Reduktor (lotincha: reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun moʻljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni oʻzgartirib beradi. R. korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat boʻladi. Tishli gʻildiraklar soniga qarab, R.lar bir, ikki va koʻp pogʻonali boʻlishi mumkin. Mas, ikki pogʻonali R. bir juft konus va bir juft silindrik shesternyalardan iborat boʻladi. Uzatish sonini oʻzgartirish mumkin boʻlgan R. uzatmalar qutisi deb ataladi. R. avtomobil, traktor, stanok, yuk koʻtarish hamda yoʻl qurilish mashinalari, pookat stanlaoi va boshqalarda keng qoʻllaniladi; 2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bugʻ suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xilda tutib turadigan qurilma. R.ning asosiy elementi — reduksion klapan. Toʻgʻri va teskari ishlaydigan xillarga boʻlinadi. R. gaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va boshqalarga oʻrnatiladi.[1]
ChERVYAKLI UZATMA — vint (chervyak) va u bilan ilashadigan chervyak gʻildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsiodal rezba bilan gʻildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga kura, bir, ikki va toʻrt kirimli, rezba oʻrami shakliga koʻra, arximed spiralli, botiq profilli va b. xillarga boʻlinadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta boʻladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda / — uzatish soni, z, — chervyakning kirimlar soni, z2 — chervyak gʻildiragi tishlari soni.
Chervyakli uzatmaning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar (chervyak oʻrami bilan gʻildirak tishi) ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffitsiyenti pastligi, detallar qizib yeyilishi xisoblanadi. Chervyak gʻildiraklari yeyilishini kamaytirish uchun ular antifriksion xossali materiallar (asosan, bronza) dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar (bronzapoʻlat, bronzachoʻyan)dan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va b. dan tayyorlanadi.
Chervyakli uzatmadan mashinalarni harakatlantiriщda, boshqarish qurilmalari (mac, avtomobilning rul boshqarmasi)da, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, koʻtarishtashish mashinalari va b. da foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |