Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyogarlik



Download 2,16 Mb.
bet43/154
Sana29.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#415213
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
10 sinf chqbt

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.


IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.


V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.


VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:


Darsning texnik chizmasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

2

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

10

Yangi mavzuni yoritish

15

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

14

Darsni yakunlash

2

Uyga beriladigan topshiriqlar

2



VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Qorovullik xizmatini o‘tash jangovar vazifani bajarish hisoblanib,shaxsiy tarkibdan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovul xizmati Nizomining barcha qoidalariga to‘liq rioya qilinishini, yuksak hushyorlik, bukilmas matonat va tashabbuskorlikni talab etadi. Qorovullik xizmati talablarini buzgan aybdorlar axloq tuzatish yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi Nizomda ko‘rsatilgan.Harbiy qismlarda qorovullik xizmatini amalga oshirish uchun qorovullar tayinlanadi. Qism Jangovar bayrog‘ini, harbiy va davlat obyektlarini qo‘riqlash ularni himoya qilish bilan birga jangovar vazifani bajarayotgan, shuningdek,gauptvaxta va axloq tuzatish batalyonlarida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlayotgan qurollangan bo‘linma qorovul deb ataladi. Qorovullar ikki turga: garnizon qorovuli
va ichki qorovulga bo‘linadi.Garnizon qorovuli zimmasiga korpus va markaziy obyektlarni qo‘riqlash,
ularni himoya qilish, o‘zining qo‘riqlash bo‘linmasiga ega bo‘lmagan umumgarnizon ahamiyatiga molik bo‘lgan obyektlarni hamda bir-biriga yaqin joylashgan harbiy qismlar va bo‘linmalar obyektlarini, shuningdek, garnizon gauptvaxtasida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlash xizmatlari kiradi.
Ichki qorovullar zimmasiga esa, har bir harbiy qism obyektlarini qo‘riqlash va himoya qilish topshiriladi. Harbiy qismlardagi samolyotlar, vertolyotlar, aerodromdagi aviatsiya qismining boshqa obyektlarini qo‘riqlash va ularni himoya qilishni harbiy qism tomonidan tashkil etilgan ichki qorovul amalga oshiradi.
Doimiy qorovullar qorovullar jadvalida bo‘lib, vaqtinchalik qorovullar esa jadvalga yozilmaydi, ular ortilayotgan va tushirilayotgan yoki vaqtincha omborda turgan harbiy mollarni qo‘riqlash va himoya qilish, turli transport vositalarida tashilayotganda harbiy mulklarni kuzatish, shuningdek, bandilar va mahbuslarni qo‘riqlash uchun garnizon boshlig‘i yoki harbiy qism boshlig‘ining buyrug‘i
bilan tayinlanadi.
Garnizon qorovuli garnizon boshlig‘iga, garnizon harbiy komendantiga,garnizon bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisiga, gauptvaxta boshlig‘iga ham bo‘ysunadi. Ichki qorovul esa harbiy qism komandiriga, harbiy qism bo‘yicha navbatchiga va harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisi, agarda ofitser bo‘lsa,bo‘ysunadi. Harbiy qism bo‘linmalarida alohida joylashgan batalyon (divizion) obyektlarini qo‘riqlayotgan ichki qorovul yuqoridagilardan tashqari o‘sha batalyon (divizion) komandiriga va harbiy unvoni jihatidan teng yoki katta bo‘lsa, o‘sha batalyon (divizion) bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi. Serjantlardan tayinlangan harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisiga boshliqlari ofitser bo‘lmagan qorovullar bo‘ysunadi. Tarqatish paytida garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchini qarshi olish uchun, «Qaddingni rostla» komandasi berilgandan boshlab, qorovullar yuqoridagi shaxslar ixtiyoriga o‘tadi.
Almashinuvdan so‘ng o‘z harbiy qismiga (bo‘linmasiga) yo‘lga chiqish uchun qorovul boshlig‘ining «Qadam bos» komandasi berilgandan boshlab ularning ixtiyoridan chiqadi.
Qorovul va uning tarkibi
Jangovar vazifani o‘tayotgan qorovul tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi: qorovul boshlig‘i, post va almashuvi soni bo‘yicha qorovullar, tarqatuvchi, zarurat tug‘ilsa, qorovul boshlig‘i yordamchisi, qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha yordamchisi (operator) yoki operatorlar smenasi (uch, to‘rt kishi, ulardan bittasini qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha yordamchisi etib tayinlash mumkin, qorovul boshlig‘ining qo‘riqchi itlar xizmati bo‘yicha yordamchisi va transport vositalari haydovchilari).
Birlashmalar, undan yuqori shtab va boshqarma punktlarini, shuningdek,muassasalarni qo‘riqlash bo‘yicha qorovullar safida yuqorida sanalgan shaxslardan tashqari, nazorat o‘tkazish postlari qorovullari, gauptvaxtadagi qorovul safida esa tashqariga chiqaruvchi bo‘ladi.
Obyektlarni bevosita qo‘riqlash va himoya qilish uchun qorovullar safidan soqchilar chiqariladi. O‘ziga topshirilgan postni qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha jangovar vazifani bajaruvchi qurollangan qorovul soqchi deb ataladi.Qo‘riqlash va himoya qilish uchun soqchiga topshirilgan barcha narsa, shuningdek, u o‘z vazifasini bajarayotgan joy yoki yer uchastkasi post deb ataladi, texnik himoya vositalari yordamida qorovul qo‘riqlayotgan obyektlar va bu himoya vositalari o‘rnatilgan yer uchastkasi ham postga qaraydi. Muhim ahamiyatga molik davlat va harbiy obyektlar qo‘riqlanayotganda soqchilar o‘z vazifasini kuzatuv minorasidan turib amalga oshiradilar. Bunday hollarda ular uzoqligi 500 metrgacha bo‘lgan obyektlarni qo‘riqlashi va himoya qilishi mumkin. Obyektlarni patrullik yo‘li bilan qo‘riqlashni tashkil etishda, ularni o‘ralishi va yerning shart-sharoitlariga qarab qo‘riqlash va himoya qilish uchun soqchiga quyidagicha qo‘shimcha uchastkalar beriladi: kunduzi — 1000 metrgacha, kechasi — 500 metrgacha, texnik himoya vositalari bilan jihozlangan obyektlarda esa kunduzi — 2 kilometrgacha, kechasi — 1 kilometrgacha. Noqulay ob-havo (qalin tuman, yomg‘ir, qor yoqqanida) obyektlar himoyasini kuzatish uchun, qo‘shimcha qorovul yoki transport vositasida patrul tayinlanishi mumkin.



Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish