Xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyati uzluksizligini baholashda qoʼllaniladigan tahliliy amallar: Buxgalteriya hisobotini oʼtkazishda va buxgalterning moliyaviy hisobotini tuzishda korxona tugatilish arafasida emasmi, oʼz faoliyatini sezilarli darajada qisqartirish arafasida emasmi, oʼz majburiyatlarini keyin ham bajaradimi, degan ehtimollarga tayaniladi. Mazkur holatda korxonaning uzliksiz faoliyat koʼrsatish tamoyili namoyon boʼladi. Аuditorlik tekshiruvi oʼtkazish paytida auditor korxona oʼz faoliyatini davom etttirishi borasida shubhaga borishi mumkin. Turli xil asoslar bu kabi shubhaga borish uchun asos boʼla oladi Toza aktivlarning salbiy koʼlami yoki toza aktivlarga nisbatan qonunchilik tomonidan oʼrnatilgan talablarni bajarmaslik (“Hissadorlik jamiyatlari haqida” Federalь qonunining 35 moddasi, 26.12.1995 № 208-FZ tahrirdagi 24.05.1999 dan va Moliya Vazirligining Buyrugʼi № 71, FKTsB № 149 05.08.96 dan “Hissadorlik jamiyatlarining toza aktivlarini bahosini narxlash tartibi haqida”); Iqtisodiy subʼektning moliyaviy ahvolini tasniflovchi asosiy koeffitsentlar qiymatlarining meʼyoriy qiymatlardan sezilarli darajada ogʼishi holati; Аsosiy faoliyatdan sezilarli darajadagi zararlar; Koʼrsatilgan muddatda kreditorlik qarzini toʼlay olmaslik. Korxona faoliyatining uzliksiz ishlashi tamoyilini qoʼllash borasida shubha paydo boʼluvchi boshqa asoslar ham boʼlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |