XOTIRANGIZNI O’TKIRLAB OLING!
Avvalgi keltirilgan usullarning ko’pchiligi nafaqat til o’rganishda, balki, agar to’g’ri qo’llanilsa, har qanday ilmni egallashda ko’mak bolishi mumkin. Hozir sizga aytib beradigan usulim esa albattaki barcha tolibi-ilmlarga ta’lluqli. Shuning uchun ushbu yerdan boshlab maqolaning nomini kengaytirib “ILM QAL’ASINING QAMALI” desak to’g’riroq bo’ladi…
Masalani sizga bir masal bilan anglatmoqchiman. Ikki o’tinchi (kuchlari ham teng, asboblari ham) ayni paytta ayni qalinlikdagi ikki daraxtni aralay ketibdi. Ulardan birinchisi bir daqiqaga ham to’xtamay aralashga kirishibdi, ikkinchisi esa besh-o’n daqiqa to’xtab, dam olib ishlarkan. Sizningcha qaysinisi o’z daraxtini birinchi qulatgan? Qarangki, to’xtab, dam olgani tezroq bitirgan ekan ishni! Buning sababi uning kuchida yoki arrani qanday tortishida emas, balki uning har to’xtagan paytida o’z arrasini qayroq to’sh bilan o’tkirlab olishida bo’lgan ekan! Haligi to’xtamay qilingan harakatlar esa agar arra o’tmaslashib qolsa qanchalik foyda berardi? Siz ham muhtaram ilm tolib va tolibalari, faqat o’zingizni hotirangizdan shikoyat qilavermay, xotirani yanada o’tkirlash yo’llarini izlang. Aytingchi kim Arnold Shvartzneggerga o’xshagan muskullar bilan tug’ilgan? Hech kim! Kuchli muskullarga mashq bilan erishiladi. Huddi shunga o’xshab kuchli xotiraga ham mehnat bilan erishiladi. Men har safar dars boshlashimdan avval o’quvchilarga xotirani yaxshilash usullarini o’rgatishga harakat qilaman. Hozirda G’arbda bunga ancha katta e’tibor beriladi, bizning maktablarda esa bu muhim ishga deyarli umuman e’tibor qaratilmaydi, maxsus o’qish usularini taxsil beruvchi darslar va darsliklar yo’q. Hamma o’zicha, o’zi bilganini qilib, bir amallab o’rganadi o’z sohasini. Sharqda ham ota bobolarimiz o’tkir xotirasi bilan ajralib turganlar. Allomalarimizdan biri Qur’oni Karimni yodlagan paytida bir tarafini qo’li bilan yopib turar ekan, chunki unday qilmasa ikkala varoqni teng yodlab qo’yishi mumkin ekan!
Eng yaxshi xabarni aytaymi? Dunyo bino bo’lib hali hech kimning dunyoda xotirasi to’lib qolgan emas. Inson imkoniyatlarini tadqiqot qiluvchi olimlar Dunyodagi eng katta kutubxonada saqlanayotgan millionlab kitoblar ham bitta odamning xotirasiga sig’ib ketishini e’tirof etmoqdalar. E’tibor beringa! Sig’ib ketar ekan, siqqandan keyin to’lib qolar ekan demayabdi. Bilasizmi, aytishlaricha Napoleon Bonapart o’zining GRANDE ARMEE, ya’ni bir necha yuz mingdan iborat lashkarining HAR BIRINI ismini yoddan bilgan ekan! Albatta u odam undan tashqari ham judayam ko’p narsani yoddan bilganligi aniq.
Qanday mukammal maxluq ekan INSON degani? Axir hecham xotirasi to’lmaydigan telefon yoki kompyuterni tasavvur qila olasizmi? Peshonagizni ichida o’shanday kompyuter deyarli ishlatilmay yotibdi! Mashxur so’z ustasi Xojiboy aka (ha qiziqchi emas, aynan so’z ustasi) ning bitta askiyasi bor: Bir joyda kallalar sotilyabdi ekanda, Yapon kallalari rossa arzon emish, O’zbek kallalari esa judayam qimmat emish. Sababini so’rashsa, sotuvchi “O’zbek kallalari deyarli ishlatilmagan, yap-yangi” der emish!
Xotirani yaxshilashning ham fizioligik (jismoniy), va ham ma’naviy taraflari bor. Keling xotiramizning markazi bo’lmish inson miyyasi haqida so’z yuritaylik. Fiziologik atrafdan olib qaraydigan bo’lsak, insonning miyyasi tana og’irligining taxminan 3 foizinigina tashkil qilishiga qaramasdan, tanaga kirayotgan havodagi kislorodning 20-25 foizini iste’mol qilar ekan. Bundan juda bir muhim xulosaga kelish mumkin: kislorod miyya faoliyati uchun o’ta muhim moddadir. Shunday ekan toza havoda mash qilib qaytgach olinadigan ilmni miyya ancha faollik bilan egallashi tayin! Undan tashqari o’tirgan honangizda ham xona havosining tozaligi o’ta muhim. Xotira bo’yicha yozilgan kitoblardan O’zbekistonda topish mumkin bo’lgan bir juda ajoyib qo’llanmani sizlarga tavsiya etmoqchiman. U Viktor Pekelis tomonidan 1980-yillarda yozilgan “Kak Naiti Sebia” kitobidir. Ushbu kitob nafaqat xotira balki inson hayotining ko’plab sohalari, xususan insonlararo munosabatlar, ilm olish, mash qilish va shu kabi sohalarni ham o’z ichiga olgan. Ayni muallif xotira va boshqa inson qobiliyatlari haqida o’zining “Tvoi Vozmozhnosti, Chelovek!” degan kitobida ham batafsil fikr yuritgan. Xotirani teranlashuviga omil bo’luvchi ovqatlar va mevalar haqida ko’plab kitoblarda yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |