CHET TILINI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI VA O‘RNI
Tillar kafedrasi – 2021
||107||
vakommunikatsion texnologiya vositalari orqali gapirish ,to‘g`ri talaffuz qilish
,tinglab tushinish yoxud grammatik bilimini oshirish uchun bemalol qo‘llay olishi
lozim. Chet tili o‘rgatishda zamonaviy texnologik vositalarning imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanish,ular ko‘magida yoshlarga xorijdagi tengdoshlari bilan hamohang
tarzda xorijiy tillarni o‘rganish, ular bilan raqobatlasha olish, chet tilida
qiynalmasdan, xuddi “native speakerlar”dek gapira olish va chet tilida o‘zi mustaqil
ravishda o‘quv mashg`ulotlarini olib borish kabi juda keng imkoniyatlarni taqdim
etadi.Buning ustiga, hozirgi kunda AKT vositalari –kompyuter texnikasi, magnitofon
kitob ,video uskunalari,,elektron doska orqali dars vaqtini tejash va yanada ko‘proq
va samarali ma`lumot olishga imkoniyat beradi.Bugungi yoshlar o‘zlariga kerakli
bo‘lgan ma`lumotlarni olish , biror sohani yoxud tilni o‘rganish uchun kitob
varaqlamasdan qisqa va tez muddatda internet orqali ma`lumotga ega bo‘ladilar.Bu
esa o‘z navbatida vaqtni tejash va mustaqil ko‘nikmalarga erishishda muhim
ahamiyat kasb etadi.Chet tillarini o‘rgatishda internet tarmog`ining cheksiz
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish ,ta`lim va pedagogik jarayonlarga mutimedia
texnologiyalarining kirib kelishining ko‘plab foydali tomonlari borligiva bu bilan
ta`lim sifatini yanada unumli va sifatli darajaga ko‘tarish tobora eng dolzarb masala
ekanligi ta`kidlab o‘tilmoqda. Darhaqiqat ,zamonaviy texnologiya vositalarining
ta`lim jarayoniga keng miqyosda yoyilishi – yoshlarning kommunikatsion
vositalardan o‘quv jarayonida foydalanishi ularga cheklanmagan miqdorda
imkoniyatlar yaratayotgani ,mustaqil ravishda ya`ni o‘qituvchining yordamisiz ham
internet orqali o‘zini qiziqtirgan narsalar to‘g`risida yoki turlixil onlayn kurslarda
bepul bilim olishi uchun qulay imkoniyatlar tug`diradi.Ma`lumki, hozirda
maktablarda darslarni interfaol o‘yinlar orqali tashkil etish juda ommalashib
bormoqda. Bu esa o‘quvchilarni qiziqtirish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish,
diqqatini jamlash va xotirada oson va tez saqlanib qolishiga xizmat qiladi.Ta`kidlash
joizki,dars jarayonlarinida o‘yin texnologiyasidan foydalanishning asosiy maqsadi
shaxsning o‘zini namoyon qilish ,hayotda o‘z o‘rnini topish ,o‘zini nazorat qilish ,o‘z
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlarini tashkil etadi.
AKTdan foydalanib dars mashg`ulotlarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy
maqsad darsni boyitish ,oddiy kitob bera olmaydigan ma`lumotlarni ,didaktik
ko‘rgazmalarni berishdir.Xulosa o‘rnida aytish mumkinki,chet tilini o‘qitishda
axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchilar
uchun qulay va keng imkoniyatlar yaratishi, ta`lim sifatini oshirishi bilan bir qatorda,
chet tillarini o‘rganishga qiziqishning o‘sishi,millatlararo,madaniyatlararo muloqotga
Do'stlaringiz bilan baham: |