O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
PQ-3693-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasining
TASHKILIY TUZILMASI
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 54 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga
3-ILOVA
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hududiy bo‘limining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 4 birlik.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hududiy bo‘limlari xodimlarining umumiy cheklangan soni — 56 birlik.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 07/18/3693/1156-son; 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
1.2. Korxonalarda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.
Raqobat, raqobatbardoshlik va raqobatda ustunlik borasidagi turli nazariy konsepsiyalar va amaliy yondashuvlar mavjud. Mazkur tushunchalarga xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan berilgan ta’riflar qiyosiy tahlil etilib, quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Raqobat – bu, subyektning o’zi uchun maqbul sharoitga intilishida tovar yoki xizmatlarning narxi va sifati muvofiqligiga erishish yo’li bilan iste’molchilarning ishonchini qozonishi, ko’zlangan pul manlag’lariga ega bo’lishi uchun bozor subyektlari o’rtasida yuzga keladigan bahs, musobaqa kurashidir”13.
Raqobatbardoshlik – bu, o’ziga o’xshash raqobatchilar bilan olib boriladigan bahs, musobaqa kurashida tenglikni saqlab turish, ba’zi holatlarda ustunlikka erishish qobiliyatidir.
Raqobatdagi ustunlik – bu, bozor subyektining raqobatchilar bilan bo’ladigan narx, sifat hamda ularningmuvofiqligi bo’yicha tafovutning, naflilikning xaridor va iste’molchilar uchun farqli ko’rinishidir.
Raqobat va raqobatbardoshlik o’rtasida aloqadorlik mavjud bo’lib , biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxona (firma) larni raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko’rsatishga undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o’lchov bo’lib, xususiyati, shundan iboratki, uni raqobat predmeti (mahsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo’llash mumkin. Raqobatdoshlik deganda, odatda, tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal rentabellikni ta’minlaydigan narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Raqobatbardosh tovarlar bozori cheklanib qolmaydi, makroqitisodiy mazmunga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |