MAVZU:Ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanishida axborot
kommunikatsiyalarini o’rni
K90-21 guruh talabasi Omonillayev Zoxidjon
Istiqlolga erishganimizdan
so‘ng, yurtimizda axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish,
uning huquqiy-tashkiliy hamda
moddiy-texnik
mustahkamlashga davlat
siyosati darajasida e’tibor
qaratildi. Davlatimiz qisqa davr
ichida milliy AKT infratuzilmasi
modeliga ega bo‘ldi hamda bir
qator hukumat qarorlari va
Prezident farmonlari qabul
qilindi. Bugungi kunda barqaror
taraqqiyotga erishishda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarning o‘rni har
qachongidan ham ko‘ra dolzarb
bo‘lib borayapti.
Qaysi sohaga e’tibor qaratmang, ularning barchasida ushbu
texnologiyalardan foydalanish tobora kengaymoqda. AKT taraqqiyoti har
qanday mamlakatning raqobatdoshlik darajasini oshirib, katta qulayliklar
eshigini ochadi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng
imkoniyatlar yaratadi. Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab 18,6 ming baza
stansiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, mobil aloqa abonentlari soni so‘nggi 10 yilda
7,5 barobar ko‘paydi. SHularga mos ravishda yurtimizda mobil aloqaning
to‘rtinchi avlod tarmog‘i — “4G”– LTE salohiyati oshirilmoqda.
Mamlakatimiz viloyat markazlarida va Toshkent shahrida “4G”–
texnologiyasining bazaviy stantsiyalari ishlatilib kelinmoqda va buning
ko‘lami kengaytirilib borilmoqda.
Bu aholining telekommunikatsiya xizmatlarini yanada samarali qo‘llashi,
yuqori tezlikdagi internetni ta’minlab, davlat tashkilotlaridan kerakli
ma’lumotlarni tez va qulay tarzda olish imkoniyatini bermoqda.
Innovatsiyalar televidenie sohasiga ham keng kirib borayapti. Raqamli
televideniening asosiy xususiyati — tasvirning sifati. IPTV internet
xizmatlari keng ravishda ta’minlanib kelinmoqda [1, с.56]. Kompyuter
tarmoqlari hamda unga muqobil axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) ta’lim tizimi uchun, eng avvalo, yer sharining istalgan nuqtasidan
turib, tezkor ravishda zarur ma’lumotni olish bilan bog‘liq bo‘lgan
imkoniyatlar yaratdi.
Xususan, Internet global kompyuter tarmog‘i orqali dunyo axborot
resurslariga kirish lahzalarda amalga oshirilishi buning yaqqol dalilidir.
Taraqqiyot mevasi bo‘lmish zamonaviy texnologiyalar insoniyatning
uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilish maqsadida yaratilgan. Ayniqsa, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi har soha
taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Inkor etib
bo‘lmas bir haqiqat bor, bugungi davr vakilining o‘z zamonasi
texnologiyalaridan foydalana olmasligi, ularni o‘z hayoti, kasbi va
hunariga tadbiq etmasligi nuqson sanaladi. Ta’kidlash joizki, umumta’lim
maktablarida, kasb hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan turli o‘rinlarda unumli
foydalanishlari ularning mahoratli mutaxassis ekanligidan dalolat beradi.
Insoniyatning XXI asrga qadam qo‘yishi
jamiyat hayotining hamma sohalarida
axborot texnologiyalarining rivojlanishi
bilan belgilanmoqda. Axborot va uni
qayta ishlash borgan sari rivojlanib,
ishlab chiqarish darajasiga, davlat
resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib
bormoqda. Zamon talabiga javob
beradigan, yangicha fikrlaydigan, bozor
sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik
yuritadigan yuqori malakali, chuqur
bilimli mutaxassislarni tayyorlash esa
davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz
rivojlangan davlatlar qatoridan mustaqil
o‘rin egallashi uchun zamonaviy
kompyuter texnologiyalarini
hayotimizning barcha sohalariga joriy
etish zarurdir. Davlat umummilliy
dasturida asosiy yo‘nalishlardan biri
sifatida umumta’lim maktablari, kasb
hunar kollejlari va oliy ta’lim
muassasalarini axborotlashtirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu dastur doirasida ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter
texnikalari bilan ta’minlanmoqda. Ta’lim muassasalari to‘liq Internet va
ZIYONET tarmog‘iga ulandi. Zamonaviy shaxs shu qadar ko‘p axborotga
egaki, u axborotlarni yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz
ishlov berishi va ishlatishi mumkin emas. Yildan-yilga bizning
hayotimizga kompyuter va u bilan birga axborot-kommunikatsion
texnologiyalari jadal kirib kelmoqda.
Ta’lim siyosatining hozirgi asosiy maqsadi ta’lim oluvchi shaxs, jamiyat
va davlat ehtiyojlarini qondiruvchi muhim va kelajakdagi rivoji uchun
zarur yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy ta’lim berishga
qaratilgan.
Ta’lim muassasalarining pedagoglari va rahbarlarining kasbiy
omilkorligini rivojlantirish uchun ularni faoliyatining birinchi
kunlaridanoq qo‘shimcha pedagogik ta’limga jalb qilish lozim. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari har bir bosqichda o‘qituvchining eng
yaqin ko‘makchisi, malakali pedagogning darsga tayyorgarlik
ko‘rishidan tortib, uni sifatli, qiziqarli va natijali o‘tkazishgacha
bo‘lgan barcha jarayonlarda eng qulay vositadir. O‘qituvchi darsga
tayyorgarlik ko‘rishda kompyuter orqali didaktik, tarqatma materiallar,
ko‘rgazmali qurollar, slayd va dars ishlanmalarini tayyorlashi, internet
yordamida esa ularni turli qo‘shimcha ma’lumotlar, qiziqarli surat,
audio, video lavhalar bilan boyitishi mumkin. Dars jarayonida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilar dunyoqarashi, bilim va
ko‘nikmalarini ko‘rish, eshitish va mustaqil bajarish orqali
rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Darsning har bir bosqichida o‘tilgan mavzularni takrorlash va
mustahkamlash, yangi bilimlar bayoni, amaliy mashg‘ulotlar laboratoriya
ishlarini bevosita axborot texnologiyalari yordamida qisman yoki
butunlay amalga oshirish imkoniyati mavjud. So‘nggi yillarda deyarli
barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-laboratoriya jihozlari va
zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlandi. SHu bilan bir qatorda
ulardan ma’lum jarayonda unumli foydalanish yuzasidan ham keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘qituvchi pedagoglarning
zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishlarini ta’minlash, ular
malakasini uzluksiz oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tarmoqning elektron pochta, yangiliklar guruhlari, chat-muloqot
tarmog‘i kabi keng ommalashgan vositalaridan ta’lim tizimida
foydalanish mumkin.
O‘rganish bo‘yicha
imkoniyatni yanada oshirish
uchun videokonferensiyaning
o‘rni juda yuqori.
Videokonferensiya orqali
ko‘rib anglash, o‘rganish va
qo‘llash yuqori
samaradorlikka olib keladi
.
Darsning har bir bosqichida o‘tilgan mavzularni takrorlash va
mustahkamlash, yangi bilimlar bayoni, amaliy mashg‘ulotlar
laboratoriya ishlarini bevosita axborot texnologiyalari yordamida
qisman yoki butunlay amalga oshirish imkoniyati mavjud. So‘nggi
yillarda deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-laboratoriya
jihozlari va zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlandi. SHu
bilan bir qatorda ulardan ma’lum jarayonda unumli foydalanish
yuzasidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘qituvchi pedagoglarning zamonaviy texnologiyalardan unumli
foydalanishlarini ta’minlash, ular malakasini uzluksiz oshirib borishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Tarmoqning elektron pochta, yangiliklar
guruhlari, chat-muloqot tarmog‘i kabi keng ommalashgan
vositalaridan ta’lim tizimida foydalanish mumkin. Real vaqtda
muloqot imkonini tug‘diruvchi hamda aloqa o‘rnatilgach, matnni,
tasvir, ovoz yoxud ixtiyoriy faylni uzatish imkonini beruvchi maxsus
dasturlar mavjud bo‘lib, bu dasturlar turli masofada joylashgan
foydalanuvchilarga lokal va global kompyuter tarmog‘i orqali
hamkorlikdagi faoliyatni ta’minlab beradi.
Ma’lumotlarni uzatish sifati zamonaviy tizim asosida rivojlanishi
natijasida ovozli muloqot texnologiyalari yanada takomillashib
bormoqda. Natijada onlayn muloqot tizimi jadal sur’atlarda
rivojlana boshladi. Dasturiy ta’minot hamda maxsus uskunalar
yordamida Internet orqali audio va video konferensiyalar
o‘tkazish imkoniyatlari yaratilmoqda. Videokonferensiya —
odamlarga bir-birlarini ko‘rish, tinglash, ma’lumotlarni almashish
va interaktiv rejimda birgalikda ishlash imkonini beradigan,
hamda yaqin muloqotda bo‘lishga imkon beruvchi texnologiya.
Videokonferensaloqani qo‘llash sohalari juda katta. Misol qilib,
meditsina, ta’lim, turli xil ko‘rinishdagi tadbirlar hamda yig‘ilishlarni
keltirish mumkin. Bugungi kunga kelib, videokonferensiya
texnologiyasini qo‘llamaydigan sohani deyarli yo‘q deb ayta olamiz.
Kerakli ma’lumotlarni internet, elektron pochta yoki turli xil
manbalarda olishimiz mumkin ularni to‘la qonli tushunish uchun
ancha vaqt hamda kuch sarflanadi. O‘rganish bo‘yicha imkoniyatni
yanada oshirish uchun videokonferensiyaning o‘rni juda yuqori.
Videokonferensiya orqali ko‘rib anglash, o‘rganish va qo‘llash yuqori
samaradorlikka olib keladi.
Xulosa:
Men bu mustaqil ishimda shuni bildimki “Axborot texnologiyalari”
bizni hayotimizda juda katta o’rin tutar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |