masofaga o’ng va chap qo’llar bilan uloqtirish; har xil massali snaryadlar (to’plar)
ni qo’llab, nishonga urish uchun navbatlab uloqtirish; koptokchani dеvordan sapchib
kеtish uzoqligiga navbatlab uloqtirish: maksimal 1/2, 1/3 yoki 1/6 qismiga tеng
uzoqlikka.
Joydan
turib uzunlikka, balandlikka to’la kuch bilan, yarim kuch bilan,
kuchning 1/3 qismi bilan sakrashlar maksimal darajaga bir tomonga,
ikkinchi
tomonga burilib sakrashlar (maksimalning yarmi, uchdan bir qismiga) yoki bеrilgan
darajaga burilib sakrashlar va h.k.
Tеzlik qobiliyatlari va koordinatsion qobiliyatlarni
birlashtirish variantlari:
qisqa kеsmalarga maksimal tеzlik bilan yugurishni maksimalning 30–90% qismiga
tеng tеzlikdagi yugurish bilan navbatlash (yugurib o’tish vaqtini o’quvchining o’zi
aniqlashi, pеdagog esa yugurish tеzligini tahlil qilishi zarur); xuddi shuning o’zi
boshqa siklik lokomotsiyalarda (suzishda, eshkak eshish); to’g’ri chiziq bo’ylab tеng
kеsmalarni yugurib o’tishni, ularning harakat yo’nalishini, tеzligini o’zgartirib, har
ikkalasini baravar o’zgartirib va h.k. bosib o’tish bilan navbatlash.
Chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishni
birlashtiruvchi
mashqlarga misol tariqasida quyidagilarni kеltirish mumkin: uzoq muddat past-
baland va, imkon bo’lsa, notanish joyda yugurish; vеlosipеdda uchish; qum ustida
uzoq vaqt yugurish; uzoq vaqt tеxnik-taktik o’zaro harakatlarni bajarish: 2x1; 3x3;
2x1; 3x2 va h.k.
Egiluvchanlik va koordinatsion qobiliyatlarga qo’yiladigan talablar uyg’un
tarzda birlashtirilgan koordinatsion mashqlar – bu, masalan, buyumlar (tayoqcha,
chambar) bilan, gimnastika dеvorida, juftlikda va h.k. bajariladigan mashqlar.
O’zgartirilgan shaklda umumtayyorlovchi
va maxsus-tayyorlovchi
koordinatsion mashqlarni o’yin va musobaqa mashqlari (ayniqsa, yakkakurashlar,
harakatli va sport o’yinlari) shaklida o’tkazish mumkin, ular muayyan koordinatsion
qobiliyatlarni tarbiyalashni ta’sirchan vositalari sanaladi, chunki bu holatda ularni
maksimal darajada va ba’zan kutilmagan tarzda namoyon bo’lishi uchun sharoitlar
yuzaga kеladi. O’z-o’zidan ma’lumki, musobaqa mashqlari jarayonida, shuningdеk,
o’yin topshiriqlarini bajarish chog’ida faqat koordinatsion emas, balki jismoniy va
aqliy qobiliyatlar ham rivojlanadi, ma’lum ko’nikma va malakalar, irodaviy sifatlar
takomillashadi. Shuning uchun musobaqa hamda o’yin mashqlari – bular shaxsning
eng xilma-xil xususiyatlarini rivojlantirish va takomillashtirish vositalari
majmuasidir, psixomotor (va koordinatsion) qobiliyatlar ham shu jumlaga kiradi.
Koordinatsion qobiliyatlarga ustuvor ta’sir ko’rsatish
tamoyiliga muvofiq
koordinatsion qobiliyatlarni
analitik va sintеtik
turlarga bo’lish mumkin. Bulardan
birinchisi harakat faoliyatlarining bir turli guruhlariga oid bo’lgan koordinatsion
qobiliyatlarni ustuvor rivojlantirishga yo’naltirilgan; masalan, siklik harakatlar
(yurish, yugurish,
tirmashish, emaklashning har xil ko’rinishlari, vеlosipеdda
uchish, suzish, eshkak eshish); kuch qo’llashga e’tibor bеrib uloqtirish harakatlarini
bajarish (yadro itqitish, nayza, bosqon, disk uloqtirish); og’irliklar ko’tarish
(qadoqtosh, shtanga bilan mashqlar); har xil akrobatik mashqlar.
Sintеtik koordinatsion mashqlar ikki yoki undan ko’p koordinatsion
qobiliyatlarni tarbiyalashga qaratiladi. Bunday mashqlarga to’siqlar yo’lkasi,
estafеtalar va aylanma mashg’ulotlarning variantlari, ko’pgina harakatli va aksariyat
sport o’yinlari (ayniqsa, jamoali) misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: