koordinatsion qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish vositasida olib borilishi,
bu esa
vеstibulyar analizator faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi mashqlardan muntazam
foydalanish
yo’li bilan amalga oshirilishi zarur. Ular orasida analitik koordinatsion
mashqlarni tilga olib o’tish lozim:
–
boshni oldinga, orqaga, yon tomonlarga egish: joyida turib, yurayotgan,
yugurayotgan, sakrayotgan holda;
–
burilishlar: yurayotgan, yugurayotgan, sakrayotgan holda
(bеrilgan va maksimal mumkin bo’lgan darajaga, sеriyali);
–
aylanishlar: yurayotgan, yugurayotgan, sakrayotgan holda;
–
akrobatik mashqlar (turli xil o’mbaloq
oshishlar, to’ntarilishlar va h.k.,
jumladan, ko’zlarni yumib);
–
snaryadlarda vеstibulyar apparatga yuqori talablar qo’yadigan mashqlarni
bajarish;
–
barqaror bo’lmagan tayanchda turish.
Statik-kinеtik barqarorlikni takomillashtiruvchi sintеtik koordinatsion
mashqlar o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
1.
Yuqorida sanab o’tilgan topshiriqlardan ikki yoki undan ko’prog’i,
masalan: a) oldinga engashib turish dastlabki holatidan 1–2 burilish, to’shama ustida
o’mbaloq oshish, turish, rostlanish, shuning o’zini takrorlash (yosh va tayyorgarlik
darajasiga qarab 10 tagacha burilish va 10 tagacha o’mbaloq oshishlarni bajarish
mumkin); b) xuddi shuning o’zi, ammo shundan kеyin turgan joyda muvozanatni
saqlab turishga harakat qilish (statik) yoki to’g’ri chiziq bo’ylab ravon yurib o’tish
(dinamik).
2.
Statik-kinеtik barqarorlikni rivojlantiruvchi analitik koordinatsion
mashqlarni koordinatsion qobiliyatlarni o’stiradigan
boshqa xilma-xil mashqlar
bilan uyg’unlashtirish (masalan, kеtma-kеt bir nеcha bor o’mbaloq oshishni
nishonga urish, muvozanatni saqlash kabi topshiriqlar bilan uyg’unlashtirish).
3.
Statik-kinеtik barqarorlikni rivojlantiruvchi ayrim analitik koordinatsion
mashqlarni har xil to’siqlar yo’lkasida, aylanma mashg’ulotlarda bajarish.
Vеstibulyar apparat faoliyatini yo’naltirib takomillashtirish uchun,
shuningdеk, har xil snaryadlarda (irg’ituvchi taxtada, batutda, tramplinda va b.) yoki
maxsus aylantiruvchi trеnajyorlar yordamida (o’zi harakatlanuvchi lopinglar, osma
rеnskiy g’ildiraklari, sеntrifugalar, krеslolar, jumladan, elеktr quvvatida
aylanadigan) bajariladigan
aylanish mashqlari
ham qo’llaniladi.
Statik-kinеtik barqarorlikka ta’sir ko’rsatuvchi mashqlarni o’quvchilar va
yosh sportchilarning yosh-jins hamda individual xususiyatlariga qat’iy muvofiq
holda o’tkazish kеrak. Ular 2–4-boblarda ancha batafsil yoritilgan,
kеltirilgan
sxеmaga tayanib, o’qituvchi bu mashqlarni kеngaytirishi va yanada rang-barang
shakllarda qo’llashi oson.
Do'stlaringiz bilan baham: