Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi



Download 4,96 Mb.
bet22/145
Sana22.07.2022
Hajmi4,96 Mb.
#837778
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145
Bog'liq
10-синф

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Quruqlikdagi qo‘shinlar — Qurolli Kuchlarning eng ko‘p sonli xillaridan biri bo‘lib, boshqa qo‘shin xillari va turlari bilan o‘zaro harakatda O‘zbekistonga nisbatan qilingan, qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar, tajovuzni qaytarishga oid vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibiga motoo‘qchi, tank va artilleriya qismlari, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlari, ta’minot qism va bo‘linmalari kiradi. Motoo‘qchi qismlar quruqlikdagi qo‘shinlarning asosi, jangovar tarkibining negizi hisoblanadi. Ular yerdagi va havodagi nishonlarni yakson qilish uchun qudratli qurol-aslahalar, tanklar, to‘plar va minomyotlar, tankka qarshi boshqariluvchi raketalar, zenit komplekslari va qurilmalari, razvedka va boshqaruvning samarali vositalari bilan ta’minlangan.Tank qismlari — quruqlikda qo‘shinlarning zamonaviy jang olib borish sharoitlarida muhim vazifalarni bajarishga qaratilgan bosh zarba beruvchi kuchi va qurolli jangning qudratli vositasi. O‘zbekistonlik jangchilar boshqarayotgan zamonaviy tanklar yuksak jangovarlik xususiyatlariga, ishonchli zirhli himoyaga ega bo‘lib, tog‘-adirlik, notekis, yo‘lsiz hudud,sharoitlarida ham olis masofalarni bosib o‘tishga qodir. Ular hatto, yadro quroli qo‘llanilgan sharoitlarda ham jang olib borishga moslashgan.Artilleriya qismlari — jangovar vazifalarni bajarishda bosh (olovli) kuch hamda muhim tezkor-taktik vosita. Ular arsenalida mavjud zamonaviy to‘plar,reaktiv qurilmalar, gaubitsalar, minomyotlar, artilleriya qismlarining o‘t ochish imkoniyatlari, jangovar harakatlar samaradorligini yanada oshiradi.Tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlarning roli — hozirgi kunda sezilarli darajada ortgan. Desantchilar jangovar mashinalari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, tanklar, zirhli transportyorlar, yuksak samarali tankka qarshi va zenit vositalari, stvolli va reaktiv artilleriya, kuchli avtomatik qurollar, aloqa va boshqaruvning zamonaviy uskunalari bilan ta’minlangan. Mamlakatimiz desantchilari armiyaning yuqori darajada tayyorlangan va tezkor (mobil) qismidir. Zamonaviy harbiy transport aviatsiyasining yordamida ular dushman istehkomlarining yaqin va juda ichkari marralarida mustaqil ravishda, shuningdek, boshqa qism va bo‘linmalar bilan o‘zaro
harakatlar orqali oldilariga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajara oladilar.
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari — O‘zbekiston Respublikasiga havodan turib qilingan har qanday hujumni bartaraf etish borasida zudlik bilan harakat qilishga doimiy shay turuvchi va mamlakatimiz havo sarhadlarining radiolokatsion razvedkasini ta’minlovchi qo‘shin turi.Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari respublikaning ma’muriy-siyosiy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlarini, qo‘shinlar guruhlari, harbiy va boshqa muhim obyektlarni dushmanning havo hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari ularga yuklatilgan barcha vazifalar majmuyini hal qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali shaxsiy tarkibga, yuksak samaradorligi bilan ajralib turadigan kichik, o‘rta, katta olisliklarga mo‘ljallangan zamonaviy zenit raketali komplekslarga va har xil ko‘zdan yashiradigan yoki shovqinlarni bartaraf etadigan to‘siqlar qo‘llangan holda ham havodagi nishonlarni, avtomatik boshqaruv va nishonlarni yakson etuvchi vositalarni barcha baland diapazonlarida aniqlashga qodir bo‘lgan radiolokatsion stansiyalariga egadir.
Harbiy havo kuchlari — havodan turib dushmanning aviatsiya, quruqlikdagi qo‘shinlari guruhlariga, davlat va harbiy boshqaruv tizimi obyektlariga frontorti va harbiy-iqtisodiy salohiyatiga, transport kommunikatsiyalariga talafot yetkazish, havo razvedkasini amalga oshirish, shuningdek, quruqlik
qo‘shinlarini aviatsiya yordamida qo‘llab-quvvatlash, havo desantchilarini tashlash, qo‘shin va moddiy vositalarni havo orqali tashish va boshqa vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Harbiy havo kuchlari samarali qurol-aslahalar, navigatsiya vositalari,radioelektron qurilmalar bilan ta’minlangan zamonaviy samolyotlar, vertolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlariga ega bo‘lib,ular ob-havoning har qanday sharoitlarida, kunduzi yoki tunda bo‘lsin, har qanday balandlikda jangovar vazifalarni bajarishga qodirdirlar.
Muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari — tinchlik davrida Qurolli Kuchlar infratizimi taraqqiyotini ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturini bajarishga, urush paytida mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari va qutqaruv-avariya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.Harbiy shaharchalar va askar kazarmalari, ofitserlar tarkibi muddatidan tashqari shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun turar joylar, askar klublari, oshxona va choyxonalar, harbiy xizmatchilarning bolalari uchun maktab, bog‘cha binolari, gospital va tibbiy punktlar, jangovar texnika va qurol-yarog‘lar uchun park, ombor va garajlar qurish — bularning barchasi qurilish qismlari va bo‘linmalari vazifalari.
Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari — chegaraga doir siyosatni amalga oshiradi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashkil etadi.Milliy xavfsizlik xizmati:
 chegara qo‘shinlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi;
 joylardagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
 chegara qo‘shinlari bugungi kunda qo‘shinning mustaqil turi bo‘lib,Davlat chegaralari himoyasining birinchi eshelonini tashkil etadi.
Ichki qo‘shinlar — Ichki ishlar vazirligi tarkibida tashkil qilingan bo‘lib,uning asosiy vazifalari militsiya organlari bilan hamkorlikda, aholi yashaydigan joylarda toifalangan xalq xo‘jaligi korxonalari va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqiy va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, tashkilotlar, idoralar, muassasalarni jinoyatchilikdan va boshqa jamiyatga qarshi harakatlardan muhofaza qilishdan iboratdir.Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar, tashkilotlar hamda harbiy tuzilmalarning asosiy vazifasi milliyxavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos vazifalarini bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish va inson hayotini ta’minlovchi xalq xo‘jaligi korxona va muassasalarini qo‘riqlash hisoblanadi.



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish