Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Harbiy xizmatchi — haqiqiy harbiy xizmatni bajaruvchi shaxs hisoblanadi.U Vatanning, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining himoyachisi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar askar va matroslar, serjantlar va ofitserlar (kichik, katta, oliy) tarkibiga bo‘linadi.
Harbiy xizmatchi quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasining «Himoyachisi» oliy unvonini sharaf bilan oqlashga, Qurolli Kuchlarning, o‘z harbiy qismining or-nomusi va jangovar shuhratini, o‘z harbiy unvonining obro‘sini e’zozlashga, harbiy qasamyodga sodiq qolishga, xalqiga fidoyilarcha xizmat qilishga O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat bilan, so‘nggi tomchi qoni qolguncha, hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni bajarishga; mamlakat Konstitutsiyasiga, harbiy nizomlarning talablarini bajarishga; O‘zbekiston Respublikasinihimoya qilish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga; harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashga, o‘z o‘quv askariy mahoratini takomillashtirishga; o‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilishi, ishlatishda doimiy shaylikda saqlashga,harbiy mulkni asrashga; halol, intizomli, jasur bo‘lishga, harbiy burchni ijro etish chog‘ida oqilona tashabbuslar ko‘rsatishga; komandirlarga (boshliqlarga) so‘zsiz bo‘ysunish va ularni jangda himoya qilishga, harbiy qism jangovar bayrog‘ini qo‘riqlashga; askariy yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni bajarishga, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinishga, vatanparvarlik ko‘rsatishga, xalqlarning baynalmilal do‘stligini qadrlashga, millatlar va elatlar o‘rtasida birodarlikni mustahkamlashga imkon yaratishga majburdir. Harbiy xizmatchi Vatanga xizmat qilish jarayonida oson yo‘lni axtarmasligi, o‘z vijdoni, boshliqlar va o‘rtoqlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga zid bo‘lgan aldamchilik, yolg‘onchi yo‘llarni qo‘llashi jiddiy xatarlarni olib kelishi mumkin. Xalqning «Hayotda eng asosiysi — Vatanga halol xizmat qilish», «Vatanga xizmat qilish — muqaddas burch» kabi dono iboralariga amal qilish lozim. Harbiy xizmatchi jangovar harakatlar paytida, hatto o‘z harbiy qismidan (bo‘linmasidan) yiroq va to‘la qurshovda qolgan bo‘lsa ham, asirga tushishdan qutulmoq uchun dushmanga ashaddiy qarshilik ko‘rsatishga, u jangda askarlik burchini oxirigacha bajarishga majbur. Harbiy unvonlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shin turlariga oid harbiy maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga, xizmat mavqeyida o‘sish davrlarini hisobga olib, xizmat nizomlari asosida beriladi. Harbiy unvonlar askarlarga, matroslarga, serjantlarga, starshinalarga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Kichik va katta ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan tartib asosida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |