Avtomatdan yotib otish uchun bir kishilik okop qazish ketma-ketligi.
Avtomatdan tizzalab otish uchun okop.
Qulay sharoitlarda, ayniqsa, dushman o‘zini passiv ko‘rsatganda, guruh komandirining ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki mustaqil ravishda bir kishilik okoplar guruh pozitsiyasiga o‘zaro birikadi va ular to‘liq profilga (ko‘rinishga) yetkaziladi. Shu maqsadda askar okopdan chiqmasdan, o‘zining chapdagi qo‘shnisiga chiqish uchun birlashtiruvchi yo‘l qaziydi. Ish tartibi bir kishilik okop qazitish tartibi bilan bir xil. Agar okop oldida buta yoki baland o‘tlar bo‘lsa, ko‘rinishni yaxshilash va otish uchun
ulardan tozalanadi, biroq buni dushman sezmasligi kerak. Bulardan tashqari, tungi jang oldidan mo‘ljallagichsiz otishga avtomatlar va pulemyotlar shay holatga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |