QOROVULNING KIYIM-KECHAGI
1. Qorovulning kiyim-kechagi (pochapo‘stin, issiq dala kamzulidan) toza va yaroqli kundalik dala kiyim-kechagi to‘plamidan, poyabzal, bosh kiyimi, bel kamari va o‘qdon (o‘q joylashgan ramka) xaltasidan iborat bo‘ladi. Jangovar bayroqda postda turgan harbiy qism qorovullari bayramona kiyim-
kechakda bo‘lishlari mumkin. Post kiyim-kechagi sifatida: qish vaqti uchun po‘stin va kigiz etik, yoz vaqti uchun qalpoqli plash yoki plash-chodir va ho‘l bo‘lmaydigan poyabzal qo‘llanishi
mumkin. Post kiyim-kechagi, po‘stindan tashqari, har bir postga ikki to‘plamdan iborat bo‘lib, ulardan biri qorovulxonada, boshqasi postda turadi. Bundan tashqari, qorovulxonada plash yoki plash-chodir va qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi, tarqatuvchilari va tashqariga olib chiquvchilar uchun maxsus ho‘l bo‘lmaydigan etik bo‘lishi kerak. Alohida hollarda garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan soqchilar o‘q o‘tkazmaydigan zirhli kiyim va po‘lat qalpoq kiyishlari mumkin.
2. Qorovullar postlarga tayinlanish joyiga shinelda (pochapo‘stin, issiq dala kamzulda) kelishi kerak, havo issiq paytlar garnizon harbiy komendantining (harbiy qism shtab boshlig‘ining) buyrug‘i bilan qorovul postlarga tayinlanish joyiga shinelsiz (pochapo‘stinsiz, issiq dala kamzulsiz) kelishi mumkin.
Shinelni (pochapo‘stinni, issiq dala kamzulini) kiyib yurish tartibi: postlarga tayinlash payti qorovullar bo‘yicha (harbiy qism bo‘yicha) navbatchi uchun, tayinlashdan keyin qorovul boshlig‘i uchun o‘zgartirilishi mumkin.
3. Yoz kunlari sovuq shamol va yomg‘ir payti smena, postlarga shinellarda (issiq dala kamzullarida) jo‘nash mumkin. Havo harorati soyada 15°C dan yuqori bo‘lganda smenalarga shinellarni (issiq dala kamzullarini) qorovulxonada ilgichda qoldirishga ruxsat beriladi.
4. Yomg‘irli havoda smena postlarga qorovul plash (plash-chodir) va suv o‘tmaydigan poyabzalda jo‘naydi. Plashlarni (plash-chodirni) soqchilar zarurat tug‘ilganda yechishadi (kiyishadi).
5. Post po‘stini postda smena almashingan chog‘da kiyiladi. Kigiz etik qorovulxonada kiyiladi. Po‘stin va kigiz etikni harorati —5°C darajada va izg‘irinli sovuq shamolda kiyishga ruxsat etiladi. Po‘stin shinelning (issiq dala kamzuli) ustidan kiyiladi. Yechilgan po‘stin va plash (plash-chodir) post boshpanasiga yoki kuzatish minorasiga ilib qo‘yiladi. Plash (plash-chodir) va kigiz etik postdan kelganda yechiladi va quritiladi.
6. Ichi isitiladigan binolardagi soqchilar harorat 18°C dan past bo‘lmagan darajada doim shinelsiz (pochapo‘stinsiz, issiq dala kamzulisiz) bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |