timli (ob’ektli) fe’llar ish-harakatning biror ob’ektga o’tganligini bildiradi va tushum kelishigidagi so’zni boshqaradi: ber (qalamni), o’rgan (hunarni), yoz (qoidani). O’timsiz (ob’ektsiz) fe’llar bunday xususiyatga ega bo’lmaydi: kul, yugur, qayt. Orttirma nisbat qo’shimchalari o’timsiz fe’lni o’timli fe’lga aylantiradi: kuldir, yugurtir, qaytar.

Download 139,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish