Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi


Granatani harakat mobaynida uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi



Download 4,96 Mb.
bet93/145
Sana22.07.2022
Hajmi4,96 Mb.
#837778
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   145
Bog'liq
10-синф

Granatani harakat mobaynida uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— granatani yarim bukilgan o‘ng qo‘lda, qurol esa chap qo‘lda tutilib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— chap oyoq tashlanganda, qo‘l granata bilan birgalikda oldinga chiqariladi;
— navbatdagi qadam tashlanganda (o‘ng oyoq bilan), qo‘l yoy bo‘yicha pastga ortga harakat qilish davom etadi va ayni paytda tana o‘ngga buriladi;
— uchinchi qadamda, chap oyoqni nishon yo‘nalishi tomon uchiga qo‘yib, o‘ng tizzasi bukiladi va tana burilishi, quloch ochilishi to‘xtatiladi;
— harakat tezligidan foydalanib, uloqtirish jarayoniga oyoq, tana va qo‘l kuchini mujassamlashtirgan holda granata yelka uzra oshirib uloqtiriladi.
Granatani avtomobildan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— o‘rindiqda o‘tirgan yoki ikki oyoqqa turib, yoxud chap oyoqning tizzasini o‘rindiqqa qo‘ygan holat qabul qilinadi;
— granatani o‘ng qo‘lga, qurolni chap qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— qurol tutgan chap qo‘l bilan avtomobil borti ushlab turiladi va tanani ortga, ayni paytda o‘ngga burib, granata bilan quloch ochiladi;
— granatani yelka uzra olib o‘tib, oldinga keskin egilib, uloqtiriladi va bort ortiga bekiniladi.
Agar avtomobil tuynukka ega bo‘lsa, granatani uloqtirishdan oldin tuynukning qopqog‘ini ochish, uloqtirgach esa, yopilishi lozim.
Granatani tank (o‘ziyurar artilleriya qurilmasi)dan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— o‘qlovchi hozirlangan granatani o‘ng qo‘lga olib, nishon tomonga buriladi va saqlovchi tortqini sug‘uradi;
— tuynuk qopqog‘ini turtib, uning dastasidan tutib turadi;
— tuynuk qopqog‘ini ochib, granatani tuynuk orqali uloqtiradi va tuynuk qopqog‘ini zudlik bilan yopib, qulflaydi.
Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— qurol okop yoki transheya qirg‘og‘iga yotqiziladi;
— granatani o‘ng qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— o‘ng oyoqni imkon qadar ortga tortib, bel va oyoqlar biroz bukiladi va granata ushlagan o‘ng qo‘l oxirigacha yuqoriga, ortga tortiladi;
— chap qo‘lga tiralgan holda keskin to‘g‘rilanib, granata uloqtiriladi va transheya (okop) ichiga yashirilinadi.
Dushmanning okop, transheya yoki ochiq joyda mavjud bo‘lgan jonli kuchini yakson qilish uchun granatani gorizontga nisbatan 35°—45° burchak ostida, nishon ustiga tik tushirib, imkon qadar sakratmasdan uloqtirish zarur.
Granatani binoning deraza va eshiklariga uloqtirish mobaynida ularga aniq tegishi talab etiladi, shuning uchun granata trayektoriyasi nishonga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Granatalarni deraza va eshiklarga aniq tegishiga muntazam va davomli mashqlar bilan erishiladi. Granata uloqtirayotgan shaxs granatani uloqtirgach yashirinishi lozim, aks holda nishonga tegmay portlagan granata parchalari bilan o‘zi yaralanishi mumkin. Agar granata uloqtirilmagan va zapalidan saqlovchi tortqi sug‘urilmagan
bo‘lsa, u komandirning kuzatuvi ostida o‘qsizlantiriladi. «Granata o‘qsizlantirilsin» komandasiga ko‘ra, zapal burab chiqariladi, lattaga (qog‘ozga) o‘raladi va granatalar qopchig‘iga joylashtiriladi; korpus
trubkasiga tiqin burab joylashtiriladi va granata o‘z sumkasiga solinadi.



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish