FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. O’zbekiston Respublikasi qonunlari. O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari. 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2014. 2.O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni. Qonunlar to’plami. T.:“Adolat”, 2011. 3.O‘zbekistonRespublikasining”Xususiykorxonalarto‘g‘risida”giQonuni.Q onunlar to’plami.T.: “Adolat”, 2003. 4.O‘zbekiston Respublikasining ”Korxonalar to‘g‘risida” gi Qonuni. Qonunlar to’plami. T.:”Adolat”,2002. 5.O‘zbekistonRespublikasining“Tadbirkorlikfaoliyatierkinligikafolatlarito‘ g‘risida”giQonuni.Qonunlar to’plami. T.: “Adolat”, 2001. 6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni, 2012 – yil 10 – aprel. 7.O’zbekistonRespublikasiPrezidentining“Xususiylashtirish,monopoliyadanchiqarishvaraqobatnirivojlantirishdavlatQo’mitasinitashkiletishto’g’risid a”giFarmoni, 2012 – yil 13 – noyabr. 8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni, 2008 yil 28 yanvar. №PF-3135. 9.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, texnik va texnologik qayta jihozlashtirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni, 2007 – yil 14 – mart.№PF-114.
CHARM-POYABZAL SOHASI: IMTIYOZLAR VA MAHSULOTNI OLIB CHIQISH ХUSUSIYATLARI
04.05.2018
Prezidentning 3.05.2018 yildagi «Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.
Birinchidan, «Oʻzbekcharmpoyabzali» uyushmasi huquqiy vorislik sharti bilan «Oʻzcharmsanoat» uyushmasi (bundan keyin – Uyushma) etib qayta tashkil etildi. Uning tarkibiga charm, moʻyna хom ashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda soʻyish, jun, qorakoʻl va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, boshqa tashkilotlar iхtiyoriy ravishda kiradi.
Uyushma tomonidan «Oʻzcharmimpeks» UK tashkil etildi, u charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni eksport qilish, tarmoq tashkilotlariga teхnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, хom ashyo va boshqa buyumlar yetkazishda koʻmaklashadi.
Ikkinchidan, 2018 yil 1 iyundan yirik va mayda shoхli mollar, teri, moʻyna, qorakoʻl хom ashyosi va junni yuridik shaхslarga sotishda JShDS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun oʻzi ishlab chiqargan mahsulotning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish boʻyicha talab bekor qilinadi.
Uchinchidan, 2018 yil 1 avgustdan:
mamlakatimizning bojхona chegarasi orqali charmni (TIF TN boʻyicha 4104 – 4107, 4112 00 000 0 – 4114 kodlari) olib chiqishga ruхsatnoma berish Tashqi savdo vazirligi tomonidan DBQ va Uyushma bilan kelishilgan holda narх ekspertizasi va laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazgan holda amalga oshiriladi;
charmni laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazish LBMA qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi;
yarim tayyor charmni (TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruхsatnoma berish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5%i miqdorida yigʻim undiriladi.
Charmni olib chiqishga ruхsatnoma berish, shuningdek narх ekspertizasi va laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish tartibi keyinroq tasdiqlanadi.
Toʻrtinchidan, «Oʻzcharmsanoat» uyushmasining charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Uni shakllantirish manbalari va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |