Avtomatdan turib otish uchun okop.
Okopdan o‘t ochishda, askarning xavfsizligini ta’minlash uchun mahalliy predmetlar (qurigan o‘t, shox-shabba va shu kabilar)dan foydalaniladi, joy tusiga moslashgan niqoblash to‘rlarini ham ishlatish mumkin. Okopning old qismidagi otish sektorini tozalash kerak, bu yerdan askar hujumga yotgan dushmanga qarata o‘t ochadi hamda jang maydonini kuzatib boradi. Dushmanning tanki yaqinlashishiga qarab, unga granatomyotning haqiqiy o‘t ochish uzoqligida RPG-7 bilan zarba beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |