Butalar ostidan joyni kuzatish. Toshlardan foydalanib, joyni kuzatish.
Barcha ko‘rgan va aniqlaganlarni kuzatuvchi kuzatuvni to‘xtatmasdan komandirga bildiradi. Bildiruvda kuzatuvchi oriyentirni va undan qancha uzoqlikda (o‘ngda, chapda, yaqinda, uzoqda) nima payqaganini aytadi, masalan, «ikkinchi oriyentir — chapga 50, yaqinga — 100, sariq buta yonida dushmanning kuzatuv punkti». Bularni u telefonda yoki radiostansiya orqali uzatadi.
Tunda kuzatishni olib borish, ayniqsa, mushkul. Shuni yodda saqlash kerakki, tog‘da yuqoridan pastni ko‘rish, pastdan yuqorini kuzatishdan ko‘ra qiyin. Shuning uchun kuzatish punkti joyi dara va past joylarda tanlanadi, chunki u yerdan dushmanni tezroq topish mumkin. Oriyentirlar sifatida joyda kontur
chiziqlariga ega bo‘lgan predmetlar tanlanadi. Tun sharoitida kuzatish tungi ko‘rish asboblari yoki ko‘z yordamida olib boriladi. Kuzatish olib borayotgan jangchi, amaliy mashg‘ulotlar paytida komandir tomonidan berilgan topshiriqlar qanday bajarilgan bo‘lsa, jang paytida ularga to‘liq rioya qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |